MAVZULAR 1
MAVZULAR 2
ZAKOVAT-RING
ARALASH-MIKS
10

Morfologik ko`rinishi bo`yicha pnevmoniya turlari?

(5 ta)

1.o`choqli 2.segmentar 3.o`choqlar qo`shilishi 4.krupoz  5.intersitsial.

10

Revmatik jarayon rivojlanishida nechta davr ajratiladi va qaysilar?

3 ta : yashirin, revmatik ataka, immunologik buzilishlar ortishi va distrofik jarayon progressivlanishi.

10

Amerika shifokorlari televizorning insonlarga salbiy tasiri to`g`risida tajriba o`tkazdi.Aniqlanishicha TV yonida ko`p o`tirish ko`z kasalliklarini keltirib chiqaradi. Yana ular bu holat boshqa bir mintaqaga xos kasallikni ham keltirib chiqarishi mumkinligini aniqlashdi. BU QAYSI KASALLIK? 

 

SEMIZLIK!!!

10

Bronxial astma og`irlik pog`onalari nechta ?

4 ta

20

Mycoplasma pneumonia mikroorganizmlar alohida turiga mansub, 150-200 nm o`lchamda. RNK va DNK dan tuzilgan qo`zg`atuvchi ..... ajratadi

b-gemolizin toksini

20

Shifoxonaga revmatoid artrit bn og`rigan bemor murojaat qildi. SHIK: bo`g`imlarda kuchsiz og`riq, qisqa ertalabki lanjlik 30 daqiqagacha, ECHT - 19 mm/s. Kasallikning qaysi faollik darajasi haqida TAHMIN qilish mumkin.

1 faollik darajasidagi bemor

20

Alibek Anvariyning fikricha yuqori darajada she`r yozishni uddalagan ijodkor hikoya , roman yoki pyesa ham yoza oladi. Biroq, nasriy janrlarda ijod qilib yurgan inson she`r yozib ketishi mushkul. Bu holatda u she`rni odamdagi .... ga qiyoslaydi (uning ajoyib xususiyati tufayli) . U nima va javobingizni izohlang.  

ODAMDAGI 1-QON GURUHI. (UNIVERSAL DONORLIK XUSUSIYATI.)

20

Kesson kasalligi- bu yuqori bosim natijasida inson organizmida yuzaga keladigan o`tkir shikastlanishdir.Bunda atmosfera bosimi keskin o`zgarishi natijasida inson tanasida tom ma`noda "G`AZABI QO`ZG`AYDI". SAVOL : Almashtirilgan so`zlarni to`g`irlang. ( ikki so`z ham bir xil harfdan boshlanadi)

QONI QAYNAYDI

30

Intersitsial pnevmoniyaga chalingan bemorlarda o`pka zararlanish bosqichlari : arteriolalar tarqalgan spazmi, mahalliy trombogemorragik sindrom, mikroatelektazga olib keluvchi surfaktant tanqisligi.

mos ravishda: 1 2 3

30

.... sindromiga- ko`pincha oyoqlar bosh barmog`ining yallig`lanishi va "sosiskasimon" deformatsiya xarkterli.

"pillapoya" simptomi ham tegishli

REYTER SINDROMI 

30

METYU PERRI jarohatidan to`liq tuzalmagan bo`lsada "do`stlar"  serialidagi sarkazmga usta qahramon -Chandler Bing rolini ijro etishda davom etgan. Malumotlarga qaraganda Perri "U"ni  kuniga 55 marotaba istemol qilishga ham majbur bo`lgan. "U" ni aniq NOMINI yozib bering( Yordam: uni doktor xaus  serialida ham Xaus ko`p istemol qilgan)

VIKODIN
30

17 asrda qaroqchilik kemalari sayohat davomida olingan jarohatlar ,uzilgan qo`l yoki yo`qotilgan ko`z uchun tovon puli to`lashgan. Sem Kenning yozishicha qaroqchilar o`sha paytdayoq "UNGA " ega edilar. 

savol: "U" nima edi (zamonaviy tilimizda)

TIBBIY SUG`URTA

40

1986 yili Tayvan shahrida qaysi  pnevmoniya qo`zg`atuvchisi bn kasallangan bolalar aniqlangan?

U pnevmoniyaning qaysi klinik shaklini chaqiradi. 

chlamydia pneumonia. 

atipik pnevmoniya chaqiradi

40

o`tkir revmatik isitma asosini #... ... fenomeni# - streptokokk infeksiya va odam azolari toqimasi komponentlari o`rtasidagi immun javob tashkil qiladi.

(2 ta so`z)

antigen mimikriya

40

O`zbekistonda 20 asr 70-yillari oxirlaridan "paxta yakka hokimligi " natijasida yuzaga kelgan ekologik o`zgarishlar va ko`p miqdorda ishlatilgan pestitsidlar tufayli "ULAR" ga talab ortib ketgan edi. Avaz Oxun hazillarining birida kasalxonada kassaga to`lov qilish uchun "U" ning oldiga borganini aytadi. Ular kimlar?

PULMONOLOGLAR

40

JARIMA BALLINGIZ MUBORAK!!!

SHUNCHAKI OMAD KELMADI XOLOS.....

LEKIN HALI IMKON BOR))) SAVOL ORQALI....

HISOBLASH:
( USTOZ = BALLAR FARQI - JARIMA)

(RAQIB = BALLAR FAQRINING YARMI-JARIMA)


50

10 KXT ga asosan Bronxial Astma shifri:

J45.1 -  QANDAY TURDAGI ASTMA?

NOALLERGIK TURDAGI ASTMA

50

JUDA AJOYIB !!

BONUSLI SAVOL TOPDINGIZ !?

BONUS BALL !!!

LEKIN ALBATTA O`Z SHARTI BILAN.........

(HISOBLASH: BALLAR FARQI YARMI) 

50

Qahva sevimli ichimlik. "321 COFFEE" nomli qahvaxonalar tarmog`i INKLYUZIVLIK( nuqsonli kishilarni jamiyat hayotiga kiritish ) tamoyillari asosida tashkil etilgan va hozirda 50 dan ortiq ishchilari bor.  Qahvaxona nomidagi son "UNGA " ishora qiladi. savol: "U" ni atoqli ot ishlatgan holda tushuntiring

DAUN SINDROMI

"321 COFFEE" ODAMDAGI 21-XROMOSOMANING UCHTA NUSXASI BO`LISHI (trisomiya 21) KASALLIGIGA ISHORA. ISHCHILAR HAM DAUN KASALLIGIGA CHALINGAN.

50

Bilamizki ISLOM dinida ipak matodan kiyim kiyish erkaklarga taqiqlangan. Lekin dinga qattiq amal qilgan bobomiz AMIR TEMUR jangda xos sarkardalarga ipakdan kiyim kiyishga ruxsat bergan ekan.Ipakdagi bir xususiyat o`sha sarkardalarga jang paytida juda qo`l kelgan. Savol: o`sha xususiyatni aniq tushuntiring.

ipak juda pishiq mato. sarkardaga otilgan kamon o`qlari zaharlanadi. o`q ipak bilan tanaga kirib zaharni qonga o`tishini to`xtatgan. tabiblar esa matodan tortib o`qni oson sug`urishgan.