10 sonining 40 foizi nechaga teng?
4
40 sonining 60 foizi nechaga teng?
24
20 sonini 50 foizini toping?
10
30 soni 60 foizi nechaga teng?
18
80 sonini 40 foizi nechaga teng?
32
Rufatbek olmani yarmisini yedi. Rufatbek olmani necha foizini yegan?
50 foizini
Shahodat tortni chorak qismini yedi. Shahodat tortni necha foizini yegan?
25 foizini
Husniddin o'z tug'ilgan kuniga olib kelingan tortni to'rtdan bir qismini yedi. Tortni necha foizi qolgan?
75 foizi
Masharifboyda 5 ta olma bor edi. U olmalaridan 3 tasini yedi. Masharifboyda olmalarni necha foizi qoldi?
40 foizi
Kumushoyda 10 ta somsa bor edi. U dugonasi Muhayyoga 3 ta somsa berdi. Kumushoyda somsalarni necha foizi qolgan?
70 foizi
Xonadagi shamni uzunligi 20 santimetr. Agar bir soatda 1 santimetr yonib tugasa, 6 soatdan keyin shamning necha foizi qoladi?
70 foizi
Farrux Xivada Urganchga qarab yo'lga chiqdi. Xiva va Urganch shaharlari orasidagi masofa 25 kilometr. U 3 soatda 15 kilometr masofani bosib o'tdi. U yana necha foiz masofani bosib o'tishi kerak?
40 foiz
Samira 200 sahifalik kitobni 80 sahifasini o'qib tugatdi. Samira kitobni o'qib tugatishi uchun yana necha foiz kitobni o'qishi kerak?
60 foizini
Sardorbek pitsani 8 bo'lakka bo'ldi va bir bo'lakini Bobomurodjonga berdi, yana bir bo'lakini Murodaliga berdi. Sardorbekda pitsani necha foizi qoldi?
75 foiz
Ustalar balandligi 100 metr bo'lishi kerak bo'lgan minorani 42 metrini qurib bitkazishdi. Minorani necha foizi qurib bitkazilmagan?
58 foizi