Etnopsixologiya
Etnopsixologiyaga hissa qo’shgan olimlar
Milliy psixologik qiyofa
Sharqda Etnopsixologiya
Etnopsixologik atamalar
100

"Etnopsixologiya" so'zining ma'nosi nima?

"Etnos" - xalq, "Psixe" - ruh, "Logos" - ta'limot. Xalq (etnos)ning ruhiyati degan ta'limot (fan) dir.

100
Etnopsixologiya fanining asoschilari kkim

Gegel va Vundt

100

"Milliy psixologik qiyofa" nima?

Millatning real mavjud va idrok etish mumkin bo'lgan belgilaridan biri.

100

O'zbek xalqiga oid 10 ta etnopsixologik xususiyatlarni aytib bering!

Bonus

100

Bifuraksiya nima?

Tizimning beqaror, keskinlik pallasi bifuraksiya deb ataladi

200

Etnopsixogologik tadqiqotlarning eng muhim va asosiy predmeti bu nima?

Shaxs

200

Kimning fikricha milliy psixologik qiyofa tizimiga milliy harakter, odatlar, did, an'analar kiradi

A.Goryacheva

200

Milliy psixologik qiyofaning asosiy elementlari qaysilar?

milliy xarakter, milliy urf-odat va an'analar, milliy tuyg'u, milliy ta'b

200

Ular quvnoq odamlar bo'lib, kuzatuvchanlik, zukkolik va do'stona munosabat bilan ajralib turadi. Shu bilan birga, ularda ko'pincha tashabbus va ishbilarmonlik yetishmaydi, uzoqni o'ylamaslik, beparvolik ularning hayoti va faoliyatida ko'plab qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Leksik va sintaktik takrorlar, giperbolalar, metaforalar, nutqning maxsus ritmik va intonatsion tuzilishi bilan ajralib turadigan tili ta’sirida ularda tevarak-atrofdagi voqelikni idrok etish natijalarini baholashda bo‘rttirib ko‘rsatish moyilligi yuzaga kelgan. 

ARAB

200

Attraktor - bu…

Tizimning muayyan daraja sari rivojlanish holati attraktor deyiladi

300

Nima etnik psixologiyaning asosiy kompenentlaridan hisoblanadi?

Milliy psixologik qiyofa

300

Etnopsixologik xususiyatlarni qaysi olim birinchilardan bo'lib tabiiy muhit blan bog'lab tushuntirgab?

Gippokrat

300

Milliy psixologik qiyofa vujudga kelishida 2 omil o'zaro ta'sir ko'rsatadi, ular qaysilar?

1. Ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot  2. Muayyan xalq yashab turgan tabiiy sharoitning xususiyatlari

300

Qadim zamonlardan beri ular mavjud bo'lgan narsalar bilan qanoatlanishgna va oddiylik, mo'tadillik, moslashish va oz narsaga qanoat qilish ularning milliy xarakterining o'zaro bog'liq xususiyatlarining butun majmuasiga aylangan. Ular har qanday sharoitda o'z maqsadlariga erishishga intiladigan baquvvat, tashabbuskor odamlardir. Ular qat'iy tartib-intizom va shaxsning guruhga yuqori darajada qaramligi kabi milliy psixologik fazilatlarni rivojlantirganlar va har doim juda aniq namoyon etadilar.

Xitoy

300

Nimani millatning butun psixologik xususiyatlarini ifodalash uchun qo'llashadi?

Milliy xarakter

400

Etnopsixologiyaning qanday tadqiqotchilik yo'nalishlari mavjud?

sotsiologik yo'nalish

ekologik yo'nalish

biologik (yoki psixofizik va antropologik) yo'nalish

400

Ijtimoiylashuv atamasini fanga kim kiritgan?

F.G.Giddings

400

Milliy psixologik qiyofa xalq ruhiyati uchun qanday rol o'ynaydi?

Uni muhofaza qiluvchi mexanizm hisoblanadi

400

Ularga xos xususiyatlar: go'zallikka muhabbat, ishga mas'uliyat bilan yondashish, kuchli kollektivizm, o'qish va o'rganishga muhabbat, kuchli qarindoshchilik tuyg'usi, an'analarni juda hurmat qiladi.

Yapon

400

Nimalar makroskopik darajada yorib kirishi va jarayonning makromanzarasini belgilashi mumkin?

Mikrofluktuatsiya

500

Etnopsixologiyaning bo'limlarini ayting

umumiy etnopsixologiya, maxsus etnopsixologiya, qiyosiy etnopsixologiya, amaliy etnopsixologiya

500

1868-yilda O'rta Osiyo xalqlarining tili va etnografiyasi haqida o'zining shaxsiy kuzatishlari va qisman mahalliy aholining hikoya qilib bergan ma'lumotlari asosida qiziqarli ocherklar yaratgan olim kim?

V.V. Radlov

500

"Fiziologik va ijtimoiy taraqqiyotning qanday darajasida bo'lishlaridan qat'iy nazar, hamma xalqlar oliy nerv faoliyatining bir xil apparati - birinchi va ikkinchi signal sistemasidan tashkil topgan apparatga egadir". Ushbu fikrni aytgan olimlar kimlar?

I.M. Sechenov, I.P. Pavlov

500

Ularga xos xususiyatlar: Guruh ehtiyojlarini shaxsiy istakdan yuqori qo'yish, chidamlilik va moslashuvchanlik, tabiat bilan bog'langanlik tuyg'usi, mardlik, jasorat va or-nomus, mehmondo'stlik, kuchli sadoqat.

Mo'g'ul

500

Bonus savol. Referent guruh nima?

Shaxs uchun muhim ijtimoiy guruh referent guruh deb ataladi