A
B
C
D
F
100

Hijriy nechinchi asrning dastlabki o'n yilliklaridan ilk huquqiy maktablar yuzaga kela boshlagan?

Hijriy II asrning

100

Kufa va Basra (Iroq) ilk huquqiy maktabi negizida kim tomonidan qaysi mazhabga asos solindi?

Abu Hanifa tomonidan Hanafiy mazhabiga asos solingan.

100

Hijriy 150-yilda, milodiy 767-yili Falastinning G'azo shahrida tug'ilib hijriy 204-yil milodiy 820-yilda Misrda vafot etgan, yetti yoshida Qur'onni yod olgan, Banu Huzayl qabilasida 10 yil yashagan, hadislarni bir eshitishda yod olgan, Muslim ibn Xolid az-Zaniydan ilm o'rgangan , Fatvo berish darajasiga yetgan mujtahid kim va qaysi mazhab asoschisi?

Imom Shofeiy, Shofeiy mazhabi

100

Hijriy 93-yil milodiy 712-yilda tug'ilgan, hadis ilmida yetuk olim, Imom Avzo‘iy, imom Shofeiy, Yahyo ibn Sa’id larning ustozi hamda Muhammad (a.s.) dafn etilgan shaharda ulov minmayman degan kim edi va qaysi mazhab asoschisi?

Imom Abu Abdulloh Molik ibn Anas ibn Molik ibn Abi Omir al-Asbahiy

 va Molikiy mazhabi asoschisi

100

Hijriy 164-yil milodiy 780-yilda Bag'dodda tug'ilgan, onalari Marvdan, otalari Saraxsdan bo'lgan, hijriy 241-yil  milodiy 855-yilda Bag'dodda vafot etib "Mavzu al-harb" qabristoniga dafn etilgan Abu Hanifaning Abu Yusuf shogirdlaridan tahsil olgan, uch mingta hadis yozgan kim edi va qaysi  mazhab asoschisi?

Imom Ahmad ibn Hanbal, Hanbaliy mazhabi

100

Ahli sunna val jamoaga tegishli bo'lgan ilk huquqiy maktablar nechta va ular qaysilar?

10 ta

1. Мадина ҳуқуқий мактаби,

2. Макка ҳуқуқий мактаби,

3. Басра ҳуқуқий мактаби,

4. Куфа ҳуқуқий мактаби,

5. Шом ҳуқуқий мактаби.

100

Hanafiylik fiqh fani ichida alohida maktab sifatida qachon shakllangan?

VIII asrning oxiri, IX asrning boshida. 

100

Shofeiy usulida qaysi ikki yo‘nalish birlashgan?

“Ahl al-hadis” va “ahl ar-ra’y” hamda “qiyos” tarafdorlari ilmi.

100

Molikiy mazhabi IX-X asrlarda qaysi davlatda keng yoyilgan va g'arbda qaysi nom bilan atalgan?

Adalusiyada, g'arbda "Andalusiya mazhabi" nomi bilan ham tanilgan.

100

Imom Ahmadning hayoti qaysi oqim tarafdorlari davriga to'g'ri kelib qolgan va ularning aqidasi qanday edi?

Mu'taziliylik oqimi tarafdorlari davrida, ularning aqidasiga ko'ra  "Qur'onni maxluq" deb atashgan.

100

Madina maktabi namoyandalaridan kamida uchtasini sanab bering!

Умар ибн Хаттоб, Али ибн Абу Толиб, Абдулло ибн Умар, Зайд ибн Собит, Саид ибн Мусаййиб, Зуҳрий, Яҳё ибн Саид

100

“Ikki imom” nomi bilan mashhur bo‘lgan olimlar kimlar?

Abu Yusuf va Muhammad ibn al-Hasan ash-Shayboniy.

100

OMADINGIZ BOR EKAN

BONUS

100

Hozirda Molikiya mazhabi qayerlarda keng tarqalgan?

Afrika qit'asida, Marokash, Tunis, Jazoir va Liviya shaharlarida.

100

Hanbaliy mazhabiga ko'ra "Iymon" nima degan savolga qanday javob beriladi?

"Iymon qalb bilan tasdiqlash, til bilan iqror etish va badan bilan amal qilishdir"

100

Makka maktabi namoyandalaridan uchtasi kimlar edi?

Абдулло ибн Аббос, Суфён ибн Уяйна, Муслим ибн Холид.

100

IX asr boshlarida hanafiylikni Movarounnahrga olib kelgan shaxs kim?

Abu Hafs Ahmad ibn Hafs Kabir Buxoriy.

100

 Imom Shofeiyning usulul-fiqh bo'yicha yozgan asari qaysi va bu asar nega qaysi ikki nom bilan ataladi?

 "ar-Risola" asari, avval Bag'dodda yozilib so'ngra Misrda tugatilgani uchun ham ko'pchilk ulamolar o'zlarining adabiyotlarida "Yangi Risola" va "Eski Risola" deb ikki manba sifatida qayd qilganlar.

100

Fatvo beruvchida qaysi 7 shartlar topilishi kerak?

1. Islom

2. Aql

3. Balog'at

4. Adolat

5. Ijtihod

6. Fahm-farosatli bo'lmog'i

7. Fatonatli va uyg'oq bo'lmog'i

100

1) Nechinchi asrdan qaysi shaharda Hanbaliy mazhabi mustaqil mazhabga aylangan?

                                                   +

2) Imom Ahmadning Musnad kitobida nech hadisni o'z ichiga oladi ?

1) XII asrdan Saudiya Arabistonida (sababi  IХ асрнинг 2-ярмида араб халифалигида муътазилийларнинг ва илоҳиёт соҳасидаги ҳурфикрлиликнинг таъқиб остига олиниши туфайли ҳанбалийлик таъсири бирмунча кенгайган)

2) 40 mingdan ko'proq hadisni

100

Shom maktabining vakili o'z mazhabining asoschisi kim edi?

Абдураҳмон Авзоъий

100

"Fatvo" so'zining lug'aviy va istilohiy ma'nolarini qanday?

"Fatvo" arabcha so'z bo'lib, "qiyin savolga javob berish", "shariat masalalari yuzasidan fatvo chiqarmoq", "maslahat bermoq", "muftiyning xulosasi" kabi ma'nolarni anglatadi.

Istilohda esa, so'ragan kishiga shar'iy dalil asosida hukmni bayon qilib berish Fatvo deyiladi.

100

Shofeiy kimlardan ilm o‘rgangan?

Molik ibn Anas, Muhammad ash-Shayboniy va Ahmad ibn Hanbaldan. 

100

Fatvo beruvchining sifatlari qanday bo'ladi?

1. Fatvo beruvchi kishi, avvalo Qur'on ilmini yaxshi bilishi, hatto yodlagan bo'lishi kerak, chunki masalaga javob birinchi Qur'ondan olinadi.

2. Payg'ambar alayhissalotu vassalom hadislarini bilishi, ulamolarning fatvo kitoblarini o'qigan bo'lishi, ularda har bir masalada nima deyilganini bilishi lozim.

3. Eng muhim nuqtalardan biri zamonasini, uning urf-odatlarini, odamlarini ijtimoiy va boshqa jihatlarini bilishi zarur.

100

Fatvo so'rash odobi qanday? (kamida 3 tasini sanab bering)

  • Fatvo so‘rovchi odam, avvalo, bilmagan narsasini bilishni va unga amal qilishni niyat qilib so‘rashi kerak.
  • Olimni mot qilish yoki bir olimdan so‘ragan narsasini “qani bu nima der ekan” deb so‘rash odobsizlik hisoblanadi.
  • So‘rovchi odam so‘ragan savoliga javob olgandan keyin shu bilan qanoat qiladi. O‘zi kutgan javobni beradigan odamni qidirib yurmaydi.
  • Yana eng e’tiborli jihatlardan biri – fatvo so‘rovchi faqat o‘z yurtining olimlaridan so‘raydi. Ulamolarning shunday odobi bo‘lganki, ilm talabida shaharma-shahar kezib, bir joyga borganda, u yerning aholisi boshqa mazhabda bo‘lsa va savol so‘rasa, javob bermagan va o‘zlarining olimlaridan so‘rash kerakligini aytgan.
  • Shuningdek, fatvo so‘rovchi kishi fatvo beruvchidan dalil so‘ramaydi.