Masxabl
ar
Tasavvuf ta'limoti
Kibermakonda din
Sektalar
Diniy fanatizm,ekstremizm
100

Shofiiylik mazxabining asosiy manbasi?

Qur'on, Sunnat, Ijmo va Qiyos

100

Tasavvuf nima?

Islom dinining ichki, ma’naviy va ruhiy jihati bo‘lib, inson qalbini yomon xislatlardan poklash va Allohga bo‘lgan muhabbat orqali Unga yaqinlashish ilmidir.

100

Kiberterrorizm deganda nimani tushunasiz?

bu siyosiy, mafkuraviy yoki diniy maqsadlarga erishish yo‘lida axborot tizimlari, tarmoqlari va ma’lumotlariga qarshi amalga oshiriladigan onlayn hujumdir. Oddiy kiberjinoyatdan farqi shundaki, kiberterrorizmning asosiy maqsadi — qo‘rqitish, vahima uyg‘otish va jamiyat hayotiga jiddiy zarar yetkazishdir.

100

Sekta bu?

Xarizmatik lider boshchiligidagi odamlarning mafkuraviy (diniy bo'lishi shart emas) birlashmasi.

100

Terrorizm shakllarini sanab bering?

Shakllari: siyosiy, iqtisodiy, diniy, g'oyaviy, irqiy, milliy, guruhiy, va individual terrorizm.

200

Hanafiylik mazhabi asoschisi kim va nechinchi yilda ?

Asoschisi: Imom A’zam Abu Hanifa (699–767).

200

Eng mashhur tariqatlarni qaysilar?

Naqshbandiya, Qodiriya, Yassaviya, Suhravardiya

200

AUM Sinrikyo sektasi o‘zining eng mashhur va mudhish jinoyatini 1995-yil 20-martda sodir etadi va Sekta a’zolari  zaharli Zarin gazini tarqatishdi.Natijada 13 kishi halok bo‘lgan, 6000 dan ortiq inson jiddiy zaharlanib, umrbod nogiron bo‘lib qolgan.

Shu mashhur jinoyatini nima deb atashadi?

Tokiodagi metro fojiasi (1995)

200

Zamonaviy totalitar sektalarni aytib bering?

Muna cherkovi birlaahmasi; Oq birodarlik; Sayentologlar jamiyati; Satanistik kultlar.

200

..... - (ayirmachilik) ga asoslangan, siyosiy qarashlar, nazariyalar, harakatlar bo'lib, keskinlik, davlatdan ajralib chiqish harakati, xalqlar o'rtasida mojarolarni uyushtiradi.

Separatizm 

300

Imom ash-Shofiiyning  asarlarini ayting?

"Ar-Risola": Islom olamidagi usulul-fiqh (fiqh asoslari) bo‘yicha yozilgan birinchi asar.

"Al-Umm": Imom Shofiiyning eng yirik fiqhiy asari. Bu kitobda tahoratdan tortib, meros va savdo masalalarigacha barcha mavzular qamrab olingan.

300

Tasavvuf ta'limoti necha bosqichdan iborat va ular qaysilar?

1. Shariat (Tashqi qobiq)

2. Tariqat (Yo‘l)

3. Ma’rifat (Bilish)

4. Haqiqat (Yetishish)

300

Qaysi missionerlik sekta - 1980-yillarda Yaponiyada Soko Asaxara tomonidan asos solingan, o‘ta xavfli, buzg‘unchi va ekstremistik xarakterdagi diniy sekta hisoblanadi .

AUM-Sinrikyo missionerlik sektasi.

300

..... - bu Butun dunyo nasroniyligini birlashtirish cherkovi (hozirgi nomi — Oilalar va jahon tinchligi uchun birlashuv federatsiyasi) a’zolariga nisbatan qo‘llaniladigan norasmiy nomdir.Bu harakat 1954-yilda Janubiy Koreyada  (Sun Myung Moon) tomonidan tashkil etilgan. 

Munitlar.

300

Fanatizm nima?

(lotincha -asabiylashgan, jazavaga tushgan)- O'taketgan mutaasiblik, johillik, diniy e'tiqodlarga yoki biror nazariy qarashlarga tish-tirnog'i bilan yopishib olib, boshqa har qanday qarashlarni mutlaqo rad etish, masalan, diniy fanatizm.


400

Hanbaliylik masxabi qayerlarda keng tarqalgan?

Saudiya Arabistoni va ayrim Fors ko‘rfazi davlatlarida 

400

Shariat nima?

Bu — tasavvufning poydevori va birinchi bosqichidir.Mazmuni: Islom dinining barcha tashqi amallari va qonun-qoidalariga qat’iy amal qilish (namoz, ro‘za, halol va harom farqi).

400

Prozelitizm bu.......?

(yunoncha proselytos — "yangi kelgan", "o‘z e’tiqodini o‘zgartirgan") — bu bir dinga e’tiqod qiluvchi shaxsni aldov, moddiy qiziqtirish yoki ruhiy tazyiq o‘tkazish orqali o‘z e’tiqodidan voz kechishga va boshqa dinga o‘tishga majburlash harakatidir.

400

Ko‘pgina mamlakatlarda qaysi tashkilot rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa-da, ba’zi davlatlarda (masalan, Rossiyada) ularning faoliyati ekstremistik deb topilgan va taqiqlangan.

Yahovaning shohidlari.

400

Ekstremizm bu?

(lot. Extremuz- o'ta, keskin)- siyosat va mafkurada ashaddiy, favqulodda harakat hamda qarashlarga asoslanib faoliyat yuritish.

500

Imom shofiiy qaysi masxab asoschisiga (kimga) ustozlik qilgan? 

Imom Ahmad ibn Hanbalga ustozlik qilgan.

500

Tariqat nima?

(arabcha "yo‘l", "uslub") — tasavvuf ta’limotida insonni ruhiy poklanish orqali Allohga yaqinlashtiradigan maxsus maktab yoki yo‘nalishdir. Agar Islomni bir ummon deb tasavvur qilsak, Shariat shu ummonning qirg‘og‘i, Tariqat esa shu ummonda suzib boradigan kemadir.

500

Missionerlik bu....?

(lotincha missio — "yuborish", "vazifa") — biror diniy jamoa yoki tashkilot tomonidan o‘z e’tiqodini boshqa din vakillari yoki dindan yiroq insonlar orasida yoyish, ularni o‘z diniga kiritishga qaratilgan faoliyatdir.

500

..... - bu avtoritar boshqaruv usullari bilan ajralib turadigan, tashkilot a'zolari uchun inson huquqlarini cheklaydigan va faoliyati fuqarolarning hayoti va sog'lig'iga xavf tug'diradigan diniy, ijtimoiy, tijorat, ta'lim yoki sog'lomlashtirish tashkiloti shaklida mavjud bo'lgan tashkilotning maxsus turi.

Totalitar sekta

500

Aqidaparastlik 

Qoidalarga dalilsiz va isbotsiz, ko'r-ko'rona ishonishga , o'zgarmas tushuncha va qarashlarga asoslangan tafakkur uslubi va xatti-harakatlar.