"Biznes" so'zi qaysi inglizcha so'zdan kelib chiqqan?
Javob: "busy" (band bo'lmoq) Biznes inglizcha "busy" — band bo'lmoq so'zidan kelib chiqqan tijorat faoliyati tushunchasidir.
B2C nima degani?
Javob: Biznes-Iste'molchi (Business-to-Consumer) Kompaniyalar tovar va xizmatlarini yakka tartibdagi iste'molchilar bilan ishlashga yo'naltirilgan bo'lim.
"Korporatsiya" so'zi qaysi tildan olingan?
Javob: Lotincha — "corporatio" (birlashma, uyushma, hamjamiyat) XX-asr o'rtalarida paydo bo'lgan, hozirgi bozor iqtisodiyotida asosiy mavqega ega tuzilma.
Globallashuvning qaysi shakli mavjud emas?
Javob: Harbiy globallashuv
madaniy, siyosiy, iqtisodiy va ekologik globallashuv.
Marketing asosiy maqsadi nima?
Javob: Bozor sub'yektlarining ko'zlagan marralari (foyda olish yoki talabni qondirish)ga samarali marketing siyosati orqali erishish
Transmilliy korporatsiya (TMK) operatsiyalarining kamida qancha qismi mamlakat tashqarisida amalga oshiriladi?
Javob: 1/4 qismi TMK — xorijiy aktivlarga ega bo'lgan, operatsiyalarining kamida 1/4 qismini mamlakat tashqarisida amalga oshiradigan yirik korporatsiya.
B2B tizimida qanday texnologiyalardan foydalaniladi?
Javob: EDI (Electronic Data Interchange) va XML (eXtensible Markup Language) Kompaniyalar o'rtasida standart elektron ma'lumotlar almashinuvi texnologiyalari qo'llaniladi.
Globallashuv necha bosqichda amalga oshiriladi?
Javob: 2 ta bosqich Makro bosqich (jahon iqtisodiyotining globalizatsiyasi) va mikro bosqich (firmalarning globalizatsiyasi).
Franchayzing munosabatlarida qancha sub'yekt ishtirok etadi?
Javob: 2 ta sub'yekt — franchayzer va franchayzi Franchayzer savdo belgisi va texnologiyani beradi, franchayzi esa undan foydalanish huquqini oladi.
C2C nima?
Javob: Iste'molchi-Iste'molchi (Consumer-to-Consumer) Iste'molchilarning internet orqali bir birlari bilan bo'ladigan muomilalarini o'zida aks ettiradi
Global biznes muhitiga ta'sir etuvchi global kuchlar qaysilar?
Javob: Jahon mehnat bozori, iqtisodiy, texnologik kuch va global raqobat, huquqiy va siyosiy kuchlar Bular global biznes muhitini shakllantiruvchi asosiy kuchlar hisoblanadi.
Transmilliy korporatsiyalarning qaysi xususiyati kamchilik hisoblanadi?
Javob: Mahalliy madaniyat va ananalarni kuchsizlantirish TMK mahalliy jamiyatning uzoq davom etib kelgan qiziqishlariga teskari bo'lgan iste'molchi odatlarini shakllantiradi.
Xalqaro savdoning asosiy muammolari qaysilar?
Javob: Turli xil qonunlar va qonunosti hujjatlar, turli moliyaviy va valyutaviy tizimlar, mahsulotlarning mobilligini yo'qotishi, tranzitdagi risklar, vositachilar zanjirining vujudga kelishi
To'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalar (TTXI) kimlar tomonidan olib kiriladi?
Javob: TMK (Transmilliy korporatsiyalar) tomonidan Bir mamlakatdan boshqa mamlakatga TMK tomonidan olib kiriladigan investitsiyalar.
Biznesni tashkil etishda tovarlarni sotish qanday amalga oshiriladi?
Javob: Kerakli vaqtda, kerakli miqdorda, kerakli sifatda, yuqori samara hamda foyda evaziga