Fermer investordan 100 mln so‘m oldi. Kelishuvga ko‘ra, hosilning 30% investor, 70% fermerga. Zarar bo‘lsa investor kapitalni yo‘qotadi, fermer mehnatini.
Mudoraba
Foiz deganda ko‘pchilik bankni o‘ylaydi. Islomiy moliyada esa bu qat’iy taqiqlangan tushuncha
Ribo
Bank mijozning import shartnomasida to‘lovni kafolatlaydi, lekin pul bermaydi — faqat majburiyatni zimmasiga oladi.
Kafolat
Bitim tashqi tomondan savdoga o‘xshaydi, aslida esa foizli qarzni yashiradi
Hiyla
A) Bank 100 mln so‘m berib, 120 mln qaytarishni shart qiladi
B) Bank mijoz so‘ragan tovarni avval o‘zi sotib olib, keyin ustama bilan sotadi
C) Mahsulot turi va sifati noma’lum holda sotiladi
B
Ikki tadbirkor 50 mln va 50 mln qo‘shdi. Foyda 60/40 nisbatda taqsimlanadi. Zarar esa kapital ulushiga ko‘ra
Mushoraka
Shartnomada mahsulot turi noma’lum, miqdori aniq emas, sifati belgilab qo‘yilmagan. Bu qanday muammo?
Gʻarar
Shartnomada vakil faqat bitim tuzadi, foyda yoki zarar unga tegishli emas
Vakolat
Mijoz bankka pul qo‘ydi. Bank bu pulni ishlatishi mumkin, lekin xohlagan payt qaytarishi shart
Qard
A) Pul tikib tasodifiy yutuq kutiladi
B) Investor foydani kafolatlaydi, zarar bo‘lsa ham to‘liq to‘laydi
C) Ikki tomon kapital qo‘shib, foydani kelishuvga ko‘ra, zararni kapital ulushiga ko‘ra bo‘lishadi
C
Bank uy sotib oldi va mijozga 5 yilga ijaraga berdi. Oyma-oy to‘lov qilinadi. Muddat oxirida uy mijozga o‘tadi
Ijara
Qimor o‘yinida pul tikiladi va tasodifga asoslangan yutish kutiladi. Islomiy moliyada bu nima deyiladi?
Maysir
A’zolar badali umumiy fondga tushadi va zarar ko‘rgan ishtirokchiga to‘lanadi. Kompaniya faqat boshqaradi
Takaful
Bir shaxs boshqasining nomidan shartnoma tuzdi, lekin bunga ruxsati yo‘q edi
Fuzuliy
A) Dehqon kelajak hosilini miqdori, sifati va yetkazish vaqti aniq ko‘rsatilgan holda oldindan pul olib sotadi
B) Mahsulot hali mavjud emas va tafsilotlari belgilanmagan holda sotiladi
C) Qarz berilib, ortiqcha qaytarish majburiy shart qilinadi
A
Dehqon 1 tonna bug‘doyni 6 oydan keyin yetkazib berishga rozi bo‘ldi. Xaridor pulni hozir to‘ladi
Salom
Investor aktivga egalik qiladi va daromad ulushiga ega. Bu qimmatli qog‘oz turi obligatsiyaga o‘xshaydi
Sukuk
Ishtirokchilar to‘lovni foyda uchun emas, xayriya niyatida ajratadi
Tabarru
Mijoz bankdan mashina so‘radi. Bank avval o‘zi sotib oldi, keyin ustama bilan mijozga sotdi
Murabaha
A) Bank mijozga pul beradi va belgilangan foiz oladi
B) Bank mijozning loyihasiga kapital qo‘shadi va foyda ulushini oladi
C) Bank qarzni kechiktirgani uchun qo‘shimcha jarima daromadini o‘ziga oladi
B
Quruvchi kompaniya zavod qurishni buyurtma oldi. To‘lov bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, obyekt bitgach topshiriladi
Istisno
Bank yoki moliya tashkiloti narxga ustama qo‘shib sotadi — islomiy savdo usuli
Murabaha
Bank 100 mln so‘m qarz berdi va 120 mln qaytarishni talab qildi
Ribo
Mijoz sug‘urta badalini to‘laydi, zarar ko‘rganlarga fond hisobidan to‘lanadi
Takaful
A) Pul tikib, yutuq tasodif asosida taqsimlanadi
B) Mijoz badal to‘laydi va kompaniya unga kafolatlangan foyda beradi
C) Ishtirokchilar fondga badal qo‘shadi, ortiqcha mablag‘ yil oxirida ularga qaytarilishi mumkin
C