"Fiqh" so'zi arab tilida qanday ma'nolarni anglatadi va bu so'z bilan bir qatorda qaysi so'zlar ham shu ma'nolarni bildiradi?
Tushinish, idrok etish, anglash.
"Fahm", "ma'rifat", "ilm".
Abu Hanifaning mafkura ya'ni aqoidga bag'ishlangan asari nima deb nomlangan?
"al-Fiqh al-akbar" ya'ni "Katta fiqh"
"Shariat" so'zi arab tilida 2 xil ma'noni anglatadi, ular qaysilar?
1. "suvga olib boruvchi yo'l"
2. "to'g'ri yo'l".
Abu Hanifa fiqhga qanday ta'rif bergan?
Fiqh bu-insonning o'ziga foydali va zararli bo'lgan narsa (norma)larni bilishidir.
Fiqhga Abu Hanifadan keyin Shofeyi qanday ta'rif bergan?
Fiqh bu- aniq (tafsiliy) dalillardan chiqarilgan shariat normalarini o'rganuvchi ilmdir.
Ijmoning sharti - bu ...
barchaning bir ovozdan yoqlashi.
Shofeyi usulul-fiqh bo'yicha qaysi asarni yozgan?
"ar-Risola"
Fiqhiy fatvo berish bilan shug'illangan yoki fatvo bergan sahonbalar soni nechta edi?
Bir yuz qirq nafar.
Islom huquqi manbalari qaysilar?
Qur'on, sunnat, ijmo', qiyos.
Ijmo bu- ...
Odatda, Qur'on va sunnatda aniq ko'rsatma berilmagan huquqiy masalani hal qilishda faqih va mujtahidlarning to'planib, yagona fikrga kelgan holda hukm chiqarish holatidir.
Imom Bazdaviyning aytishicha, fiqhning 3 jihati bor, ular qaysilar?
Birinchisi, shariat hukmlarini o'rganish;
Ikkinchisi, qo'lga kiritilgan bilimlarni o'zlashtirish;
Uchinchisi, o'zlashtirilgan ushbu ilmni amalga tatbiq etishdir.
Qiyosi illat nima?
Qiyosni tan oluvchi olimlar ichida barchalari tarafdan ittifoq qilingan qiyos.
Mujtahidlar davrida asos solinib, rivojlangan sunniylik mazhablari o'z asoschilari nomi bilan nomlangan va ular qaysilar?
Abu Hanifa - hanafiy mazhabi;
Imom Molik - molikiy mazhabi;
Imom Shofeyi - shofeyi mazhabi;
Ahmad ibn Hanbal - hanbaliy mazhabi.
Abu Hanifa mazhabi qayerda paydo bo'lib, shakllandi?
Iroqning markaziy shaharlarida - asosan Kufa va Bag'dodda.
Shar'iy qiyos bu - ...
bir hukmni nas kelmagan voqeaga hukmiga nas kelgan voqeadagi illat tufayli qo'llashga aytiladi.
Samarqandda dastlab ikki yirik hanafiy maktabi shakllandi ular qaysilar ?
Dor al-juzjoniya, Dor al-iyodiya
Abu Muqotil Samarqandiy
Olimlar Abu Hanifaning asaridan kelib chiqqan holda aqoid ilmi va fiqh ilmini qanday atalganligini tahmin qilishgan?
Aqoid ilmini "al-fiqh al-akbar" (katta fiqh), fiqh ilmini "al-fiqh al-asg'ar" (kichik fiqh).
Dor al-juzjoniya maktabining eng mashxur vakili kim ?
Abu Mansur Moturidiy
Ikki oyat bir-biriga qarama-qarshi bo'lib qolsa mujtahid nima qiladi?
Ikki sunnat bir-biriga qarama-qarshi bo'lib qolsachi?
ikki qiyos bir-biriga qarama-qarshi bo'lib qolsa nima qiladi?
Sunnatga yuzlanadi.
Sahoba(r.a)ning so'zlari va sahih qiyosga qaraydi.
Taharriy qiladi va ularning biri bilan amal qiladi.
Abu Hafs Kabiyr Buxoriy Hanafiy fiqhini Imomi A'zamning qaysi shogirdidan o'rgangan ?
Muhammad ibn Hasan Shayboniydan
ilohiy normalar deganda, Qur'on va sunnada kelgan nimalar tushuniladi?
Ahloqiy, e'tiqodiy va huquqiy normalar
Dor al-juzjoniya maktabi nega bunday nom oldi ?
Chunki bu maktabda uchta shunday ismli buyuk ulamolar faoliyat yuritgani uchun.
Abu Sulaymon Muso ibn Sulaymon Juzjoniy
Abu Bakr Ahmad ibn Ishoq ibn Subayh Juzjoniy
Imom Abu Abdulloh ibn Juzjoniy
Ahli sunna val jamoaga tegishli bo'lgan ilk huquqiy maktablar qaysilar?
1. Madina huquqiy maktabi;
2. Makka huquqiy maktabi;
3. Basra huquqiy maktabi;
4. Kufa huquqiy maktabi;
5. Shom huquqiy maktabi.
Fiqh ilmining rivojlanish bosqichlarini sanab bering.
1-bosqich: Payg'ambar davri;
2-bosqich: Sahobiylar davri;
3-bosqich: Tobein davri;
4-bosqich: Mujtahidlar davri;
5-bosqich: Muharrijlar davri;
6-bosqich: Muqallidlar, ya'ni taqlid qiluvchilar davri.