A
B
C
D
E
100

1882-yilda tashkil topgan va Germaniya, Avstriya-Vengriya hamda Italiyani birlashtirgan harbiy-siyosiy blok qanday nomlangan?

Uchlar ittifoqi.

100

Birinchi jahon urushi arafasida Germaniyaga qarshi tuzilgan harbiy-siyosiy ittifoq qanday nom bilan tarixga kirgan?

Antanta

100

Birinchi jahon urushining boshlanishiga bevosita sabab bo‘lgan voqea qayerda sodir bo‘lgan?

Bosniyaning Sarayevo shahrida

100

1914-yil 28-iyunda o‘ldirilgan Avstriya-Vengriya taxt vorisi kim edi?

Fras Ferdinand 

100

Antanta harbiy-siyosiy bloki tarkibiga kirgan uchta yirik davlatni ayting.

Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya

200

Frans Ferdinand va uning rafiqasini otib o‘ldirgan shaxs qaysi tashkilot a’zosi bo‘lgan?

“Mlada Bosna” (“Yosh Bosniya”) tashkiloti a’zosi.

200

Avstriya-Vengriya Serbiyaga urush e’lon qilishdan oldin qaysi siyosiy hujjatni taqdim etgan?

Ultimatum

200

Serbiyaga qarshi urush e’lon qilingan sana qaysi?

1914-yil 28-iyul

200

Germaniya Rossiyaga qachon urush e’lon qilgan?

1914-yil 1-avgustda.


200

Angliya Germaniyaga qaysi kuni urush e’lon qilgan?

1914-yil 4-avgustda.

300

Birinchi jahon urushida Yaponiya urushdan qanday maqsadlarda foydalanishni ko‘zlagan?

Xitoyni bo‘ysundirish, Germaniya mustamlakalarini egallash va Uzoq Sharqda hukmronlik o‘rnatish.

300

Birinchi jahon urushiga Germaniya tomonida qo‘shilgan musulmon davlati qaysi edi?

Usmoniylar 

300

Birinchi jahon urushi qaysi qit’alarni qamrab olgan global urushga aylandi?

Yevropa, Osiyo va Afrika.

300

1916-yilda Germaniya fransuzlar himoyasining qaysi muhim nuqtasiga asosiy zarba berishga qaror qilgan?

Verden hududiga.

300

Verdendagi jang nega tarixda ma’nosiz qirg‘in ramzi sifatida qolgan?

Juda katta talafotlar berilgan, ammo strategik natija bo‘lmagan

400

1917-yilda Rossiya armiyasining jangovarligi pasayishiga sabab bo‘lgan siyosiy voqea qaysi?

Fevral inqilobi 

400

Birinchi jahon urushida burilish yasashda muhim rol o‘ynagan va Antanta tomonida urushga kirgan davlat qaysi?

AQSH

400

AQSH 1918-yilga kelib Yevropaga taxminan nechta askar yuborgan?

1 mlnga yaqin 

400

Birinchi jahon urushi rasman qaysi sanada yakunlangan?

1918-yil 11-noyabrda.

400

Birinchi jahon urushi natijasida parchalanib ketgan to‘rtta yirik imperiyani sanab bering.

Germaniya, Avstriya-Vengriya, Rossiya va Usmoniylar imperiyalari

500

Versal tinchlik konferensiyasi qaysi yillarda va qayerda bo‘lib o‘tgan?

1919–1920-yillarda Parij yaqinidagi Versal saroyida.

500

Germaniya Versal tinchlik shartnomasini qachon imzolagan?

1919-yil 28-iyunda.

500

Birinchi jahon urushidan keyin xalqaro xavfsizlikni ta’minlash maqsadida tuzilgan tashkilot nomi nima?

Millatlar Ligasi.

500

Versal–Vashington tizimi qaysi davlatning jahon siyosatidagi ta’sirini kuchaytirganini ko‘rsatdi?

Amerika Qo‘shma Shtatlarining.

500

1929-yil 24-oktyabrda boshlangan jahon iqtisodiy inqirozi qayerda yuz bergan voqea bilan boshlandi?

Nyu-York fond birjasidagi inqiroz bilan.