1
2
3
4
5
100

Elektromagnit induksiya nima?

Javob: Elektromagnit induksiya — o‘tkazgich va magnit maydon bir-biriga nisbatan harakat qilganda yoki magnit oqimi o‘zgarganda o‘tkazgichda induksiya EYuK hosil bo‘lish hodisasi.

100

Elektr dvigatel va generatorning asosiy farqi nimada?

Javob: Dvigatel elektr energiyasini mexanik energiyaga, generator esa mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantiradi.

100

Induksiya EYuK hosil bo‘lishi uchun o‘tkazgich va magnit maydon orasida qanday holat bo‘lishi kerak?

Javob: O‘tkazgich yoki magnit bir-biriga nisbatan harakat qilishi, ya’ni magnit oqimi o‘zgarishi kerak.

100

G‘altakdagi o‘ramlar soni ko‘paytirilsa, induksiya EYuK qanday o‘zgaradi?

Javob: O‘ramlar soni ko‘payganda induksiya EYuK ortadi, chunki har bir o‘ramda hosil bo‘lgan EYuKlar qo‘shiladi.

100

Flemingning o‘ng qo‘l qoidasida bosh barmoq, ko‘rsatkich barmoq va o‘rta barmoq nimani bildiradi?

Javob:

  • Bosh barmoq — harakat yo‘nalishi.
  • Ko‘rsatkich barmoq — magnit maydon yo‘nalishi.
  • O‘rta barmoq — induksion tok yo‘nalishi.
200

Magnit g‘altakka tezroq yaqinlashtirilsa, voltmetr yoki ampermetr ko‘rsatkichi qanday o‘zgaradi? Nima uchun?

Javob: Ko‘rsatkich ko‘proq og‘adi, chunki magnit maydon kuch chiziqlari tezroq kesib o‘tiladi va kattaroq EYuK hosil bo‘ladi.

200

Magnit g‘altak ichida harakatsiz ushlab turilsa, nima uchun EYuK hosil bo‘lmaydi?

Javob: Chunki magnit maydonning g‘altak orqali o‘tuvchi oqimi o‘zgarmaydi. Shuning uchun induksiya EYuK hosil bo‘lmaydi.

200

Magnitning qarama-qarshi qutbini g‘altakka yaqinlashtirganda induksion tokning yo‘nalishi qanday o‘zgaradi?

Javob: Induksion tokning yo‘nalishi teskarisiga o‘zgaradi.

200

Induksiya EYuK kattaligiga ta’sir qiluvchi uchta asosiy omilni ayting.

Javob:

  1. Magnit maydon kuchi.
  2. Harakat tezligi.
  3. G‘altakdagi o‘ramlar soni.
200

Nima uchun g‘altak bitta to‘g‘ri simga qaraganda kattaroq EYuK hosil qilishi mumkin?

Javob: G‘altakning har bir o‘ramida EYuK hosil bo‘ladi va bu EYuKlar bir-biriga qo‘shiladi. Shu sababli umumiy EYuK kattaroq bo‘ladi.

300

Magnit maydon kuchi oshirilsa, induksiya EYuK nima sababdan ortadi?

Javob: Magnit kuchliroq bo‘lsa, uning magnit maydon kuch chiziqlari zichroq bo‘ladi. O‘tkazgich harakatlanganda ko‘proq magnit kuch chiziqlarini kesadi, natijada EYuK kattalashadi.

300

Nima uchun sezgir ampermetr yoki voltmetrda nol raqami shkalaning markazida joylashgan?

Javob: Chunki induksion tokning yo‘nalishi o‘zgarishi mumkin. Tok bir yo‘nalishda oqsa ko‘rsatkich nolning bir tomoniga, qarama-qarshi yo‘nalishda oqsa boshqa tomoniga og‘adi. Shu sababli nol shkalaning markazida joylashadi.

300

Tajribada magnit g‘altakka yaqinlashtirilganda va undan uzoqlashtirilganda hisoblagich ko‘rsatkichi qanday o‘zgaradi?

Javob: Magnit yaqinlashtirilganda hisoblagich bir tomonga og‘adi, magnit uzoqlashtirilganda esa teskari tomonga og‘adi. Bu induksion tok yo‘nalishining o‘zgarganini ko‘rsatadi.

300

To‘g‘ri sim magnit maydon ichida harakatlantirilmoqda. Agar simning harakat tezligi ikki baravar oshirilsa, tajribada qanday o‘zgarish kuzatiladi?

Javob: Induksiya EYuK ortadi. Tezlik oshgani uchun sim magnit maydon kuch chiziqlarini tezroq kesib o‘tadi.

300

Induksiya EYuK yo‘nalishini o‘zgartirishning ikki xil usulini tushuntiring. Agar bitasini to'g'ri topsiz 100 ball

  • Magnit maydon yo‘nalishini teskari o‘zgartirish.
  • O‘tkazgichning harakat yo‘nalishini teskari o‘zgartirish.
400

Lenz qonunini o‘z so‘zlaringiz bilan tushuntiring.

Javob: Lenz qonuniga ko‘ra, induksion tok shunday yo‘nalishda hosil bo‘ladiki, uning magnit maydoni uni hosil qilgan magnit oqimidagi o‘zgarishga qarshilik qiladi.

400

Shimoliy qutb g‘altakka yaqinlashtirilmoqda. Lenz qonuniga ko‘ra, g‘altakning magnitga qaragan tomonida qanday qutb hosil bo‘ladi?

Javob: G‘altakning magnitga qaragan tomonida Shimoliy (N) qutb hosil bo‘ladi. Chunki ikkala shimoliy qutb bir-birini itaradi va bu magnitning yaqinlashishiga qarshilik qiladi.

400

Magnit g‘altakdan uzoqlashtirilganda induksion tokning yo‘nalishi qanday o‘zgaradi?

Javob: Tok yo‘nalishi yaqinlashtirish holatiga nisbatan teskariga o‘zgaradi. Chunki Lenz qonuniga ko‘ra g‘altak magnit oqimidagi kamayishga qarshilik qilishi kerak.

400

O‘zgaruvchan tok generatorida nima sababdan kuchlanish musbat, nol va manfiy qiymatlarga ega bo‘ladi?

Javob: Rotor aylanganda g‘altak magnit maydon kuch chiziqlarini turli burchaklarda kesib o‘tadi. Natijada EYuKning kattaligi va yo‘nalishi doimiy ravishda o‘zgaradi: avval musbat, keyin nol, so‘ng manfiy qiymatga o‘tadi.

400

 O‘zgaruvchan tok generatorida kuchlanishni oshirishning to‘rtta usulini ayting.

  • Yakorni tezroq aylantirish.
  • O‘ramlar sonini ko‘paytirish.
  • Yakorning yuzasini kattalashtirish.
  • Kuchliroq magnitdan foydalanish.
500

Generator rotorining gorizontal holatida EYuK eng katta, vertikal holatida esa nolga yaqin bo‘lishining fizik sababini tushuntiring.

Gorizontal holatda g‘altak magnit maydon kuch chiziqlarini eng ko‘p kesib o‘tadi, shuning uchun EYuK maksimal bo‘ladi. Vertikal holatda g‘altak maydon chiziqlariga deyarli parallel bo‘lib, ularni kam kesadi, shuning uchun EYuK nolga teng yoki nolga yaqin bo‘ladi.

500

Oddiy o‘zgaruvchan tok generatorida sirpanuvchi halqalar va cho‘tkalar qanday vazifani bajaradi?

Javob: Sirpanuvchi halqalar g‘altak bilan birga aylanadi. Cho‘tkalar esa halqalarga tegib turib, hosil bo‘lgan elektr tokini tashqi zanjirga uzatadi.

500

Generator rotori bir soniyada 50 marta to‘liq aylansa, hosil bo‘ladigan o‘zgaruvchan tokning chastotasi qancha bo‘ladi?

Javob: 50 Hz.

Chunki berilgan generatorning har bir to‘liq aylanishi bitta o‘zgaruvchan tok tebranishini hosil qiladi. Demak:

500

Velosiped generatorida telefonni tezroq zaryadlash uchun pedalni tezroq aylantirish tavsiya qilinadi. Nima uchun?

Javob: Pedal tezroq aylantirilsa, generator rotori ham tezroq aylanadi. Magnit maydon kuch chiziqlari g‘altakni tezroq kesib o‘tadi, natijada hosil bo‘ladigan EYuK va elektr energiyasi miqdori ortadi. Shu sababli telefon tezroq zaryadlanishi mumkin.

500

Bir xil g‘altakdan foydalanilmoqda. Birinchi holatda kuchsiz magnit sekin harakatlantiriladi, ikkinchi holatda kuchli magnit tez harakatlantiriladi va g‘altakdagi o‘ramlar soni ham ko‘paytiriladi. Qaysi holatda EYuK kattaroq bo‘ladi?


Javob: Ikkinchi holatda EYuK kattaroq bo‘ladi.

Sababi ikkinchi holatda bir vaqtning o‘zida uchta omil kuchaytirilgan:

  • magnit maydon kuchliroq;
  • magnit tezroq harakatlanadi;
  • g‘altakdagi o‘ramlar soni ko‘proq.

Bu uchala omil ham induksiya EYuKni oshiradi.