Mavzu boʻyicha
Vaziyatli masala
Mantiqiy savollar
100

Madaniyat bu-

jamiyat yoki tashkilot a'zolari tomonidan qabul qilingan qadryatlar, e'tiqodlar va xulq-atvor me'yorlari majmui.

100

Rahbar xodimlarga “oila”dek munosabatda, lekin yoshlar aniq tizim va KPI talab qilmoqda.

Savol: Qanday boshqaruv modeli muvozanatni ta’minlaydi?

Muvozanat uchun: insoniy munosabat + aniq KPI va tizimli boshqaruvni birlashtirgan transformatsion yoki zamonaviy menejment modeli kerak.

100

Toʻrtburchakning bitta burchagini kessa nechta qoladi?

5 ta

200

Rahbarlik stili bu-

-rahbarning xodimlar bilan ishlash, qaror qabul qilish va boshqarish usuli.

200

Xalqaro jamoada rahbar tezkor va mustaqil qaror kutadi. Ba’zi xodimlar esa aniq ko‘rsatma va rahbar yo‘nalishini kutmoqda. Ish samaradorligi tushdi.

Savol: Bu madaniy farqmi yoki boshqaruv xatosi? Qanday yechim bor?

Bu asosan madaniy farq (mustaqillik darajasi va hokimiyat masofasi).

Yechim: rahbar moslashuvchan (situatsion) uslub qo‘llashi, aniq yo‘nalish + ma’lum erkinlik berishi kerak.

200

7 metrlik narvondan yiqilib jarohat olmaslik mumkinmi?

Mumkin, agar 1-zinasidan yiqilsa

300

Sharq madaniyati haqida nimalarni bilasiz?

Madaniyat asosan ierarxiyaviy shaklda, rahbar topshiriqlari yuqoridan pasta tomon harakatlanadi.

300

Universitet mudiri barcha qarorlarni umumiy yig‘ilishda hal qiladi. Jarayon cho‘zilib ketmoqda.

Savol: Demokratik uslub har doim samaralimi?

Demokratik uslub har doim ham samarali emas.

Tezkor qaror kerak bo‘lsa, direktiv yoki aralash uslub samaraliroq bo‘ladi.

300

Bu shaxmat donasi sabab oʻrta asrlarda arab shohlari bu oʻyinni oʻynashni istamagan. Bu qaysi?

Ot

400

Yevropada rahbarlik madaniyati haqida nimalarni bilasiz?

Rahbarlik demokratik, koʻproq jamoa qarorlari inobatga olinadi

400

Kompaniyada yosh rahbar tayinlandi. U tenglik tarafdori va xodimlarni ism bilan chaqiradi. Ammo katta yoshli xodimlar rasmiy murojaat va masofani hurmat deb biladi. Jamoada noqulaylik paydo bo‘ldi.

Savol: Muammo qaysi madaniy qadriyat bilan bog‘liq? Rahbar qanday yo‘l tutishi kerak?

Yechim: Rahbar madaniy sezgirlik ko‘rsatib, rasmiy muomala + ochiq muloqotni uyg‘unlashtirishi kerak (moslashuvchan uslub).

400

Jorj Vashington, Qilsam Shekspir, Sherlock Xolms, Betxovin, Alexander Pushkin, Napoleon Bonapart bu roʻyhatda kim ortiqcha?

Sherlock Xolms chunki u toʻqima obraz

500

Oʻrta sharq va Lotin Amerikasida rahbarlik madaniyati...

Oilaviy munosabatlar va shaxsiy bogʻliqlik kuchli,rahbar koʻpincha ota shaklidagi shaxs hisoblanadi.

500

Davlat tashkilotida yangi rahbar innovatsion g‘oyalarni joriy qilmoqchi. Ammo xodimlar “har doim shunday bo‘lgan” degan fikrda va o‘zgarishga qarshi.

Savol: Bu qanday madaniyat turi? Rahbar o‘zgarishni qanday boshqarishi kerak?

Yechim: Rahbar:

O‘zgarish sababini tushuntirishi

Xodimlarni jarayonga jalb qilishi

Bosqichma-bosqich transformatsiya qilishi

Qo‘llab-quvvatlash va treninglar tashkil qilishi kerak

Mos model: transformatsion va o‘zgarishga yo‘naltirilgan rahbarlik.

500

Men suvman , suv yuzida suzib yuribman men kimman?

Muz