ZAKOVAT
Fan1
Fan2
Fan3
Fan4
100

Turklar uni “shayton ovozi”, nemis dengizchilari “musson shamoli”, inglizlar “eng baxtsiz kishilar ovozi” deya ta’riflashgan. Bizda ham bu narsa yaxshilikka olib kelmaydi degan aqida bor

Diqqat savol: Gap nima haqida ketmoqda?

Hushtag ovozi

100

Ijtimoiy ta’minotning minimal me’yorlari bo‘yicha XMT konvensiyasi nechanchi? 


102-sonli Konvensiya

100

ishda “child protection” nima degani?


Javob: Bolalarni zo‘ravonlik, ekspluatatsiya va xavfli vaziyatlardan himoya qilish tizimi.

100

Savol: Keksalar uchun ijtimoiy xizmatlar nimalarni o‘z ichiga oladi?


Javob: Tibbiy yordam, uyda parvarish, moddiy yordam va psixologik qo‘llab-quvvatlas

100

Savol: Nega ijtimoiy ish “interdisciplinary” hisoblanadi?


Javob: Chunki u psixologiya, huquq, tibbiyot va sotsiologiya bilan bog‘liq.

200

Bu sintetik tolani Polshada elana, Angliyada terilen, AQShda dakron, Yaponiyada tetoron, Germaniyada diolen va Frantsiyada tergal deb nomlashadi

Diqqat savol: U bizda qanday nomlanadi

Lavsan

200

Ijtimoiy ishda bolalarni ekspluatatsiyadan himoya qilishga xizmat qiluvchi minimal yosh haqidagi konvensiya nechanchi?


138-son Konvensiya.

200

Savol: Nega voyaga yetmaganlar bilan ishlashda “multidisciplinary team” muhim?


Javob: Chunki muammolar kompleks bo‘lib, psixolog, ijtimoiy ishchi, huquqshunos va shifokor hamkorligini talab qiladi.

200

Savol: Qaysi keksalar “eng zaif guruh”ga kiradi?


Javob: Yolg‘iz, nogironligi bor, daromadsiz yoki tibbiy yordamga muhtoj keksalar.

200

Savol: “Case management” nima?


Javob: Mijozga kerakli barcha xizmatlarni bir tizimda boshqarish va muvofiqlashtirish.

300

Bu so‘z yunonchada «katta kosa» degan ma’noni bildiradi. Bunday «katta kosa»lar yerdan ko‘ra boshqa joyda ko‘proq

Diqqat savol: Qayerda?

Oyda

300

Bu konvensiya bolalar mehnatining eng yomon shakllarini taqiqlaydi va 180 dan yuqori raqamga ega. Toping


182-son

300

Savol: “Risk assessment” jarayonida eng muhim 3 omil qaysilar?


Javob: Xavf darajasi, bolaning zaifligi va oilaviy muhit.

300

Savol: “Active aging” (faol qarilik) nima degani?


Javob: Keksalarning sog‘lom, ijtimoiy va iqtisodiy hayotda faol ishtirok etishini ta’minlash.

300

Savol: “Social exclusion” tushunchasi nimani anglatadi?


Javob: Shaxsning jamiyatdan chetda qolishi (ta’lim, ish, xizmatlardan foydalana olmasligi).

400

Bu davlatni ko‘pincha «Qoldiq xayvonlar muzeyi» deb atashadi

Diqqat savol: Qaysi davlatni?

Avstraliya

400

Bu konvensiya bolani himoya qiladi, 54 moddadan iborat va 1989-yilda qabul qilingan. Bu qaysi hujjat?


Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya.

400

Savol: Voyaga yetmagan jinoyatchi bilan ishlashda “retributiv adolat” va “restorativ adolat” o‘rtasidagi farq nima?


Javob:

 • Retributiv: jazolashga asoslanadi

 • Restorativ: zarar tiklanishi va ijtimoiy moslashuvga qaratilgan

400

Savol: Keksalar bilan ishlashda eng katta ijtimoiy muammo qaysi?


Javob: Ijtimoiy izolyatsiya

400

Savol: “Casework” va “group work” farqi nimada?


Javob: Casework – individual ish, group work – guruh bilan ishlash.

500

Maksim Gorkiyning shunday gapi bor: «Bu insoniyat tomonidan yaratilgan barchamo‘‘jizalar ichida eng buyuk mo‘‘jizadir»

Diqqat savol: U nimaga shunday yuqori baho bergan?

Kitob

500

Bola huquqlari Konvensiyasi nechta moddadan iborat?


54 modda.

500

Savol: Agar ijtimoiy ishchi noto‘g‘ri qaror qabul qilib, bola xavf ostida qolsa, bu qaysi professional prinsipga zid?


Javob: “Do no harm” (zarar yetkazmaslik) prinsipi.

500

Savol: “Gerontologik ijtimoiy ish” nimani o‘rganadi?


Javob: Keksalik davridagi ijtimoiy, psixologik va iqtisodiy muammolarni.

500

Savol: “Interdisciplinary approach” nimani bildiradi?


Javob: Turli soha mutaxassislari (psixolog, shifokor, huquqshunos) bilan birga ishlash