1- gurux
2- gurux
3-gurux
100

🟦 1. Elektromagnit tebranish nima?

Elektromagnit tebranish — bu LC-konturda elektr maydoni (kondensatorda) va magnit maydon (induktiv g‘altakda)ning bir-biriga aylanishi natijasida hosil bo‘ladigan davriy jarayondir.

100

🟦 2. LC kontur qismlari qanday?


LC kontur ikkita asosiy elementdan iborat:

  • L — induktivlik (g‘altak)

  • C — sig‘im (kondensator)

100

Elektromagnit tebranish qanday sodir bo‘ladi?

Kondensator zaryadlanganda elektr maydon hosil bo‘ladi. U g‘altakka ulanib, zaryad oqishi boshlanadi, magnit maydon hosil bo‘ladi. So‘ngra magnit maydon yana elektr maydonga aylanadi. Shu tariqa tebranish davom etadi.

200

Elektromagnit tebranishlar qaerlarda qo‘llanadi?


  • Radio uzatgich va qabul qilgichlarda

  • Televideniye tizimlarida

  • Antennalarda

  • Wi-Fi, mobil aloqa texnologiyalarida

200

. Elektromagnit tebranishlar davri qanday topiladi?

T=2п/LC

200

. Tebranishlar sönmasligi uchun qanday shart bajarilishi kerak?

Konturda qarshilik bo‘lmasligi yoki juda kichik bo‘lishi kerak. Aks holda energiya yo‘qolib tebranishlar sekin sönadi.

300

Qaysi holatda tebranishlar tezroq so‘nadi?


  • R qiymati katta bo‘lsa

  • G‘altakning aktiv qarshiligi katta bo‘lsa

  • Zanjirda issiqlik yo‘qotish ko‘p bo‘lsa

300

Aktiv qarshilik nima?

Aktiv qarshilik — zanjirdan o‘tayotgan tok energiyasining bir qismi issiqlik ko‘rinishida yo‘qolishiga sabab bo‘ladigan qarshilikdir.
Odatda metall simlar, lampochka spirali, isitish elementlari aktiv qarshilik hisoblanadi.

300

2. Nega AC zanjiridagi aktiv qarshilik energiyani saqlamaydi?


Chunki butun energiya issiqlik sifatida sarflanadi, magnit yoki elektr maydon ko‘rinishida qayta tiklanmaydi.

400

ELEKTROMAGNIT TEBRANISHLAR QAYERLARDA FOYDALANILADI?

Radioaloqa tizimlari 

Mobil aloqa (GSM, 4G, 5G) 

Wi-Fi, Bluetooth, GPS 

Tibbiyotda 

Masofadan boshqariladigan pultlar

400

Moddalar magnit xossasiga ko‘ra nechta guruhga bo‘linadi?

Uchta asosiy guruhga:

  1. Diamagnitlar

  2. Paramagnitlar

  3. Ferromagnitlar

400

Ferromagnit moddalarga misollar

Temir (Fe), kobalt (Co), nikel (Ni), ferritlar.

500

Elektr dvigatellarning ishlash prinsipi magnit maydon bilan qanday bog‘liq?

Dvigatel rotori magnit maydon ichida tok o'tkazadi → unga Amper kuchi ta’sir qiladi → aylanish sodir bo‘ladi.

500

Tranzistorli generator qanday ishlaydi

U tranzistor yordamida doimiy chastotada elektromagnit tebranish hosil qiladi.

500

Kondensatorning sig‘imi ortsa tokga ta’siri qanday bo‘ladi?

Sig‘im ortsa → reaktiv qarshilik kamayadi → tok oshadi