Adabiyotning bosh unsuri … , umuman, …dir.
So’z , til
«konnotatsiya – til birliklari semantikasiga uzual yoki okkozional ravishda kiradigan, nutq sub’ektining borliqni jumlada ifodalashida uning ayni shu borliqqa bo‘lgan hissiy – baholash va stilistik munosabatini ifodalaydigan hamda shu axborotga ko‘ra ekspressiv qimmat kasb etadigan mazmuniy mohiyat»dir. Ushbu ta’rif kimniki ?
V.N.Teliya
Emotsional-ekspressiv so’zlar qanday so’zlar?
To’gri javob =🏆100 =200 (10sekund ichida)
azamat, o‘ktam, qoyilmaqom, so‘lqildoq, boplamoq, olchoq, mal’un, razil, satang, sanqi, asfalasofilin, miyanqi, qoyil, do‘ndirmoq…
Ibn Battuta asarining muallifi kim?
…
Badiiy matndagi ma’nodosh so‘zlar tahlilida, asosan, … jihatga e’tiborni qaratish zarur.
Badiiy matndagi ma’nodosh so‘zlar tahlilida, asosan, ikki jihatga e’tiborni qaratish zarur. Ulardan biri muallifning ikki yoki undan ortiq ma’nodosh so‘zdan ifodalanayotgan mazmun uchun eng maqbul birini tanlashi bo‘lsa, ikkinchisi ayni bir matn tarkibida ikki yoki undan ortiq ma’nodosh birliklarni badiiy tasvir maqsadiga uyg‘un holda qo‘llashi masalasidir.
badiiy tasvir ehtiyojiga ko‘ra ma’nodosh bo‘lmagan so‘zlarni ham matnda xuddi ma’nodosh so‘zlar kabi qo’llash va idrok etish> ushbu qoida qaysi terminga xos?
Konteksual ma’nodoshlik
«Lug‘aviy birlik sifatida frazeologizmlar so‘zlar bilan ham sinonimik munosabatda bo‘la oladi».
Qo’shimcha savol=🏆
Leksik-frazeologik birlik
🏆=300
300 =2
🏆
Tilimizda tovush (yozuvda harfiy) tomoni bir xil bo‘lib, turlicha ma’nolarni ifodalovchi so‘zlar mavjud. Bunday so‘zlar … deb ataladi.
Omonimlar , shakldosh so’zlar stilistikasi
Shakldosh so’zlar necha guruhga bo’linadi?
Tilshunoslikda omonimiyaning uch ko‘rinishi mavjudligi ta’kidlanadi: Omoleksema, omograf va omofonlar.
Turlarining nomi aytilsa =🏆 = 200
Omoleksemaga misol keltiring
qovoq-I (inson a’zosi) – qovoq-II (o‘simlik nomi)
Frazeologik ma’nodoshlik nima, misol keltiring
Voqelikni obrazli tasvirlashda, uni kitobxon ko‘zi o‘ngida aniq va to‘la gavdalantirishda frazeologik iboralarning ma’nodoshligidan keng foydalaniladi. Toqati toq bo‘lmoq – sabr kosasi to‘lmoq, burni ko‘tarilmoq – dimog‘i shishmoq, yaxshi ko‘rmoq – ko‘ngil bermoq, ikki oyog‘ini bir etikka tiqmoq – oyoq tirab olmoq, og‘ziga tolqon solmoq – mum tishlamoq kabilar frazeologik ma’nodoshlikka misol bo‘ladi.
Omograflarga misol keltiring
harfiy jihatdan bir xil bo‘lib talaffuzi har xil bo‘ladi: tom-I (uyning tomi) – tom-II (jild), atlas-I (ipakdan tayyorlangan mato turi) – atlas-II (xarita)
Shakldoshlik iboralarda ham kuzatiladi: …..-I (e’zozlamoq) – ……-II (to‘palon qilmoq), …..-I (ovoz bermoq, ma’qullamoq) – ….-II (urmoq).
Shakldoshlik iboralarda ham kuzatiladi: boshiga ko‘tarmoq-I (e’zozlamoq) – boshiga ko‘tarmoq-II (to‘palon qilmoq), qo‘l ko‘tarmoq-I (ovoz bermoq, ma’qullamoq) – qo‘l ko‘tarmoq-II (urmoq).
Patonim va zid ma’noli so’zlarga misol keltiring.
Ablaq-ablah
Alam-a’lam
AblaqOla-bula, oq-qora chipor, chavkar.
AblahXulq-atvori tuban, yaramas axloqli.
AlamOgʻriq, dard, jismoniy qiynoq; azob, . Alam olmoq- o'ch olmoq.
A'lamShariat qonunlari bilimdoni. Shariat qonun-qoidalari yuzasidan berilgan fatvoni tasdiq yoki rad etuvchi diniy arbob; bosh muftiy.
Qadimni firoq mehnati yo qildi,
Ko‘nglum g'am-u anduh o‘tig'a yoqildi. Holimni sabog'a aytib erdim, ey gul, Bilmon, sanga sharh qilmadi, yo qildi.
Manba https://tafakkur.net/qadimni-firoq-mehnati-yo-qildi/zahiriddin-muhammad-bobur.uz
Mazkur tuyuq "yo qilmadi" so'zlari tajnisiga asoslangan bo'lib, undan quyidagicha ma'no hosil bo'ladi: "To g'am yuki mening qaddimni egmaguniga qadar falak ohlarim o'tidan yonmagan edi. Yorim menga rahm etmadi, bilmaymanki, u o'zgaga ham rahm qilganmi yoki yo'qmi".
Yo rab, ul shahd-u shakar yo labdurur? Yo magar shahd-u shakar yolabdurur? Jonima payvasta novak otqali, G’amza o’qin qoshig’a yolabdurur.
Manba https://tafakkur.net/yo-rab-ul-shahdu-shakar-yo-labdurur/alisher-navoiy.uz
Tuyuq mazmunini quyidagicha izohlash mumkin: «Yo rabbim, bu asalmi, shakarmi, yo labmi? Yo u sanam asal, shakar yalabdimi? Jonimga tinimsiz (payvasta) o’qlar otmoq uchun g’amza (noz-karashma) o’qini qoshiga (qoshning yoyga o’xshashligiga ishora) joylabdimi?» Tuyuqning butun tarovati «yolabdurur» so’zi ifodalagan turli ma’nolar ichiga yashiringan.
Charxi kajraftor elidin yozamen, Chiqmadim hijron qishidin yoza men, Bir meni yorliq bila yod etmas ul, Har necha ul shahg‘a qulluq yozamen.
Manba https://tafakkur.net/charxi-kajraftor-elidin-yozamen/lutfiy.uz
Tuyuq "yoza men" so'zlari tajnisiga asoslangan. Satrlar ketma-ketligi asosida talqin etilganda quyidagicha fikrlar ilgari surilgani ma’lum bo‘ladi: Charxi kajraftor (egri aylanuvchi charx, zamon) elidan noroziman, (Chunki) hijron (ayriliq) qishidan yozga chiqa olmadim. Har qancha u shohga qulluq (iltifotli maktub) yozganim bilan meni bir yorliq (maktub) bilan u yod etmaydi.