Me'da osti bezi shirasi tarkibi?
Suv, anorganik va organik moddalar, natriy kaliy, kalsiy, magniy kationlar va xlor, sulfat, fosfat anionlar
Kattalarda sutkasiga qancha ichak shirasi ajraladi?
2-3l
Ingichka ichakdagi hazm necha qismdan iborat va qaysilar?
2: bo'shliqdagi va devoroldi hazm
Ingichka ichak harakati qaysi muskullar qisqarishi bilan boradi?
Bo'ylama va halqasimon
Yo‘g‘on ichakda hazm jarayonining asosiy vazifasi nima?
suvning so‘rilishi
elektrolitlarning so‘rilishi
najas massasining shakllanishi
ximusni quyuqlashtirish va chiqarish.
Me'da osti bezi shirasi muhiti?
7.8-8.5 /kuchsiz ishqoriy muhit
Ichak shirasi ajralishini nima tormozlaydi?
Somatostatin
+200
+
Auerbax tuguni nima va vazifasi?
Ritmik avtomatsiyaga ega bo'lgan mienteral nerv tuguni bo'lib ingichka ichakning davriy harakatini ta'minlaydi
Yo‘g‘on ichak shirasi tarkibiga qanday moddalar kiradi?
Yo‘g‘on ichak shirasi tarkibiga quyidagilar kiradi:
shilimshiq modda (mukus)
ko‘chib tushgan epitelial hujayralar
oz miqdorda fermentlar:
peptidazalar
lipaza
amilaza
ishqoriy fosfataza
katepsin
nukleaza
Me'da osti bezi qonga ishlab chiqaradigan 6 moddani nomini ayting
Insulin, glukagon, somatostatin, serotonin, gastrin, PP, gastrin, enkefalin, kallikrenin, VIP
Ichak shirasidagi gidrolitik fermentlarga 6ta misol
Enterokinaza, peptidaza, ishqoriy fozfataza, nukleaza, lipaza, fosfolipaza, amilaza, laktaza, saharaza
Bo'shliqdagi hazmni tushuntirib bering
Ichakka hazm shiralari tarkibida tushgan fermentlar ta'sirida polimerlar oligomerlargacha parchalanishi
Ingichka ichak harakatini boshqaradigan reflekslar
Qizilo'ngach ichak— qo'zg'atuvchi
Rektoenteral— tormozlovchi
Me'da ichak — ikkalasi ham
Yo‘g‘on ichak motorikasining asosiy funksiyalari nimalardan iborat?
Ovqat qoldiqlarini to‘plash (rezervuar vazifasi)
Suv so‘rilishini ta'minlash
Ximusni ichak bo‘ylab harakatlantirish
Najasni shakllantirish
Defekatsiya jarayonini ta'minlash
Pankreatik proenzimlarning aktivlanishini tushuntirib bering
12 b.ichakda ishlab chiqariladigan enterokinaza tasirida tripsinogen tripsinga aylanadi. Tripsin proenzimlarga avtokatalitik ta'sir ko'rsatadi va ular faollashadi
Ichak shirasi ajralishini umumiy va ayrim bezlarda kuchaytiruvchi faktorlar?
Umumiy- GIP, VIP, motilin
Liberkyun va bruner bezlarida enterokrinin va duokrinin
Devoroldi hazmining asosiy belgilari?
ichak burmalaridan vorsinkalar uchiga borgan sari epiteliotsitlarning shira ajratish faolligi kamayib borishi, Vorsinkalar uchida asosan dipeptidlar, asosida esa disaxaridlar fermentlar faolligiga, pardaning shimib olish xossasiga, ingichka ichak harakatiga, bo'shliqdagi hazm jadalligiga, parhezga bog'liq.
Ingichka ichak harakatining gumoral boshqarilishini tushuntirib bering
Serotonin, gistamin, gastrin, motilin, XSK, P moddasi, vazopressin, oksitotsin, bradikinin va boshqalar miotsitlarga bevosita yoki enteral neyronlar orqali ta'sir etib ingichka ichak harakatini kuchaytirad sekretin, VIP, GIP va boshqalarni tormozlaydi.
+400
+
Pankreatik shira ajralishini susaytiradigan 7ta faktorni sanab bering
Jismoniy, aqliy zo'riqish, og'riq, uyqu, simpatik nerv tolalari, GIP, PP, glukagon, kalsitonin, somatostatin, enkefalin
Qachon kam ferment saqlovchi suyuq ichak shirasi ishlab chiqariladi va qachon fermentga boy ichak shirasi ishlab chiqariladi
Mexanik qitiqlansa; Oqsil, yoğ gidrolizidan hosil bo'lgan mahsulotlar, HCl, pankreatik shiralarning shilliq qavatga mahalliy ta'siri
Devoroldi hazmining qanday kechishini tushuntirib bering
Devoroldi hazmi shilliq qavat, shilimshiq qoplama, glikokaliks va mikrovorsinkalar sohasida bo'ladi. Shilimshiq qoplama ichak shilliq qavatida ishlab chiqarilgan shilimshiq modda va ko'chib tushgan ichak epiteliylaridan iborat. Bu qavatda ko'p miqdorda me'da osti bezi va ichak shirasi fermentlari bor. Bu qavat orqali o'tayotgan oziq moddalar ana shu fermentlar ta'siriga uchraydi, glikokaliks yuzasiga ichak bo'shlig'idagi hazm shirasidan shimib olingan fermentlar yordamida oziq moddalar gidrolizga uchraydi. Enterotsitlarning apikal pardasida ichak fermentlari sarflanib turadi va bu erda haqiqiy devoroldi hazmi sodir bo'ladi, oziq moddalar shu pardaga tegib monomerlargacha parchalanadilar.
Ichak harakatini ta'minlovchi tuzilmalar, qayerda joylashishi, ta'sir qiluvchi va boshqaruvchi faktorlar?
Qabul qiluvchi- umumiy öt yo'lining 12 b.i.ka quyiladigan joyida
Uzatib beruvchi- yonbosh ichakda
Parasimpatik ta'sir- kuchaytiruvchi
Simpatik- pasaytiruvchi
Nerv va gumoral mexanizmlar boshqaradi
Defekatsiya refleksining fiziologik mexanizmini tushuntiring.
Defekatsiya — yo‘g‘on ichakdan najasning chiqarilishidir.
Jarayon:
Najas massasi to‘g‘ri ichakka keladi.
To‘g‘ri ichak mexanoretseptorlari qo‘zg‘aladi.
Impulslar orqa miyaning bel-dumg‘aza markazlariga boradi.
Reflektor javob natijasida:
ichki sfinkter bo‘shashadi
peristaltika kuchayadi
Ixtiyoriy bosqichda:
tashqi sfinkter bo‘shashadi
diafragma va qorin muskullari qisqaradi
qorin bo‘shlig‘i bosimi oshadi
Natijada najas tashqariga chiqariladi