Hanafiylik mazhabining asoschisi kim?
Hanafiylik mazhabining asoschisi Abu Hanifa nomi bilan mashhur Nu'mon ibn Sobit Kufiy
Molikiylik mazhabining asoschisi kim?
Molikiylik mazhabining asoschisi imom Abu Abdulloh Molik ibn Anas.
Shofe’iylik mazhabining asoschisi kim?
Shofe’iylik mazhabining asoschisi Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris Shofe’iy
Hanbaliylik mazhabining asoschisi kim?
Hanbaliylik mazhabining asoschisi imom Abu Abdulloh Ahmad ibn Hanbal
Turon hududi arablar davrida nechta qismga bo‘lingan va ularning nomlari qanday?
2 qismga boʻlinadi. 1. Movarounnahr -Daryoning narigi tomoni. 2. “Arodi at-turk”- Turklar yerlari
Abu Hanifa qachon va qayerda tug‘ilgan va vafot etgan?
699-yilda Kufada tug‘ilgan va 767-yilda Bag‘dodda vafot etgan.
Imom Molik qachon tug‘ilgan?
711-yilda tavallud topgan.
Imom Shofe’iy qaysi yillarda yashagan?
767–804-yillarda yashagan.
Imom Ahmad ibn Hanbal nechinchi yillarda va qayerda yashagan?
U 780-855-yillarda Bag‘dod shahrida yashagan.
Islomdan oldingi mahalliy hukmdorlar arablar davrida qanday vazifa bajargan?
Soliq yig‘ish va boshqaruv
Abu Hanifa musulmonlar orasida qanday nom bilan mashhur?
U “Imomi A’zam” (Ulug‘ imom) nomi bilan mashhur.
Molikiylik mazhabida birinchi va ikkinchi manba nima?
Birinchi manba — Qur’oni karim.Ikkinchi manba — hadis.
Shofe’iylik mazhabi fiqhiy hukm chiqarishda qaysi manbalarga tayanadi?
Qur’on, sunnat, ijmo va qiyosga tayanadi.
Hanbaliylik mazhabida asosiy manbalar va ulardan keyin qaysilari turadi?
Qur’on va sunnat asosiy manba hisoblanadi. Ijmo va sahobalarning gaplari keyingi o‘rinlarda turadi.
Islomni qabul qilgan mahalliy aholi qanday huquqqa ega bo‘lgan?
Arablar bilan teng huquqli
U o‘ziga yomonlik qilganlarga qanday munosabat bildirgan?
“Bizlarni yomonlagan kishilarning gunohini Alloh kechirsin, bizlarni yaxshi ko‘rganlarni Alloh rahmat qilsin”, deb duo qilgan.
Molikiylik mazhabida shar’iy masalalarda nimaga alohida e’tibor berilgan?
Madina hayoti va odatlariga ko‘p hollarda ustunlik berilgan.
Shofe’iylar qaysi usulni rad etganlar?
Hanafiylar va molikiylarda mavjud bo‘lgan istehson usulini rad etganlar.
Hanbaliylik mazhabida qiyos qachon qo‘llaniladi?
Qiyos boshqa iloj qolmagandagina ishlatiladi.
Mazhab soʻzining maʼnosi qanday?
(arab -yo'nalish, yo'l, ta'limot) shariat mazhablari islomda diniy huquq tizimlari va yo'nalishlari.
Bugungi kunda qaysi hududlarda hanafiylik mazhabi keng tarqalgan?
Markaziy Osiyo, Hindiston, Pokiston, Afg‘oniston, Iroq, Suriya, Turkiya va ayrim Afrika mamlakatlarida.
Molikiylik mazhabi qaysi davlatlarda asosiy mazhab hisoblanadi?
Marokash, Jazoir, Tunis va Bangladeshda asosiy mazhab hisoblanadi.
Shofe’iylik mazhabi asosan qaysi davlatlarda tarqalgan?
Indoneziya, Malayziya, Misr, Sudan, Keniya, Mali va Liviya kabi davlatlarda tarqalgan.
Hanbaliylik mazhabi qaysi davlatlarda tarqalgan?
Saudiya Arabistoni, Yaman, BAA, Quvayt va Qatar aholisi orasida tarqalgan.
Dastlabki madrasalar Buxoroda qaysi asrlarda qurilgan?
VIII–IX asrlar