Sokratning mashhur so‘zi nima?
"Men hech narsani bilmasligimni bilaman"
“Men o‘ylayman, demak men mavjudman.”Bu so'zlar kimga tegishli?
Rene Dekart
Materializm nima degani?
Moddiy dunyo asos ekanligini hisoblash.
Idealizm nima degani?
Ruhiy g‘oyalar asosiy ekanligini hisoblash.
Real hayot va ideal hayot farqi nima?
Real hayot – haqiqat, Ideal hayot – mukammal tasavvur.
Falsafaning eng katta savoli qaysi?
“Inson nima uchun yashaydi?” yoki “Hayotning ma’nosi nima?”
Etika va estetika nima uchun muhim?
Axloq va go‘zallikni tushunishga yordam beradi.
Tasavvufda inson kamolotining nechta bosqichi mavjud?
4 bosqich: shariat, tariqat, ma’rifat va haqiqat.
Hindiston falsafasining asosiy manbalari qaysilar?
Vedalar va Upanishadalar.
Qadimgi Sharq falsafasi qayerlarda rivojlangan?
Bobil, Misr, Hindiston, Xitoy va Markaziy Osiyoda.
Praksiologiya nimani o‘rganadi?
Inson faoliyati va amaliy harakatlarini.
Aksiologiya nimani o‘rganadi?
Qadriyatlar haqidagi ta’limotni.
Gnoseologiya nimani o‘rganadi?
Bilish jarayonini.
Ontologiya nimani o‘rganadi?
Borliq haqidagi masalalarni.
Falsafaning asosiy bo‘limlari qaysilar?
Ontologiya, gnoseologiya, aksiologiya va praksiologiya.
Diniy dunyoqarash nima?
Olam hodisalarini ilohiy kuch bilan bog‘lab tushuntirish.
Mifologik dunyoqarash nima?
Dunyoni afsona va rivoyatlar orqali tushuntiruvchi qarashlar tizimi.
Dunyoqarashning asosiy tarixiy shakllari qaysilar?
Mifologik, diniy va falsafiy.
Falsafiy dunyoqarash nima?
Dunyoni aql va mantiq orqali tushuntiradigan nazariy qarashlar tizimi.
Dunyoqarash nima?
Insonning dunyo va undagi o‘rni haqidagi qarashlari tizimi.
O‘zini birinchi marta faylasuf deb atagan kim?
Pifagor
“Falsafa” so‘zining ma’nosi nima va u qaysi tildan olingan ?
Yunon tilidan olingan bo'lib "donolikni sevish" degan ma'noni anglatadi
Daosizm ta’limotining asoschisi kim?
Daosizm asoschisi Lao-szi hisoblanadi.
Lokayata ta’limotining asosiy g‘oyasi nima?
Dunyo havo, suv, tuproq va olov kabi to‘rt unsurdan tashkil topgan.
Xitoy falsafasiga ko‘ra dunyo nechta unsurdan iborat?
Xitoy falsafasiga ko‘ra dunyo besh unsurdan iborat: olov, suv, yer, daraxt va metall.