Ekologiya
Zakovat
Tarix
Futbol
Kino
100

Dunyodagi "eng katta o‘pka" hisoblangan, Yerdagi kislorodning taxminan 20 foizini ishlab chiqaradigan hamda Janubiy Amerikada joylashgan ulkan o‘rmon zonasi nima deb ataladi?

Amazonka o‘rmonlari

100

Aytishlaricha, daltonizm bilan tug‘ilgan bu jonivorlar albatta xalok bo‘lishadi. Chunki daltonizm bunday jonivorlarni tabiat ato etgan eng yaxshi qurolidan mahrum qiladi. Chexovning ham ushbu jonivorlar nomi bilan atalgan hikoyasi bor. Savol: Bu qanday jonivor?

Xameleon.

Izoh:

Ular daltonik bo‘lsa aslidagi tabiiy muhitga emas, o‘zlari ko‘rayotgan muhit rangiga kirganligi tufayli ko‘rinib qolib, yirtqichlarga yem bo‘ladi.

100

Ushbu buyuk O‘rta Osiyo sarkardasi va hukmdori XIV asrda ulkan imperiyaga asos solgan. Uning poytaxt Samarqandda barpo ettirgan mashhur saroyi "Oqsaroy" deb ataladi, o‘zi esa "Kuch — adolatdadir" degan shior bilan davlatni boshqargan. Bu kim?

Amir Temur (Sohibqiron).

100

Futbol tarixida "Oltin to‘p" (Ballon d'Or) mukofotini ketma-ket 4 marta (2009–2012) qo‘lga kiritgan yagona futbolchi kim?

Lionel Messi

100

Ushbu film o'zbek kinosida "kuyov tanlash" atrofidagi hangomalar va bir lagan somsa bilan bog'liq kulgili voqealari bilan esda qolgan

"Suyunchi"filmi

200

Okeandagi eng katta xavflardan biri bu — plastik chiqindilaridir. Olimlarning ta’kidlashicha, okeandagi mikroplastikning qariyb 30 foizi shisha yoki idishlardan emas, balki har kuni ko‘chada harakatlanadigan ushbu vositaning yeyilishidan paydo bo‘ladi. Bu nima?

Avtomobil shinalari (Avtomobil g‘ildiragi rezinasi yeyilib, chang shaklida suvga oqib tushadi).

200

Yurtimizdagi dehqonlar ushbu tabiat hodisasini oq quyosh deb atashadi ushbu hodisa yoz oylarida roʻy berganida qisqa vaqt ichida hosilning katta qismiga zarar beradi va shu ekinlarning qovjirab qolishiga sabab boʻladi. Yurtimizdagi dehqonlar qaysi tabiat hodisasini oq quyosh deb atashadi.

Bulut ostidan chiqadigan quyosh oq quyosh deb ataladi. Shuning uchun ham bulut ostidan chiqqan quyosh tafti juda issiq boʻladi

200

Buyuk Ipak yo‘li orqali nafaqat ipak va qog‘oz, balki Farg‘ona vodiysidan Xitoyga juda qimmatbaho jonli "tovar" olib ketilgan. Xitoy imperatorlari o‘z armiyasini yengilmas qilish uchun ushbu jonivorlarni "Samoviy..." yoki "Oltin..." deb atab, favqulodda yuqori baholashgan. Bu qaysi jonivor?

Samoviy otlar (Farg‘ona otlari).

200

O'zbek futbolida ushbu klub o'z mezbon uchrashuvlarini "Jar" va "Paxtakor" stadionlarida o'tkazgan va vaqtida Rivaldo kabi afsonani o'z safida o'ynatgan?

"Bunyodkor"

200

U Gollivudda eng ko'p gonorar oladigan aktyorlardan biri, lekin u o'ynagan personajlar film davomida deyarli gapirmaydi va asosan qurol ishlashib yuradi. "Terminator" roli bilan tanilgan?

Arnold Shvarsenegger

300

Chumolilar haqida fakt: Bir nafar odamning vazni o‘rtacha 70 kg keladi. Xo‘sh, Yer yuzidagi barcha chumolilarning umumiy vazni ko‘pmi yoki Yer yuzidagi barcha odamlarning umumiy vaznimi?

Teng (yoki chumolilarning vazni biroz ko‘proq). Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Yerdagi barcha chumolilar va barcha odamlarning umumiy biomassasi deyarli teng keladi.

300

Armanistonning Gyulagarak shahri Dendroparkining dalalarida 2021-yilda o‘rnatilgan IKS haykali mehmonlarni internetga ortiqcha chalg‘imay tabiatdan hordiq olishlariga chaqiradi. Ishlab chiquvchilar nega IKS tanlanganini “oldingi davrlarda” yashashga teng deb izohlaydilar. Savol: IKSni toping.

Dinozavr

300

Qadimgi Dunyo tarixida imperator Yuliy Sezar boshchiligidagi Rim harbiylari Misrga kelganlarida, u yerdagi mahalliy aholining bug'doyni saqlash va taqsimlash borasidagi aniq va tartibli tizimiga qoyil qolishgan. Rimliklar bu tajribani o'zlarida qo'llab, davlat hazinasini saqlaydigan joyni atay boshlashgan. Bugungi kunda ham moliyaviy muassasa hisoblangan ushbu so'z va tushuncha nima?

Bank

300

Jahon chempionatlari tarixida eng tezkor gol urilgan o'yin 2002-yili Janubiy Koreya va qaysi terma jamoa o'rtasida kechgan?

Turkiya (Hakan Shukür 11-soniyada urgan).

300

Film davomida "May the Force be with you" (Kuch sen bilan bo'lsin) iborasi tez-tez takrorlanadigan, kosmik janglar va "Yorug'lik qilichlari" (Lightsaber) haqidagi afsonaviy kinofranshiza?

Yulduzlar jangi" (Star Wars)

400

Plastik idishlar va paketlar tabiatda yuzlab yillar davomida chirimaydi. Lekin okeanga tushgan plastikning eng katta ekologik xavfi uning shunchaki suzib yurishida emas. Quyosh nuri va to‘lqinlar ta’sirida plastik yo‘q bo‘lib ketmaydi, balki juda kichik zarrachalarga bo‘linib ketadi. Bugungi kunda dengiz jonzotlari va hatto insonlar oshqozonidan ham topilayotgan ushbu ultra-kichik plastik zarrachalari ekologiyada nima deb ataladi?

Mikroplastik

400

Yapon xalqining maqollaridan birida yo‘lbars uyasi va ajdar g‘ori eslab o‘tiladi. Savol: Ushbu iborani o‘zbekcha anologida eslab o‘tiladigan tabiat hodisalarini yozib bering!

Yomg'ir Do'l

Yapon xalq maqolida “Yo‘lbarsning uyasidan qochib ajdarning g‘origa kirib qolish” aytib o‘tilgan. Bizda Yomg‘irdan qochib do‘lga tutilish aytiladi

400

Birinchi jahon urushi paytida (1916-yilda) Britaniya armiyasi yangi maxfiy zirhli jangovar texnikani frontga olib o‘tayotganda, dushman ayg‘oqchilarini chalg‘itish uchun yog‘och qutilarga "Suyuqlik/suv uchun idish" deb yozib qo‘yishgan. Ingliz tilidagi ushbu "idish/bak" so‘zi bugungi kunda ham o‘sha harbiy texnikaning nomi sifatida ishlatiladi. Bu qaysi texnika?

Tank

400

O'zbekiston milliy terma jamoasi 1994-yilda mustaqil davlat sifatida ilk bor xalqaro musobaqada qatnashib, oltin medalni qo'lga kiritgan shaharning nomi?

Xirosima (Yaponiya, Osiyo o'yinlari)

400

O'zbek kinosining oltin fondiga kirgan "Mahallada duv-duv gap" filmida: "Senga xotin kerak bo'lsa, menga kelin kerak!" deb o'g'liga aytgan qahramonning ismi yoki rolni o'ynagan aktrisa kim?

Maysara xola (Lutfixonim Sarimsoqova)

500

1958-yilda Xitoyda ekologik muvozanatni izdan chiqargan mashhur loyiha o‘tkazilgan. Unda to‘rtta "zararkunanda" qirib tashlanishi kerak edi: pashsha, chivin, kalamush va yana bir qush. Ushbu qush qirib tashlangach, mamlakatda ulkan ocharchilik va chigirtkalar bosqini yuzaga kelgan. Bu qaysi qush edi?

Chumchuq ( Chat gptjondan Kobra effekti deb qidirib ko'ring ko'p narsalarni o'rganvolasiz )

500

Abdulla Oripovdan to‘rtlikni tinglang: Ishlaring yurishib turgani asno, Ko‘payib ketadi xeshu aqrabo. Uning kitobin qo‘ltiqlab olib, “Tog‘a” deb keladi maymun ham xatto. 1809-yil 12-fevralda Angliyaning Shrusberi shahrida tug‘ilgan U tabiatga qiziqqan. Savol: U kim?

Charlz Darvin

500

IX-X asrlarda Bag‘doddagi "Bayt ul-Hikma" (Donishmandlik uyi)da faoliyat yuritgan buyuk vatandoshimiz Muhammad al-Xorazmiy hind raqamlari (0-9) asosida yangi hisob-kitob tizimini yaratadi. Yevropaliklar uning lotinlashtirilgan ismini noto‘g‘ri talaffuz qilishib, bugungi kunda barcha axborot texnologiyalari va dasturlashning asosi bo‘lgan texnik atamani o‘ylab topishgan. Bu qaysi so‘z?

Algoritm

500

Faoliyati davomida biror marta ham qizil kartochka olmagan, Angliya terma jamoasi va "Tottenxem"ning sobiq mashhur hujumchisi, hozirda BBC sharhlovchisi kim?

Garri Lineker

500

Oscar tarixida eng ko‘p (11 ta) mukofotni qo‘lga kiritgan uchta filmdan biri bo‘lgan fantastik film seriyasi nomi nima?

Uzuklar hukmdori (Lord of the Rings)