Ekalogiya sohasidagi davlat boshqaruvi
Vakolatli davlat organlari
Ekalogik me'yorlash
Ekalogik standartlash va sertifikatlash
Eko zakovat
100

Ekalogiya sohasida davlat boshqaruvi deganda nima tushuniladi?

Vakolatli davlat organlarining tabiy resruslardan foydalanish va atrof tabiy muhitni muhofaza etish bo'yicha ijro etish va farmoyish berish faoliyati tushuniladi.(Ekalogiya huquqi. Xolmo‘minov J. 2025 kitobidan 51-bet)

100

Tabiatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonunga ko'ra:

tabiatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlarni belgilash, davlat ekalogiya dasturlarini tasdiqlash , hududlarni favqulodda ekologik vaziyat , ekologik ofat va ekologik halokat zonalari deb e'lon qilish qaysi organing vakolatiga kiradi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining (Tabiatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonun 7-modda)

100

Ekalogik me'yorlash deganda nima tushuniladi?

davlat organlarinig atrof tabiiy muhit sifatini tabiiy resurslardan foydalanish hajmini va boshqa ko'rsatkichlarni belgilash bo'yicha faoliyati tushuniladi

100

1993-yil Xalqaro standartlashtrish tashkiloti tizimida qanday qo'mita tashkil etildi?

Ekalogik boshqarma yoki Atrof muhitni sifati boshqarmasi

100

Dunyodagi deyarli 90 ta davlatda Ular mavjud. Ular, odatda, bir rang bilan ham nomlanadi. O‘zbekistondagi mashhur 5 talikning eng kichigi ham U deb ataladi va 2019-yil tashkil topgan. Savol: Uni yozib bering.

Ekalogiya partiyasi

izoh:

Dunyodagi deyarli 90 ta davlatda ekologik partiyalar mavjud va ularni “yashillar” deb ham atashadi. O‘zbekistondagi ekologik partiya 2019-yilda tashkil topgan va 5ta partiyadan eng oxirgisi hisoblanadi.


200

Davlat boshqaruv organlarining ijroiya faoliyati va farmoyish berishi deganda nima tushuniladi?

Ushbu organlarning ijroiya hokimyatiga taalluqligidan kelib chiqib , qonun normlari va vakillik organlarining qarorlarini amalga oshirga qaratilgan.

Ularning vakolat doirasidagi yuridik va jismoniy shaxslarga majburiy ko'rsatmalar berish huquqidan kelib chiqadi.(Ekoligiya huquqi Xolmo‘minov J. 2025 kitob 51-52-betlar)
200

O'zbekiston Respublikasida ekologiya , atrof muhitni muhofaza qilish tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasidagi davlat boshqaruvini qonunlar va boshqa normativ huquqiy hujjatlarga asosan qaysi organlar tomonidan amlaga oshiriladi?

Vazirlar Mahkamasi , O'zbekiston Respublikasi Ekalogiya , atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi, 

Mahalliy davlat hokimyati organlari     (Tabitani muhofaza qilish to'g'risidagi qonun 8-modda)
200

Ekologik me'yorlash turlari deganda nima tushuniladi?

ekologik me'yorlashga qaratilgan faoliyatning u yoki bu tasnifiy belgilariga qaratilgan faoliyatining u yoki bu tasnifiy belgilariga asoslanib ularni turli guruhlarga ajratish tushuniladi

200

Ekalogik sertifikatlashtrish deganda nima tushuniladi?

mahsulot va ishlarning atrof tabiiy muhit holatiga zararli ta'sir ko'rsatmaslik darafasini aniqlash uslubi hisoblanib , ishlab chiqarilgan mahsulot yoki bajarilayotgan ishlarning belgilangan standartlar va boshqa me'yorlarga mos kelishini aniqlaydigan jarayon hisoblanadi.

200

“U” nomli she’rda yulduzlarning ko‘zgusi singani eslab o‘tiladi. Uning fotosuratida tuya va zangni ko‘rish mumkin. Savol: Uni 2 so‘zda yozib bering.

Orol dengizi

izoh:

Go‘yoki yulduzlar Orol dengizidan ko‘zgu sifatida foydalanishi aytilgan. Orol dengizi quriganidan so‘ng u yerda zanglagan kemalarni ko‘rish mumkin. Suvlik qurib, o‘rnini sahro egallagan hududda tuya, ya’ni “sahro kemasi”ning bo‘lishi bejiz emas.

300

Ekalogiya sohasidagi davlat boshqaruvi tamoyillari qaysilar hisoblanadi?

Boshqaruvni qonuniylikga asoslanishi

tarmoq va hududiy boshqarishni muvofiqlashtirish

ekalogiya masalalarini hal qilishda har tomonlama yondashish

atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatda foydalanish sohasida davlat boshqaruvini tashkil etishda tabiiiy resurslardan foydalanish va nazorat qilish

300

Tabiatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonuning 9-moddasiga binoan Vazirlar Mahkamasi vakolatlarini aytib bering?

Tabiatni muhofaza qilishga doir yagona siyosatni yurutish, tabiat resurslaridan foydalanishni tartibga solish, tabiiy resurslarga nisbatan tabiat kadastri yuritishi tartibini belgilash va bunday kadastr yuritilishini ta'minlash.
300

Atrof muhit me'yorlari qanday ko'rsatkichlarni belgilashga qaratilgan?

Tabiy resurslardan foydalanish hajmini belgilash

tabiy obyektlarning umumiy sifat ko'rsatkichlari 

tabiiy obyektlarga zararli ta'sir ko'rsatishining miqdorlari

300

Dastlab Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishni yaxshilash sohasida standarlar tizimi nechta satandartni joriy qilgan?

76 ta 

300

20-asr boshlarida Kaloforniyada atrof-muhitni himoya qiluvchilar sa’y-harakatlari bilan qonunchilikka o‘zgartirish kiritilgan: har bir sotilgan 50 ta avtomashinadan kamida biri shunday bo‘lishi kerak edi. Hozirda shunday avtomobillar soni ancha ortgan. Savol: Qanday avtomashinalar?

Elektromobil

400

Ekalogiya sohasida davlat boshqaruvi ma'lum bir shakillarda amalaga oshiriladi manashu shakillarni qaysilar ekanligini ayting va izohlab bering?

Huquqni ijod qilish - ijro organlari tomonidan qonunlarda belgilangan qoidalarni yanada rivojlantirish , ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi aniq me'yorlarni belgilaydilar.

Ijroiya faoliyati - qonun hujjatlarini amlaga oshirish bo'yicha amaliy faoliyat hisoblanadi.

Huquqni muhofaza qilish - tabiy resruslardan foydalanish va ularni muhofaza qilish qoidalari buzilgan taqdirda aybdor shaxlarni javobgarlikga tortish masalasini amalga oshiriladi. 

400

Tabiatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonuning 10-moddasiga binoan davlat hokimyati va boshqaruvi mahalliy idoralarning tabiatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari qaysilar hisoblanadi?

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari oʻz hududida mintaqaning (hududning) ekologiya dasturini tasdiqlaydi va uning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tabiatni muhofaza qilish sohasida:

oʻz hududida tabiatni muhofaza qilishning asosiy yoʻnalishlarini oʻz ichiga olgan mintaqaning (hududning) ekologiya dasturini ishlab chiqadi va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritadi hamda uning amalga oshirilishini taʼminlaydi;

tabiiy resurslarni hisobga oladi va ularning holatiga baho beradi, ekologiya jihatidan zararli boʻlgan obyektlarni roʻyxatga oladi;

tabiatni muhofaza qilishga doir tadbirlarni moddiy-texnika jihatidan taʼminlaydi;


tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun toʻlovlar undirish tadbirlarini amalga oshirishda koʻmaklashadi; 

400

Ekalogik me'yorlarning obyektiga ko'ra qanday turlari mavjud?

Suvlarning sifati me'yorlari

atmosfera havosi sifati me'yorlari

o'simlik va hayvonot dunyosi obyektlari sifati me'yorlari

yer va yerosti dunyosi obyektlari sifati me'yorlari

boshqa obyektlar sifati me'yorlari

400

Standartlashtrish jarayoni deganda nima tushuniladi?

Davlat organlarining normativ hujjatlariga qoida , me'yorlar va belgilangan ko'rsatkichlarining kiritilsihi standartlashtrish jarayoni deb nomlanadi.

400

1960-yilda Baykonurda raketa portlagan va koʻplab qurbonlar boʻlgan. Faqatgina bir taqiqni buzgan bosh konstruktor tirik qolgan. Savol: Qanday taqiq?

Chekish

izoh:

Konstruktor Mixail Yangel portlash boʻlgan paytda chekish uchun tashqariga chiqqan edi, aslida bu kabi obyektlarda bunday ishlar taqiqlanadi. Chekish insonni oʻldirish emas, aksincha, hayotini saqlab qolgan kam sonli voqealardan biri boʻlgan.

500

Davlat boshqaruv usullari qaysilar va ularni izohlang?

Ruxsat berish - tabiy resruslardan foydalanishni tashkil etishda qo'llaniladi.

Rozilik berish - davlat organlarining foydalanuvchilar tomonidan tayyorlangan me'yorlarni hamda foydalanishga oid boshqa qoida va tartiblani tasdiqlashi va rozilik berishi tushuniladi.


Taqiqlash - atrof muhitni muhofaza qilishni tashkil etishda keng qo'llaniladi va tabiiy resursdan foydalanish yoki tabiiy hududlarda ma'lum bir faoliyatni amlaga oshirishni taqiqlsh orqali man etishda ifodalanadi.

500

Ekalogiya sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi umumiy va maxsus vakolatli organlarni to'liq sanb bering?

umumiy vakolatli davlat organlari:

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar kengashi

Mahalliy davlat hokimiyati organlari kiradi.

Maxsus vakolatli davlat organlari:

Ekalogiya , atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi

Tog' kon va geologiya vazirligi

O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi

O'zbekisotn Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi

Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasi 

500

Ekalogik tizimga o'z o'zini tiklash mexanizmini buzilishiga sabab bo'maydigan ekologik hajmi doirasida har qanday antropogen ta'sir bo'lib . ekologik tasirni , biotik balansning buzilmasligi , mo''tadilligi va ekalgokik tizimning xilma xilligini aniqlshning asosiy mezoni nima hisoblanadi?

Ekalogik me'yorlash

500

Ekalogik standartlashtrish nechta yo'nalishdan iborat va ularni aytib bering?

birinchi yo'nalish : standartlar atrof tabiiy muhitga zararli ta'sir ko'rsatishining yo'l qo'yiladigan ekologik me'yorlarini belgilash tartibi va shartlarini o'z ichiga oladi 

ikkinchi yo'nalish: ekologik standartlar atrof tabiiy muhitning muhofaza qilinishini tashkillashtiishiga taaluqli talablarni belgilaydi.

uchinchi yo'nalish: standartlar atrof tabiiy muhit muhofazasiga taaluqli tushunchalarning yagona talablarini belgilaydi.

500

Yevropa poytaxtlaridan birining sobiq meri o‘zini xalqqa yaqin va ekologiya kurashchisi qilib ko‘rsatishga intilgan. Bir kuni ishga ketayotganda bir ayolni bezorilardan qutqargan ham. Shunda u ayol sobiq merni “Undagi ritsar” deb atagan. Uning paydo bo‘lishi haqidagi vikipediya maqolasida 1817-yil eslab o‘tilgan. Savol: Uni toping.

Velosiped

izoh:

London shahrining sobiq meri - Boris Jonson ishga velosipedda ham borgan. Bu uning xalqqa yaqinligi va ekologik muammolarga befarq emasligini ko‘rsatishi kerak edi. Velosiped va samokat 1817-yilda paydo bo‘lgan.