Yoqilgi energetika majmuasi 1
Yoqilg'i energetika majmuasi 2
Geografiya quiz
Zakovat quiz
Muammoli savollar
1

OPEK qanaqa tashkilot ? O'zbekiston unga a'zomi ?

Neft Eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti  , yo'q O'zbekiston a'zo emas

1

 Ustyurt , Surxondaryo , Buxoro-Xiva , Farg'ona , Janubi-G'arbiy Hisor , ushbu nomlar nimani anglatadi

O'zbekistonning NEFT-GAZ mintaqalari !

1

Dunyoning eng uzun nomi hisoblangan ushbu nom Taumatawhakatangihangakoauauotamateaturipukakapikimaungahoronukupokaiwhenuakitanatahu 85 ta harfdan iborat hisoblanadi. Savol bu  joy qaysi davlatda joylashgan ?

Yangi Zelandiyada

1

Bu toponimning  sug'dcha nomi PARSHAVAI bo'lgan,  tojikchada esa uning ma'nosi   "siyob ustidagi joy" deb atalgan  nomdan qisqarib, hozirgi biz bilgan ko'rinishga kelib qolgan

Afrosiyob

1

O'zbekistonda So'ngi yillarda  Yashil energiya manbalariga ( quyosh , shamol , GES ) o'tish ancha jadallashdi ,lekin uning foydalari bilan birga kamchiliklari ham mavjud. Qanday Kamchilik tomonlarini sanab bera olasiz

, Stabil emasligi, resursga, iqlimga ob havoga bog'lanib qolishi, doimiy rekonstruksiya harajatlarining mavjudligi

1

1 kg Toshko'mir yonganda hosil bo'ladigan 7 mln kkal energiya nima deb ataladi ?

SHartli yoqilg'i

1

O'zbekistondagi dastlabki ko"mir koni qaysi edi ?

Angren

1

Dunyodagi  qaysi davlat maydoni hududidagi to'xtovsiz tektonik harakatlar va vulqonlar natijasida hududi har yili 5 cm ga kengaymoqda , ushbu geyzerlar vatani bo'lgan davlat qaysi ?

ISLANDIYA.

1

"Navro'znoma" asarida u hayvonga shunday ta'rif berilgan:"Haq Taolo insonni yuksaltirish va shaytonni past qilish uchun uni yaratgan"Savol:Bu qaysi hayvon?

Ot

1

O‘zbekiston xaritasiga qarasak, deyarli barcha yirik IESlar (Sirdaryo, Navoiy, Toshkent, Tolimarjon) daryo yoki yirik kanallar yoqasida joylashgan. Ular gaz yoki ko‘mir yoqib ishlasa, nega aynan suv bo‘yida qurilgan?

Sovutish tizimi ko'p suv talab qiladi

1

Nima sababdan torf, yonuvchi slanes va qo‘ng‘ir ko‘mir kabi yoqilg‘ilar «mahalliy yoqilg‘i» hisoblanadi va uzoqqa tashilmaydi?

Issiqlik berish quvvati past bo‘lgani uchun ularni uzoq masofaga tashiganda tannarxi keskin qimmatlashib ketadi.

1

Mamlakatimizda yuqori sifatli toshko‘mir qazib olinadigan Sharg‘un va Boysun konlari qaysi viloyatda joylashgan?

Surxandaryo viloyatida

1

Ushbu dengizga tushgan inson suvda suzishni bilmasa ham, suvga hech qachon cho'kib ketmaydi , dengiz bo'ylab istalgancha sayohat qilish mumkin. Savol bu qaysi dengiz ?

 O'lik dengizi  ( Dead Sea)

1

Bu xayvonning bolasi juda kichkina, tuklar bilan o'ralmagan va ko'zi yumuq xolda tug'iladi. Uzunligi 2,5 metrdan ortiq bo'lgan ushbu hayvonning bolasi atigi 3 sm bo'lib tug'iladi .Savol , bu qaysi hayvon turi ?

Kenguru

1

 Toshkent viloyatida Chirchiq daryosida 19 ta GES qurilib yirik kaskad hosil qilingan. Nima uchun xuddi shunday GESlar kaskadini Amudaryo yoki Sirdaryoning quyi oqimida (tekislik qismida) qurib bo‘lmaydi?

Tekislikda daryoning oqim tezligi va tabiiy nishabligi past bo‘ladi; GES ishlashi uchun esa suvning balandlikdan shiddat bilan tushishi talab etiladi.

1

1992-yilda Namangan viloyatida ochilgan neft konini nomi edi ?

Mingbuloq

1

Respublikamizda qazib olinayotgan jami ko‘mirning qariyb 97,4 foizini qaysi turdagi ko‘mir tashkil etadi?

Qo'ng'ir Ko'mir

1

Eng sifatli eng kam tutun va eng ko'p issiqlik chiqaruvchi   va tabiatda kam tarqalgan ko'mir turi qays ?

ANTRATSIT ( Anthracite )