Fuqarolik huquqi tushunchasi, xususiyatlari va boshqa huquq sohalari bilan aloqadorligi
Fuqarolik huquqi tamoyillari
Fuqarolik huquqi funksiyalari va tizimi
Fuqarolik huquqi manbalari
Fuqarolik-huquqiy normalarini sharhlash
100

Fuqarolik huquqi nima?

Fuqarolik huquqi - huquqiy jihatdan tenglikka, mulkiy jihatdan mustaqillikka va erk muxtoriyatiga asoslangan subyektlar o'rtasidagi mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladigan hamda mustahkamlaydigan normalar yig'indisi.

100

Fuqarolik huquqi tamoyillarini sanab bering. (kamida 6 ta)

ishtirokchilarning tengligi, mulk daxlsizligi, shartnomalar erkinligi, xususiy ishlarga biron-bir kishining o'zboshimchalik bilan aralashishga yo'l qo'yilmasligi, fuqarolik huquqlarining to'sqinliksiz amalga oshirilishi, buzilgan fuqarolik huquqlarining tiklanishi, fuqarolik huquqlarining sud orqali himoya qilinishi, tovarlar xizmatlar va moliyaviy mablag'larni O'zbekiston Respublikasi butu hududida erkin harakatlanishi.

100

Fuqarolik huquqining asosiy funksiyalari nimalar?

tartibga solish va muhofaza qilish

100

Fuqarolik huquqi manbalari deganda nima tushuniladi?

fuqarolik huquqi manbalari deganda, fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy xaraklterdagi normativ-huquqiy hujjatlar yoxud huquqiy bo'lmagan xarakterdagi ijtimoiy normalar tizimi tushuniladi.

100

fuqarolik huquqiy normalarni tatbiq etish deganda nima tushuniladi?

huquqiy normalarni tatbiq etish deganda, konkret fuqarolik huquqiy munosabatlarning tegishli huquq normasiga muvofiq holda tashkil qilinishi va bu munosabat yuzasidan taraflar uchun majburiy kuchga ega bo'lgan qaror qabul qilinishi tushuniladi.

200

Fuqarolik huquqining predmetlarini sanab bering.

Fuqarolik huquqi pedmetlari - mulkiy munsabatlar, shaxsiy nomulkiy munosabatlar, tashkiliy huquqiy mazmundagi korporativ munosabatlar.

200

...-fuqarolik huquqi subyektlari shartnoma tuzishda erkinligini belgilab qo'yilgan.

shartnomalar erkinligi

200

Fuqarolik kodeksi tizimidan kelib chiqqan holda fuqarolik huquqi sohalarini sanab bering. (kamida uchta)

mulk huquqi va boshqa ashyoviy hquuqlar, majburiyat huquqi, intellektual mulk huquqi, vorislik huquqi

200

"Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida"gi qonunning 6-moddasiga ko'ra, normativ huquqiy hujjatlar qanday turlarga bo'linadi?

7 ta

200

Fuqarolik huquqi normalarini sharhlovchi subyektlar ... bo'linadi.

rasmiy va noramiy sharh beruvchilarga bo'linadi.

300

Fuqarolik munosabati ishtirokchilarini sanab bering.

Fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat

300

konstitutsiyamizning 67-moddasining 3 -qismida belgilab qo'yilgan fuqarolik huquqi tamoyili qaysi?

tovarlar xizmatlar va moliyaviy mablag'larni O'zbekiston Respublikasi bo'ylab erkin harakatlanishi

300

... deganda muayyan turdagi bir-biri bilan bog'liq ijtimoiy munosabatlar guruhini tartibga soluvchi normalar yig'indisi tushuniladi. 

huquq instituti

300

fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi manbalar qanday tizimlarga bo'linadi?

huquqiy va huquqiy bo'lmagan manbalar

300

huquq normalari o'zining ta'sir kuchiga qarab qanday turlarga bo'linadi? (+bonus savol)

imperativ va dispozitiv

400

Fuqarolik qonunchiligi qanday hollarda qo'llanilmaydi?

oilaviy munosabatlarga, mehnat munosabatlariga va tabiiy resurslardan foydalanish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish munosabatlariga nisbatan fuqarolik qonunchiligi bu munossabatlar maxsus qonunlar bilan tartibga solinmagan bo'lsa

400

Ushbu tamoyilning mohiyati erk muxtoriyatida namoyon bo'ladi. Fuqarolik huquqini subyektlari erk-irodasinining har qanday tajovvuzlardan himoya qilinishi, ularni o'z xohishlari, o'z maqsadlari, manfaatlarini ko'zlab fuqarolik-huquqiy munosabatlarga kirishishlari, o'zlari uchun maaqbul shartnoma va bitimlar tuzishlari, ularning oqibatlaridan bahramand bo'lishlari qonun bilan kafolatlangan. qaysi tamoyil haqida gapirilgan?

Fuqarolar va yuridik shaxslar o'z fuqarolik huquqlariga, o'z erklariga muvofiq ega bo'ladilar va bu huquqlarni o'z manfaatlariga ko'zlab amalga oshiradilar.

400

fuqarolik huquqi huquqbuzarliklarni jazolashdan ko'ra ko'proq odatdagi o'zaro mulkiy munosabatlarni tashkil etish bilan shug'ullanadi. Qaysi funksiyasi haqida gapirilgan?

tartibga solish

400

Fuqarolik huquqi manbalar tizimini sanab being.

1. Konstitutsiya, 2. fuqarolik qonun hujjatlari, 3. qonunosti hujjatlari,4. xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsip va normalari, O'zbekiston ishtirok etgan shartnoma va bitimlar, 5.ish muomalasi odatlari, mahalliy odat va an'analar, 6.yuridik shaxs lokal hujjatlari

400

huquq normalarini sharhlash turlarini sanab bering. (5 ta) Ulardan istalgan iktasini izohlab bering

norasmiy, grammatik, mantiqiy, tizimli, tarixiy

500

Fuqarolik qonunchiligi qanday munosabatlarni tartibga soladi?

1. fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini vujudga kelish asoslari hamda amalga oshirish bilan bog'liq munosabatlar.

500

Uning mohiyati shundaki, fuqarolik-huquqiy munosabta ishtirokchilari bu munosabatlarda mustaqil mustaqil, o'z xohishlariga ko'ra qatnashadi va manfaatloariga muvofiq tegishli xatti-harakat qoidalarini tanlab oladi.Qaysi tamoyil haqida gap ketmoqda

dispozitivlik

500

... : umumiy qoidalar, chakana oldi-sotdi, mahsulot yetkazib berish, kontraktatsiya, korxonani sotish, ko'chmas mulkni sotish. Quyida qaysi institut haqida gapirilgan.

oldi-sotdi instituti

500

qanday normalarni analogiya bo'yicha qo'llashga yo'l qo'yilmaydi?

fuqarolik huquqlarini cheklaydigan va javobgarlik belgilaydigan

500

Rasmiy sharh vakolatli bo'lgan hokimyat organlari tomonidan berilib, ma'lum darajada majburiy kuchga ega bo'ladi. Bunday sharhni qaysi davlat organi beradi.

Oliy Majlis