Ishonchlilikning asosiy formulasi
Adolatning 5 ta strukturaviy sharti
Zabt (Aniqik)
Anomaliyalar va Taoruz (Ziddiyatlar)
Ziddiyatlarni hal qilish qoidalari
100

Ishonchli roviy maqomiga ega bo'lish uchun qaysi ikki asosiy sifat yig'indisi talab qilinadi?

Adolat va Zabt

100

Adolatning kognitiv asosi hisoblanib, axborotni to'g'ri yetkazish uchun zarur bo'lgan aqliy sobitlik nima? 



Aqli rasolik (Oqillik). 


100

Zabtning kognitiv o'lchami bo'lib, roviyning xotirasi kuchli ekanini ifodalovchi turi qaysi?

Zabt as-Sadr (Xotira quvvati)

100

"Taoruz al-jarh va at-ta’dil" deganda nima tushuniladi?

Bir roviy haqida ulamolarning ham salbiy (jarh), ham ijobiy (ta’dil) baholari mavjud bo'lishi.

100

Agar tanqidchilar (jarh qiluvchilar) soni ozchilik bo'lsa, jarh qabul qilinishi uchun birinchi navbatda nima bajarilishi shart?

Jarh sabablari aniq bayon etilgan bo'lishi kerak (Mubham jarh qabul qilinmaydi)

200

Roviyni qabul qilinadigan (Sahih/Hasan) darajaga ko'taruvchi ijobiy shaxsiy sifatlar majmuasi nima deb ataladi?

Adolat

200

Shariatga xilof bo'lmagan ijtimoiy urf-odatlar va yaxshi xulqlarga rioya qilish sharti nima deyiladi?

Muruvvat

200

Eshitgan narsasini xatolarsiz va o'zgarishlarsiz qog'ozga tushirish qanday nomlanadi?

Zabt al-Kitoba (Yozma aniqlik

200

Jarh (tanqid) qiluvchi va Ta'dil (maqto') qiluvchi muhaddislar soni TENG bo'lsa, qaysi biri ustun olinadi? 


Jarh (tanqid) qabul qilinadi.

200

Muhaddislar nima uchun roviyning kitobdan o'qib berishini xotirasidan aytib berishidan ko'ra xavfsizroq deb bilishgan? 


Chunki kitob tashqi ta'sirlardan va inson xotirasi xatolaridan himoyalangan bo'ladi (Fizik saqlash).

300

Ma’lumotni mukammal egallash, saqlash va istalgan vaqtda nuqsonlarsiz qayta ayta olish malakasi nima deyiladi? 


Zabt

300

Katta gunohlardan tiyilish va kichik gunohlarda bardavom bo'lmaslik (fosiq bo'lmaslik) sifati nima? 


Taqvo

300

Roviyning hadislarini boshqa siqa (ishonchli) ulamolar rivoyatlari bilan solishtirish jarayoni nima deyiladi?

Muvofiqlikni tekshirish

300

Shayx o'zidan hadis naql qilgan talabasini "menga yolg'on gapiryapti" deb inkor etsa, natija qanday bo'ladi? 



 

Hukm: RAD ETILADI.

300

Bir muhaddisning ayni bir roviy haqida ikki xil (ziddiyatli) hukmi bo'lsa, birinchi bo'lib qaysi usul qo'llaniladi?

Jamlash (Sintez) — ikki hukm orasini muvofiqlashtirishga harakat qilinadi.

400

Adolatli ulamolarning biror roviy haqida "u adolatli" deb guvohlik berishi metodologiyada qanday nomlanadi?

Tazkiya

400

Nima uchun balog'atga yetmagan bolalar "adolatli" deb baholanmaydi?

Chunki ular shar'an javobgar hisoblanmaydilar.

400

Imom Buxoriyning Bag'dodda 100 ta hadis bilan sinalishi metodologiyada qanday audit usuliga misol bo'ladi?

Jonli imtihon

400

Agar Shayx ikkilanib, "uni tanimayman" yoki "eslay olmayapman" desa, hadis qabul qilinadimi?

Ha, hukm: QABUL QILINADI.

400

Abu Hanifa yoki Imom Molik kabi "nishon mutlaq ustoz"larga nisbatan bildirilgan ayrim jarhlar nima uchun inobatga olinmaydi?

Chunki ular hamma tarafidan e'tirof etilgan buyuk shaxslardir (ularga nisbatan jarh metodologiyaga zid bo'lishi mumkin).

500

Xatib Bag‘dodiyning fikricha, qanday roviylar boshqa kishining tazkiyasiga (guvohligiga) muhtoj emas?

Adolati va siqaligi (ishonchliligi) ahli ilm orasida mashhur bo'lgan muhaddislar

500

G'ayridinlarning (musulmon bo'lmaganlarning) rivoyati bo'yicha asosiy qoida qanday?

Ularning rivoyati e'tiborga olinmaydi (rivoyat vaqtida musulmon bo'lishi shart).

500

Zabt as-Sadr (yoddan aytib beruvchilar) uchun eng qat'iy va majburiy shart nima?

Eshitgan rivoyatini xohlagan vaqtida aynan (so'zma-so'z yoki ma'nan nuqsonsiz) aytib bera olish malakasi.

500

Fosiq kishi hadis to'qishdan tavba qilsa, uning rivoyati qabul qilinadimi?

Yo'q, hadis to'quvchiniki tavbadan keyin ham rad etiladi (fosiqniki esa tavba bilan qabul qilinishi mumkin).

500

"Kishining yurtdoshlari uni bilguvchiroqdir" degan qoida ziddiyatlarni hal qilishda nima uchun muhim?

Chunki vatandoshlar roviyning botindagi ayb-nuqsonlarini (yashirin illatlarni) boshqalarga qaraganda yaxshiroq biladilar.