Sud buyrugʻi u berilgandan soʻng qancha muddat oʻtgach qonuniy kuchga kiradi ?
Sud buyrugʻi u berilgandan soʻng oʻn kunlik muddat oʻtgach qonuniy kuchga kiradi.
Chet davlatlar organlarida ish yuritish uchun zarur boʻlgan dalillarni taʼminlash kim tomonidan amalga ?
Notariuslar
Fuqarolik sudining apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasida ishni koʻrish natijalari boʻyicha ..... chiqaradi.
Ajrim
Fuqarolik sudiga buyruq tartibida ish yuritish boʻyicha murojaat qilish qanday tartibda amalga oshiriladi ?
Ariza tartibida
Daʼvogar koʻrsatgan baho talab qilinayotgan mol-mulkning haqiqiy qiymatiga muvofiq kelmasa, bahoni kim belgilaydi ?
Sudya
apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudlariga murojaat etilganda qanday shaklida amalga oshiriladi. (Qaysi hujjat) ?
— shikoyat (protest)
Hal qiluv qarori qabul qilinishining sir tutilishi deganda nimani tushunasiz ?
Hal qiluv qarori sudya tomonidan alohida xonada (maslahatxonada) qabul qilinadi. Hal qiluv qarorini qabul qilish vaqtida boshqa shaxslarning hozir boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Fuqarolik protsessual huquq layoqati va muomala layoqatini tushuntirib bering.
Barcha fuqarolar va tashkilotlarning fuqarolik protsessual huquq va majburiyatlarga ega boʻlish layoqati (huquq layoqati - tug'ilgan zahoti) teng ravishda eʼtirof etiladi.
Muomala layoqati Sudda oʻz huquq va majburiyatlarini amalga oshirish layoqati voyaga yetgan fuqarolar va tashkilotlarga tegishlidir. (18-yosh/emansipatsiya)
Sud buyrugʻi bu....
Sud buyrugʻi nizosiz talablar boʻyicha sud muhokamasi oʻtkazmasdan berilgan sud hujjatidir.
Dalillarni joyida koʻzdan kechirishni tushuntirib bering.
Sudga olib kelish mumkin boʻlmagan ashyoviy, yozma va raqamli dalillar turgan joyida koʻzdan kechiriladi va tekshiriladi. Koʻzdan kechirishni joyida oʻtkazish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi.
Ishga daxldor boʻlmagan javobgarni almashtirish jarayonini tushuntirib bering.
Sud daʼvo boʻyicha javob berishi lozim boʻlmagan shaxsga nisbatan daʼvo taqdim etilganligini aniqlasa, hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar daʼvogarning roziligi bilan ishga daxldor boʻlmagan javobgarni ishga daxldor javobgar bilan almashtirishga yoʻl qoʻyishi mumkin.
Agar daʼvogar javobgarning boshqa shaxs bilan almashtirilishiga rozi boʻlmasa, sud bu shaxsni sherik javobgar sifatida ishga jalb etishi mumkin.
Ishga daxldor boʻlmagan javobgarni almashtirish haqida sud ajrim chiqaradi.
Ishga daxldor boʻlmagan javobgar almashtirilgandan soʻng ishni koʻrish boshidan boshlanadi.
Tarjimon bila turib yolgʻon tarjima qilganlik uchun Oʻzb Res JK ning qaysi moddasiga muvofiq javobgarlikka tortiladi ?
238-modda Yolg'on guvohlik berish
Agar shaxs undan talab qilayotgan yozma dalilni taqdim eta olmasa, qancha vaqt ichida sudni xabardor qilishi shart ?
5-kun ichida
aliment undirish toʻgʻrisidagi daʼvoning bahosi qanday hisoblanadi ?
— bir yillik toʻlovlarning yigʻindisiga qarab;
Qarshi daʼvoni qabul qilish shartlarini ayting.
1) qarshi daʼvo dastlabki daʼvoni qoplashga qaratilgan boʻlsa;
2) qarshi daʼvoning qanoatlantirilishi dastlabki daʼvoning qanoatlantirilishini butunlay yoki qisman istisno etsa;
3) qarshi va dastlabki daʼvo oʻrtasida oʻzaro bogʻlanish mavjud boʻlsa hamda ularni birgalikda koʻrish nizoning tezroq va toʻgʻri koʻrib chiqilishiga yordam bersa.
Qanday toifadagi sud buyruqlari darhol ijro etilishi lozim ?
Aliment undirish va xodimga uch oylik ish haqidan ortiq boʻlmagan ish haqini undirib berish toʻgʻrisidagi sud buyruqlari darhol ijro etilishi lozim.
Dalillarning maqbulligi
Qonun boʻyicha muayyan isbotlash vositalari bilan tasdiqlanishi shart boʻlgan ishning holatlari boshqa hech qanday isbotlash vositalari bilan tasdiqlanishi mumkin emas.
Qanday maʼlumotlar dalil boʻla olmaydi ?
Anonim xatlarda va kelib chiqishi nomaʼlum boʻlgan yoki qonunni buzgan holda olingan boshqa maʼlumotlar dalil boʻla olmaydi.
Protsessual majburlov choralari sanab bering
1) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda majburiy keltirish;
2) ogohlantirish;
3) sud majlisi zalidan chiqarib yuborish;
4) sud jarimasi.
Komissiyaviy ekspertiza va Kompleks ekspertizaning farqli jihatarini tushuntirib bering.
Komissiyaviy ekspertiza oʻtkazilayotganda ekspertlarning har biri tekshirishlarni toʻliq hajmda oʻtkazadi va ular olingan natijalarni birgalikda tahlil qiladi. Ekspertlar umumiy fikrga kelganidan soʻng birgalikdagi xulosani yoki xulosa berishning imkoni yoʻqligi toʻgʻrisidagi dalolatnomani tuzadi va imzolaydi.
Kompleks ekspertiza ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni turli bilim sohalaridan foydalangan holda bir nechta tekshirish oʻtkazish yoʻli bilangina aniqlash mumkin boʻlgan hollarda tayinlanadi.
Prokuror yoki advokatning sud majlisiga uzrsiz sabablar bilan kelmaganligi qanday oqibatni yuzaga chiqaradi ?
Prokuror yoki advokatning uzrsiz sabablar bilan kelmaganligi toʻgʻrisida sud xususiy ajrim chiqaradi, bu haqda tegishincha yuqori turuvchi prokurorga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga maʼlum qiladi.
qaysi ishlar yigirma kundan kechiktirmay birinchi instansiya sudi tomonidan koʻrilishi kerak ?
Aliment undirish haqidagi, mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi, shuningdek boquvchisining vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi ishlar hamda mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar boʻyicha ishlar sud muhokamasiga tayyorlab boʻlingan kundan eʼtiboran yigirma kundan kechiktirmay birinchi instansiya sudi tomonidan koʻrilishi kerak.
Oʻzaro bogʻliq bir nechta talabning sudga taalluqliligi deganda nimani tushunasiz ?
Oʻzaro bogʻliq boʻlib, baʼzilari fuqarolik ishlari boʻyicha sudga, baʼzilari esa iqtisodiy sudga taalluqli boʻlgan bir nechta talab birlashtirilganda, barcha talablar fuqarolik ishlari boʻyicha sudda koʻrilishi kerak.
Oʻzaro bogʻliq boʻlgan, baʼzilari fuqarolik ishlari boʻyicha sudga, baʼzilari esa maʼmuriy sudga taalluqli boʻlgan bir nechta talabni birlashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qoʻshimcha va qayta ekspertizaning farqini tushuntiring.
Qoʻshimcha ekspertiza ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasidagi boʻshliqlar oʻrnini toʻldirish uchun tayinlanadi va shu yoki boshqa ekspert (ekspertlar komissiyasi) tomonidan oʻtkaziladi.
Ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi asoslantirilmaganda yoki uning toʻgʻriligiga shubha tugʻilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki ekspertizani oʻtkazishning protsessual qoidalari jiddiy ravishda buzilganda qayta ekspertiza tayinlanadi.
Sudyani rad qilish asoslarini sanab bering
1) shu ish ilgari koʻrilganida sudya sifatida ishtirok etgan boʻlsa va ushbu Kodeks talablariga muvofiq ishni koʻrishda takror ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmasa;
2) ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʻlsa yoxud uning xolisligi va begʻarazligiga shubha tugʻdiradigan boshqa holatlar mavjud boʻlsa;
3) shu ish ilgari koʻrilganida hakamlik sudining sudyasi, prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon, sud majlisining kotibi, guvoh va vakil sifatida ishtirok etgan boʻlsa;
4) taraf yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning qarindoshi boʻlsa;
5) ishni koʻrayotgan hayʼat tarkibiga kiruvchi sudyaning qarindoshi boʻlsa.