Yashirin iqtisodiyot deganda nima tushuniladi?
Bu davlat nazoratidan tashqarida bo‘lgan, rasmiy statistika va soliq hisobotlarida aks etmaydigan barcha turdagi iqtisodiy faoliyat yig‘indisidir.
Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi deganda nima tushuniladi?
Mahsulotlarning inson salomatligi uchun zararli kimyoviy va biologik moddalardan xoli bo‘lishi.
Milliy iqtisodiyotning xorijiy davlatlarga qaram bo‘lib qolmasligi uchun investitsiyalar tarkibi qanday bo‘lishi kerak?
Iqtisodiy mustaqillikni ta’minlash uchun investitsiyalarning asosiy qismi (60-70%) ichki manbalar hisobidan shakllanishi kerak. Tashqi investitsiyalar ulushi esa YAIMga nisbatan 30-35% dan oshmagani ma’qul.
Biznes faoliyatida duch kelinishi mumkin bo‘lgan asosiy risk turlari qaysilar? ( maxsus imkoniyat. + 300 )
Moliyaviy risk
Bozor riski
Operatsion risk
Huquqiy risk
Valyuta riski
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotning ulushi qancha deb baholangan?
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyot ulushi taxminan 35-40 % atrofida deb baholangan. (Soliishtirish uchun: jahon miqyosida bu ko‘rsatkich o‘rtacha 10-15 % ni tashkil etadi).
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda davlatning vazifasi nima?
Mahsulotlar sifatini nazorat qilish, narxlar barqarorligini saqlash va qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash.
Tashqi investitsiyalarning YAIMdagi ulushi me’yordan ortib ketsa, qanday xavf yuzaga kelishi mumkin?
Agar xorijiy investitsiyalar ulushi belgilangan xavfsiz darajadan (30-35%) juda yuqori bo‘lib ketsa, mamlakat iqtisodiyotining tashqi qaramligi kuchayishi va milliy mustaqillikka putur yetishi mumkin.
Tijorat siri nima va u nima uchun maxfiy tutiladi?
bu korxonaning texnologiyalari, mijozlari va biznes rejalari haqidagi muhim ma’lumotlardir.
Yashirin iqtisodiyotning kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi asosiy iqtisodiy omil nima?
Soliq yuklamalari, ya’ni soliq stavkalari va yig‘imlarining yuqoriligi tadbirkorlarning o‘z faoliyatini yashirishiga asosiy sabablardan biri hisoblanadi.
Oziq-ovqat sanoati tarkibiga qaysi tarmoqlar kiradi?
Go‘sht, sut, un, yog‘-moy, konserva va qandolatchilik kabi qayta ishlash tarmoqlari.
Innovatsiya tushunchasining lug‘aviy ma’nosi nima va u qanday jarayonni ifodalaydi?
Lotincha "novatio" (yangilanish) va "in" (yo‘nalishida) so‘zlaridan olingan bo‘lib, u yangi yoki yaxshilangan mahsulot, xizmat yoki ish amaliyotidagi yangi tashkiliy uslubni hayotga tatbiq etishni ifodalaydi.
Korxonaning rentabellik ko‘rsatkichi nimani anglatadi?
bu korxona faoliyatining necha foiz foyda keltirayotganini ko‘rsatadi. U foydani xarajatga bo‘lib, 100 foizga ko‘paytirish orqali hisoblanadi.
Tadbirkorlar reytingi doirasida eng yuqori barqarorlik darajasi (AAA) necha ball bilan baholanadi?
AAA darajasi 96 balldan 100 ballgacha bo‘lgan ko‘rsatkichni tashkil etadi.
Iste’mol savatchasi tarkibiga nimalar kiradi?
Inson yashashi uchun zarur bo‘lgan eng muhim oziq-ovqat mahsulotlari (non, go‘sht, sabzavotlar, mevalar va boshqalar).
Innovatsiyani muvaffaqiyatli joriy qilish uchun jamoa va rahbar qanday qoidalarga amal qilishi kerak?
aniq maqsadni ifodalash, jamoani ilhomlantirish, diqqatni xaridorga qaratish, har qanday xatarni oldindan ko‘ra bilish va sinergiya (hamkorlik) yaratishdan iborat.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning farqi nimada?
Kichik biznes — bu xodimlari soni va ishlab chiqarish hajmi cheklangan korxonadir. Xususiy tadbirkorlik esa shaxs yoki oilaning o‘z mulki va tashabbusi bilan foyda olish uchun yuritadigan mustaqil faoliyatidir.
Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda "Monitoring va nazorat" usuliga nimalar kiradi?
Davlat nazoratini kuchaytirish (maxsus komissiyalar tuzish) va yashirin iqtisodiyot haqidagi statistik ma’lumotlarni to‘plash hamda tahlil qilish kiradi.
Nima uchun oziq-ovqat mahsulotlarini sertifikatlash zarur?
Mahsulotning belgilangan standartlarga va xavfsizlik talablariga muvofiqligini kafolatlash uchun.
Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda ijtimoiy sohalarni (sog‘liqni saqlash, ta’lim) investitsiya bilan qo‘llab-quvvatlashdan maqsad nima?
aholi turmush darajasini yaxshilash, inson umrini uzaytirish, jamiyatda keskin tabaqalanishning oldini olish va iste’mol talabini faollashtirishdir.
Innovatsiyalarni joriy qilishda "Sinergiya" nima degani?
Sinergiya — bu yunoncha so‘z bo‘lib, "hamkorlik" degan ma’noni anglatadi. Innovatsiya jarayonida turli bo‘limlar va xodimlarning birgalikda, bir-birini to‘ldirib ishlashi kutilganidan yuqori natija beradi.