1-qator
2-qator
3-qator
4-qator
Zakovat
100

Xorazm Somoniylar davrida qanday siyosiy maqomga ega edi?

Xorazm Somoniylar davlati tarkibidagi ularga tobe viloyat hisoblangan.

100

Anushtegin Saljuqiylar saroyida qanday lavozimni egallagan?

U tashtdorlik mansabini (sulton hovuzlari va hammomlari ashyolari xazinachisi) egallagan.

100

Qoraxitoylarning Xorazmga yurish qilishi qanday bahona bilan amalga oshirilgan?

Xorazmshoh o‘lponni o‘z vaqtida to‘lamayotgani bahona qilingan.

100

1157 yilda bu hukmdorning vafoti Saljuqiylar davlatining parchalanishiga sabab bo‘ldi.

Sulton Sanjar

100

Rim imperatori Filipp Arab milodiy 248 yil 6 aprel kuni juda dabdabali bayramlar o'tkazadi. Savol u nimani nishonlagan edi?

Rimning 1000 yilligini

200

Xorazmni birlashtirib, “xorazmshoh” unvonini olgan hukmdor kim va qachon?

Ma’mun ibn Muhammad 996 yilda Xorazmni birlashtirib “xorazmshoh” unvonini olgan.

200

Anushtegin qachon va kim tomonidan Xorazm hokimi etib tayinlangan?

 1076 yilda Saljuq sultoni Malikshoh I tomonidan tayinlangan.

200

Elarslon qoraxitoylar yurishini qiyinlashtirish uchun qanday strategik chorani qo‘llagan?

Sirdaryodagi to‘g‘onlarni ochib yuborib, poytaxtga olib boruvchi yo‘llarni suv bosdirgan.

200

Elarslon 1158 yilda Movarounnahrga yurish qilib aynan shu ikki shahar uchun qarluqlarga yordam bergan.

Buxoro va Samarqand

200

Shveytsariyada ayrim qamoqxonalarda oq bayroq ilib qo'yishadi. Bu nimani bildiradi?

Oq bayroqni qamoqxonada bitta ham qamalgan odam bo'lmagan taqdirda ilib qo'yishadi

300

Ma’mun ibn Muhammad davlat poytaxti sifatida qaysi shaharni tanlagan?

Urganch (Gurganj) shahrini poytaxt qilgan.

300

Qutbiddin Muhammad qaysi shaharda ta’lim olgan va qaysi ilmni yaxshi o‘rgangan?

Marv shahrida ta’lim olgan va diniy ilmlarni yaxshi o‘rgangan.

300

Elarslon vafotidan keyin Xorazm taxti uchun kimlar o‘rtasida kurash boshlandi?

Uning o‘g‘illari Aloviddin Takash va Sultonshoh Mahmud o‘rtasida.

300

Xorazmda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun foydalanilgan muhim tizim

sun’iy sug‘orish inshootlari

300

Germaniyada birinchi bor qon topshirgan kishiga an'ana bo'yicha kinoga bilet beriladi. Qaysi filmga?

Drakula

400

Xorazm davlati qaysi ikki yirik davlat oldida kuchsiz bo‘lib qolgan edi?

Movarounnahrdagi Qoraxoniylar va Xurosondagi G‘aznaviylar davlatlari oldida.

400

Qutbiddin Muhammad rasman kimga tobe bo‘lgan holda hukmronlik qilgan?

Saljuqiylar hukmdori Sulton Sanjarga tobe bo‘lgan.

400

1174 yilgi Subvurni yaqinidagi jangda kim g‘alaba qozondi va uning natijasi qanday bo‘ldi?

Aloviddin Takash g‘alaba qozondi, Oy-Abo asir olinib qatl etildi.

400

O‘rta asr turkiy-islom davlatlarida soliqlarni to‘lab, hukmdorga bo‘ysunuvchi xalq tabaqasi.

raiyat

400

Amerikalik olimlar aholining televizor ko'rish jarayonini tadqiqi qilish vaqtida qiziq bir bog'liqlikni aniqlashdi. Reklama qo'yilishi vaqtida shahar kommunal xizmatining birida yuklanish keskin oshib ketadi. Bu qaysi kommunal xizmat?

Kanalizatsiya

500

Anushteginning kelib chiqishi va yoshligidagi faoliyati qanday bo‘lgan?

U o‘g‘uz turklaridan bo‘lib, yoshligida Garjistonda yashagan va yollanma jangchi (mamluk) bo‘lgan.

500

Qutbiddin Muhammad vafotidan keyin Xorazm taxtiga kim o‘tirdi?

Uning o‘g‘li Aloviddin Otsiz (1128–1156).

500

Xorazmshoh Takash 1194 yilgi yurishda qaysi hukmdorni mag‘lub etib, qaysi shaharni egalladi?

G‘arbiy Saljuqiylar sultoni Tog‘rul II ni mag‘lub etib, Hamadon shahrini egalladi.

500

Dehqonlarni soliqlardan ozod qilish haqida farmon bergan Xorazmshoh.

Jaloliddin

500

Armiya davlatning asosiy kuchidir. Misol uchun Shimoliy Koreyada axolining 5% armiyada xizmat qiladi. Ushbu mamlakatda esa 2004 yilga kelib eng internatsional armiya xosil bo'ldi. 7622 askar 136 ta turli millatga mansubdir. Savol, bu qaysi mamlakat?

Frantsiya