Halol sertifikati odatda qancha muddatga beriladi?
Javob: 1 yilga.
Halol sertifikatlashtirish tizimi qaysi sohalarni ham qamrab oladi?
Javob: Diniy talablar, xalqaro savdo va sifat menejmenti.
Halol sertifikatlashtirish tartibi qaysi yilgi VM qarori bilan belgilangan?
Javob: 2025-yil 1-fevraldagi 57-son qarori.
Akkreditatsiya jarayoni qaysi davlat organi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi?
Javob: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan.
Halol sertifikatlashtirishda ustuvor hisoblangan xalqaro standart qaysi?
Javob: SMIIC standartlari.
Javob: SMIIC standartlari.
Halol sertifikat beruvchi muvofiqlikni baholash organlariga misol keltiring.
Javob: O‘zbek-Turk Test Markazi.
Halol sertifikat beruvchi nodavlat tashkilotlardan biri qaysi?
Javob: Halol Dastur markazi.
Hududiy vakolatxonalar qanday vazifani bajaradi?
Javob: Mahsulot va xizmatlarni joyida baholaydi
Halol tizimining iqtisodiy ahamiyatlaridan biri nima?
Javob: Eksport salohiyatini oshirish.
Halol tizimining ijtimoiy ahamiyati nimada?
Javob: Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish.
Akkreditatsiya jarayonida baholash qaysi ISO standartlariga muvofiq amalga oshiriladi
Javob: ISO/IEC 17021 va ISO/IEC 17025.
Halol sertifikatlashtirish jarayonida shariatga muvofiqlikni baholovchi komissiya qanday nomlanadi?
Javob: Fatvo va Shariat ekspertizasi komissiyasi.
Monitoring va audit guruhlarining asosiy vazifasi nima?
Javob: Sertifikat berilganidan keyin mahsulot va xizmatlarni nazorat qilish.
Mahsulot tarkibini ilmiy tahlil qiladigan mutaxassislar kimlar?
Javob: Laboratoriya ekspertlari.
Sertifikatlashtirish organlari faoliyati qaysi normativ hujjatlarga asoslanadi?
Javob: VM qarori, texnik tartibga solish qonuni va SMIIC standartlari.
Halol sertifikatlashtirish jarayonida mahsulot tarkibi qanday tekshiruvlardan o‘tadi?
Javob: Fizik-kimyoviy, mikrobiologik va gigiyenik tekshiruvlardan.
Halol tizimining xalqaro tan olinuvchanligini ta’minlashda qaysi tashkilotlar bilan hamkorlik qilinadi?
Javob: SMIIC, TURKAK va GSO
Halol tekshiruv jarayonida ishlab chiqarishda nimalarning yo‘qligi muhim?
Javob: Alkogol, cho‘chqa mahsulotlari va najosat aralashmalari.
Sertifikat berilgan mahsulotlar qaysi tizim orqali tekshirilishi mumkin?
Javob: QR-kod orqali.
Sertifikatlashtirish organlari qachon favqulodda audit o‘tkazishi mumkin?
Javob: Shikoyat yoki xavfsizlik buzilishi bo‘lsa.
Halol sertifikatlashtirish tizimida texnik infratuzilmaga nimalar kiradi?
Javob: Xalqaro akkreditatsiyaga ega laboratoriyalar va test markazlari.
Sertifikatlashtirish organlari iste’molchilar huquqlarini qanday himoya qiladi?
Javob: Halol belgisi noto‘g‘ri ishlatilsa choralar ko‘radi.
Sertifikatlash natijalari qanday hujjatlar orqali rasmiylashtiriladi?
Javob: Laboratoriya protokollari, audit hisobotlari va ekspert xulosalari.
Akkreditatsiyadan o‘tgan tashkilotlar ro‘yxati qanday taqdim etiladi?
Javob: Jamoatchilik uchun ochiq ro‘yxatda.
Halol sertifikatlashtirish tizimi O‘zbekiston iqtisodiy strategiyasida qanday rol o‘ynaydi?
Javob: Sifatli va diniy me’yorlarga mos mahsulot ishlab chiqarishni rivojlantiradi.