T
E
N
D
R
500

Bilamizki, davlat xaridlarida tender ikki bosqichli, ammo, qachon tender bir bosqichda o'tkazilishi mumkin ?

Xarid qilinayotgan tovarning (ishning, xizmatning) texnik xususiyatlaridan kelib chiqib

500

Andorra

500

Davlat buyurtmachisi xarid komissiyasi bilan kelishilgan holda tenderda ishtirok etish uchun takliflar berish muddati tugaydigan sanadan kamida bir ish kuni oldin tender bo'yicha xarid qilish hujjatlariga o'zgartishlar kiritish to'g'risida qaror qabul qilishga haqli. Shu bilan bir vaqtda, agar e‘londa ko'rsatilgan axborot o'zgartirilgan bo'lsa, tender o'tkazish to'g'risidagi e‘longa o'zgartishlar kiritiladi. Faqatgina e'londagi bitta axborotga o'zgartisrish kiritilmaydi, bu axborotni ayting !

Tovarning (ishning, xizmatning) nomini o'zgartirishga yo'l qo'yilmaydi

500

Tender majburiy tartibda elektron shaklda o'tkaziladi, bundan qanday hollar mustasno ?

Bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno

500

1950-yil Sovet Ittifoqi tarkibida nechta davlat bo'lgan ?

16 ta (31.03.1940-16.07.1956 yillargacham Sovet Ittifoqi tarkibida Karelo-Finlyandiya SSR bo'lgan va 1956 yil u RSFSR tarkibiga kiritib yuborilgan)

500

Agar takliflar solingan konvertlar belgilangan vaqtda ochilmagan bo'lsa, davlat buyurtmachisi tender ishtirokchilariga ushbu holat yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish bergan holda, takliflar solingan konvertlar ochiladigan vaqt haqida xabarnoma yuborilishini va davlat xaridlarining elektron tizimiga joylashtirilishini ta‘minlaydi. Bunda takliflar solingan konvertlar ochiladigan dastlabki belgilangan vaqt va keyingi vaqt oralig'idagi muddat besh kundan oshmasligi kerakmi ? (Ha yoki yo'q javob uchun 200 ball, qolgan 300 ball uchun javobingizni tushuntirib bering)

Yo'q, chunki, 5 kun emas, 5 ISH kunidan oshmasligi kerak

500

Qachon xarid komissiyasi g'olibni tenderning har bir predmeti bo'yicha aniqlaydi ?


Agar tender bo'yicha xarid qilish hujjatlarida tenderning har bir tovari (ishi, xizmati) xarid qilish tartib-taomilining alohida birligi sifatida ko'rib chiqilishi nazarda tutilgan bo'lsa

500

Tender natijalari bo'yicha tuzilgan shartnoma to'g'risidagi axborot davlat buyurtmachisi tomonidan maxsus axborot portaliga u tuzilgan sanadan boshlab _____________ kechiktirmay joylashtiriladi.

uch ish kunidan

500

Tender o'tkazilishi to'g'risidagi e‘lon 7 ta asosiy axborotni o'z ichiga olishi shart, yana qanday axborotlarni tender o'tkazish to'g'risidagi e‘lon o'z ichiga olishi mumkin ?

Qonunchilikka zid bo'lmagan boshqa axborotni

500

Faqatgina qachon tender o'tkazilishi to'g'risidagi e‘lon ommaga joylashtiriladi ? 

Faqat tender bo'yicha xarid qilish hujjatlari yuzasidan Kompleks ekspertiza qilish markazining ijobiy xulosasi olinganidan keyin

500

Davlat buyurtmachisi xarid komissiyasi bilan kelishilgan holda tenderda ishtirok etish uchun takliflar berish muddati tugaydigan sanadan kamida bir ish kuni oldin tender bo'yicha xarid qilish hujjatlariga o'zgartishlar kiritish to'g'risida qaror qabul qilishga haqli. Bunda ushbu tenderda takliflar berish tugaydigan muddat kamida _______ uzaytiriladi.

o'n ish kuniga

500

Tender bosqichlarida takliflarni ko'rib chiqish va baholash bayonnomasi xarid komissiyasining hozir bo'lgan barcha a‘zolari tomonidan imzolanadi hamda undan olingan ko'chirma bayonnoma imzolangan kundan e‘tiboran __________ ichida davlat xaridlarining elektron tizimida e‘lon qilinadi.

uch ish kuni

500

Tenderda ishtirok etish uchun takliflar berish muddati 05.05.2025 gacham, davlat buyurtmachisi xarid komissiyasi bilan kelishilgan holda 02.05.2025 tender bo'yicha xarid qilish hujjatlariga o'zgartishlar kiritish to'g'risida qaror qabul qilishga haqlimi ? (Ha yoki yo'q javob uchun 200 ball qolgan 300 ballni olish uchun javobingizni tushuntirib bering)

Yo'q, chunki, 05.05.2025 dushanba, ya'ni dushanbagacham, davlat buyurtmachisi esa 02.05.2025da qaror qabul qilyapti bu esa juma. Bu qaror takliflar berish muddati tugaydigan sanadan kamida bir ish kuni oldin bo'lishi kerak, ya'ni 01.05.2025

500

Bir bosqichli tender qanday hollarda o'tkazilmagan deb hisoblanadi ?

Agar xarid komissiyasi barcha takliflarni rad etgan bo'lsa yoki faqat bitta taklif tender bo'yicha xarid qilish hujjatlari talablariga muvofiq kelsa

500

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 7-binosini ta'mirlash ishlari uchun davlat xaridi tender o'tkazish orqali amalga oshirilmoqda, xarid komissiyasi quyidagi shaxslarni o'z ichiga oladi: Egamberganov Javohir, To'xtayev Shaxriyor, Ruzatov Tohirbek, Abdusattorov Nurali, Erkinov A'zamjon, Alimov Behruz, Omonov Javlonbek, Bafoyev Jahongirmirzo, Berdiqulov Shoxruh, Shavqiddinov Firdavs, Tursunboyev Asadbek. Majlis bo'ladigan kun To'xtayev Shaxriyor kasal bo'lib uyda yotib qoldi, Egamberganov Javohir ish safarida edi, Tursunboyev Asadbekning o'ng qo'li sinib qoldi, Erkinov A'zamjon esa chet elga malaka oshirish uchun ketgan edi. Bunday holda, xarid komissiyasi vakolatli hisoblanadimi ? (ha yoki yo'q javob uchun faqatgina 200 ball qolgan 300 ball uchun javobingizni tushuntirib berishingiz kerak)

Ha, vakolatli hisoblanadi, chunki, xarid komissiyasi a‘zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir bo'lsa, xarid komissiyasi vakolatli hisoblanadi. Bizning shartda xarid komissiyasi 11 nafar kishidan iborat va kamida 8 kishi qatnashgan bo'lishligi lozim, chunki, 11 ning 2/3 qismi 7,(3). Tursunboyev Asadbek o'ng qo'lini sindirib oldi, agar, kelib qatnashib qo'l qo'yolmaydila disangiz, bilingki Asadbek aka chapaqay)))

500

"Tender ishtirokchilariga tender bo'yicha xarid qilish hujjatlari qoidalariga doir tushuntirishlarni taqdim etish tartibi, taqdim etish muddati boshlanadigan va tugaydigan sana" tender o'tkazilishi to'g'risidagi e‘lon quyidagi axborotni o'z ichiga oladimi ? (Ha yoki yo'q javob uchun 200 ball, qolgan 300 ball uchun javobingizni tushuntirib bering)

Yo'q, chunki, tender bo'yicha xarid qilish hujjatlari quyidagini o'z ichiga oladi.

500

Tender vositasidagi davlat xaridi to'g'risidagi axborot davlat buyurtmachisi tomonidan cheklanmagan miqdordagi shaxslarga maxsus axborot portali orqali joylashtirish yo'li bilan ma'lum qiladi ? Qay holda bu informatsiya davlat buyurtmachisining veb-saytiga joylashtirilishi mumkin ?

Davlat buyurtmachisining xohishiga ko'ra

500

"shotgun" so'zi slengda ingliz tilida nimani anglatadi ? 

Mashinaning oldingi o'rindig'ida o'tirish

500

Kim tuzilgan shartnomalar, import kontraktlari va ularga qo'shimcha kelishuvlarning xarid qilish hujjatlariga muvofiqligi va haqiqiyligi uchun javobgar bo'ladi ?

Davlat buyurtmachisi

500

Dunyoda faqat 3 ta davlatning nomida shu davlatning boshqaruvidagi oilaning familiyasi qatnashadi, bu davlatlar qaysilar ? (Saudiya Arabistoni, siz qolgan 2 tasini topishingiz kerak)

Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi

Lixtenshteyn 

500

Janubiy afrika davlatining poytaxti ? 

Pretoriya 

Keyptaun 

Blumfonteyn

500

Davlat buyurtmachisi va xarid komissiyasi takliflarni qachongacham ularni muhokama qilishga haqli emas ?

qabul qilish tugaydigan paytga qadar

500

Tender ishtirokchisi davlat buyurtmachisiga tender bo'yicha xarid qilish hujjatlari qoidalariga doir tushuntirishlar berish to'g'risida so'rov yuborishga haqli. Tender bo'yicha xarid qilish hujjatlarining qoidalariga doir tushuntirishlar ______________o'zgartirmasligi kerak.

ularning mazmun-mohiyatini 

500

Yer sayyoramiz o'z o'qi atrofida aylanishi uchun necha soat ketadi ? (kalkulyatordan foydalanishingiz mumkin)

8766 soat ya'ni 365 kun va 6 soat. Shuning uchun ham bizda 29-fevral bor, yer sayyoramiz o'z o'qi atrofida 4 marta aylanganida 29-fevral paydo bo'ladi ya'ni 6 * 4 = 24 soat

500

Tender o'tkazilishi to'g'risidagi e‘lon tender ishtirokchilaridan takliflarni qabul qilish muddati tugaydigan sanadan kamida _______ va ko'pi bilan _______  oldin maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimiga davlat buyurtmachisi tomonidan joylashtiriladi.

o'n ikki ish kuni

o'ttiz ish kuni