A
B
D
E
F
100

Fiqh ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida uchraydigan qaysi masalalarni qamrab oladi?(Kamida beshta)

Ibodat, qarz, nikoh, savdo-sotiq, taloq meros, sud-huquq, jamoat tartibi, axloqiy meʼyorlar 

100

"Fiqh" soʻzining lugʻaviy maʼnosi qanday?

"anglash", "fahmlash", "chuqur tushunish"

100

"Fiqh" soʻzining istelohiy maʼnosi qanday taʼriflanadi?

"Fiqh aniq sharʼiy dalillar asosida farʼiy (amaliy) hukmlarni bilish va chiqarib olish ilmi" - deb bayon qilinadi.

100

Fiqhiy hukm chiqarishda qaysi ikki usullar ham muhim oʻrin tutadi va ular.......doirasida oʻrganiladi?

Ijmo va qiyos, usul al-fiqh

100

"Farʼiy amaliy hukmlar" qanday masalalarni oʻrganadi? (Batafsil maʼlumot bering)

Eʼtiqodiy masalalardan (aqida) farqli ravishda amal bilan bogʻliq hukmlar boʻlib, ular ibodat, (namoz, eza, zakot, haj), muomalat ( oldi-berdi, qarz, shartnomalar), oila masalalari, jinoyat va jazo, meros kabi amaliy sohalarni qamrab oladi.

200

Islom huquqshunosligi (fiqh) fanining asosiy tushunchalaridan biri - qanday nomlanadi?

Shariat 

200

"Shariat" soʻzining maʼnosi qanday?

1."Suvga olib boradigan yoʻl"

2."Toʻgʻri yoʻl, qonun-qoida, ilohiy tartib"

200

"Shariat" bilan "Fiqh" ni bir biridan farqi qanday?

Shariat Alloh tomonidan belgilangan ilohiy koʻrsatmalar majmui, fiqh esa shariat dalillarini inson tushunishi , sharhlashi va amaliy masalalarga tatbiq etishi natijasida shakllangan ilm hisoblanadi.

200

Fiqh tarkibiga kiruvchi normalar (hukmlar) mazmuni va dalillarning qatʼiylik darajasiga koʻra oddatda nechta   asosiy turga ajratiladi va ular qaysilar?

Ikki asosiy turga, Qatʼiy dalillar (dalil qatʼiy) , zonniy dalillar ( dalil zanni) 

200

Islom huquqining tarixiy shakllanishi nechanchi yil bilan bogʻliq?

hijrat 622-yil

300

Islom huquqshunosligida fiqhiy bilimlar ikki asosiy yoʻnalishda tizimlashtiriladi ular qaysilar?

Usul al-fiqh va furu al-fiqh

300

"Usul" va "furu" ming bir biridan farqini tushuntirib bering!

"Usul" hukmni chiqarish metodologiyasi va dalil bilan ishlash qoidalarini belgilasa, "furu" ana shu metodologiya asosida chiqarilgan amaliy hukmlar majmuasini ifodalaydi, Usulni "asos", "furu" ni esa "tarmoq deb talqin qilish mumkin. Usul nazariy poydevor, furuʼ esa amaliy natijasidir.

300

"Usul al-fiqh" fiqhning ilmiy nazariy asosini toʻliq tushuntirib bering!

Shariat manbalaridan (Qurʼon sunnat ijmo, qiyos va boshqa dalillar) hukm chiqarish tartibi , dalillardan maʼno anglash usullari va ijtihod oʻng ilmiy mezonlarini oʻrganuvchi ilm 

300

Rosululloh s.a.v kimni Yamanga qozi qilib yuborar ekanlar , undan hukm chiqarish tartibini soʻraganlarida avval Qurʼon, soʻng sunnat, undan keyin esa ijtihod qilishini bildirgan. Mazkur rivoyat usul tartibining dastlabki shakli sifatida koʻp zikr qilinadi

Muoz ibn Jabal

300

"Furuʼ al-fiqh" ni toʻliq tushuntirib bering!

Usul qoidalari orqali chiqarilgan amaliy fiqhiy hukmlar majmuasi boʻlib, musulmonning ibodatlari va ijtimoiy munosabatlariga taalluqli masalalarni qamrab oladi.

400

"Qiyos" soʻzining ikki lugʻaviy maʼnosi qanday?

1. Bir narsani oʻziga oʻxshashga solishtirish 

2. Bir narsani uning oʻxshashiga tenglashtirish 

400

"Ijmoʼ" soʻzining lugʻaviy va istelohiy maʼnolari qanday?

Lugʻatda " bir ishga azmi qaror qilish" , "Ittifoq qilish" maʼnosini anglatadi, istelohda esa "Paygʻambar Muhammad s.a.v vafotlaridan keyin muayyan bir davlat (asr)dagi mujtahid olimlarning bir sharʼiy masala hukmi borasida bir fikrga kelib Ittifoq qilishi" ijmoʼ deyiladi.

400

"Istehson" soʻzining lugʻaviy va istelohiy maʼnosi qanday?

Lugʻatda " bir narsani yaxshi deb bilish".

Istelohda " Mujtahidning muayyan masalada umumiy qiyos (ochiq qiyos) natijasida kuchliroq dalil yoki zarurat , ehtiyoj, adolat va qulaylik kabi omillarga tayangan holda istisno tarzidagi yechimni tanlashi" istehson deyiladi. Boshqacha aytganda, istehson- quyoshni inkor etish emas, balki qiyos doirasida adolat va maqsadga muvofiqlikni kuchaytiruvchi metodi hisoblanadi.

400

"Urf" soʻzining lugʻaviy va istelohiy maʼnosi qanday?

Lugʻatda "tanilgan , maʼlum boʻlgan narsa" .

Istelohda esa urf "Jamiyat orasida keng tarqalib , odat tusiga kirgan va sogʻlom tabiat hamda aql tomonidan qabul qilinadigan amaliyot yoki ibora" .

400

"Maslahatul mursala" iborasining maʼnosi qanday?

"Erkin ( muayyan matnga bogʻlanmagan) manfaat" maʼnosini anglatadi, Usul al-fiqhda " Muayyan masalada uni aniq buyuradigan yoki qatʼiy man etadigan maxsus dalil boʻlmagan holda , shariatning maqsadlari va prinsiplariga zid kelmaydigan , jamiyat uchun mafaat keltiradigan va zararlarni keltirmaydigan yechimni huquqiy asos sifatida eʼtiborga olish " maslahatul mursala deyiladi.

500

Usul al-fiqh boʻyicha "Risola" kitobi kimga tegishli 

Imom Muhammad ibn Idris Shofiiy

500

"Maoxiz ash-sharoyi" kitobini kim yozgan?

Abu Mansur Moturidiy 

500

"Usul al-Jassos" kitobini kim yozgan?

Ali Jassos Roziy 

500

"Fiqh al-akbar" (katta fiqh) da qaysi masalalar yoritilgan?

Eʼtiqod masalalarini anglashda

500

"Fiqh al-akbar" (kichik fiqh) da qaysi masalalar yoritilgan?

Amaliy-huquqiy