Nechanchi asrlarga kelib Arablarning aholisi koʻpayadi?
VI–VII. Asrlarda
Koʻchmanchi arablar nima deb atalganlar?
Badaviylar (sahroyilar)
Arab qabilalari qayerda yashaganlar?
Arabiston yarimoroli va unga tutash hududlarda.
Muhammad (s.a.v) olti oyligidan kimning tarbiyasiga oʻtadilar?
Halima ismli ayol tarbiyasiga oʻtadilar.
Sunniylik yoʻnalishi tarafdorlari nima deb ataladi?
Ahli sunna val jamoa
Islom tarixchilari Paygʻambarimiz Muhammad(s.a.v) ni nechanchi yilda tugʻilgan deb keltiradilar?
570-yil
Arablarda Yaman soʻzi qanday ma'nolarni bildirgan?
„haq“ , „baxtli“
Makka shahri qanday vazifani bajargan?
Mol ayirboshlash va savdo markazi boʻlgan
Paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v) 6 yoshlarida kimning qaramogʻiga oʻtadilar?
Bobosi Abdulmuttalib.
Arabiston shaharlari va koʻchmanchi qabilalar nechanchi asrda yagona davlatga birlashadi?
VII– asrda
Paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v) nechanchi yilda vafot etadilar?
632-yilda
Arablarda suv saqlaydigan mesh qanday atalgan?
Sanoch
Arablarning aksariyati qaysi dinga sigʻinganlar?
Koʻpxudolik
Paygʻambarimiz Suriyaga boʻlgan sayohatda Suriyaning qaysi shaharlariga borganlar?
Xalab va Damashq
Xavorij soʻzining maʼnosi nima?
Ajralib chiqqanlar
Islom dini manbalarida qayd etilishicha, Muhammad (s.a.v) ga ... yildan boshlab Alloh taolodan oyatlar nozil boʻla boshlaydi.
Nuqtalar oʻrniga kerakli yilni qoʻying.
610
Qur'on soʻzining maʼnosi?
Qiroat, oʻqish
Makkadagi „Ka'ba“ da nimalar saqlangan?
Qabila ilohlari, but va sanamlar.
Paygʻambarimiz necha yil davomida odamlarni Islom diniga daʼvat qilganlar?
23-yil
Oʻzbekistonda qaysi mazhab keng tarqalgan?
Hanafiylik mazhabi
Muhammad (s.a.v) nechanchi yilda Makka shahrini jangsiz egallaydilar?
630-yilda
Rasululloh soʻzining maʼnosi?
Allohning elchisi
Arablar ... tilli xalqlardan boʻlib, bu til oilasida arablardan tashqari yahudiylar, ossuriylar, finikiyaliklar va oromiylar ham soʻzlashganlar.
Nuqtalar oʻrnini toʻldiring.
somiy (semit)
12 yoshlarida Muhammad (s.a.v) bir muddat ... ning chorasini boqadilar.
Nuqtalar oʻrnini toʻldiring.
Abu Tolib
Islom dini 5 ta asosga ega shularni sanab bering.
1) Allohning birligiga, Muhammad (s.a.v) Uning paygʻambari ekaniga iymon keltirish.
2)Aqlan sogʻlom va voyaga yetgan musulmonning 5 vaqt namoz oʻqishi.
3)Aqlan sogʻlom va voyaga yetgan kishining 1 oy roʻza tutishi
4) Moli nisob (shariat tomonidan belgilangan miqdor)ga yetgan kishining zakot berishi.
5) yoʻliga va puliga qodir boʻlsa, haj qilish.