Huquqiy munosabatlarning obyektlari nechta va ular qaysilar?
1 Moddiy qadriyatlar
2 nomoddiy qadriyatlar
3 ma'naviy ijod mahsullari
4 huquqiy munosabat ishterokchilarining faoliyat natijalari.
Huquqiy munosabat subyektlari elementlari qanday?
-huquq layoqati
-muomala layoqati
......... shaxslar mustaqil balans va smetaga ega bo'lishi kerak.
Nuqtalar o'rniga so'z qo'ying.Yuridik shaxslar
Huquqiy munosabatlar yuzaga kelishi uchun qanday asoslar bo'lishi lozim?
Moddiy asoslar va yuridik asoslar.
Harakatlar qanday turlarga bo'linadi?
- huquqqa muvofiq
- huquqqa xilof
Prezumpsiyalarni huquqiy mustahkamlanganlik faktiga ko'ra qanday turlarga ajratish mumkin?
- faktik
-qonuniy prezumpsiyalar
- preyuditsiya
Prezumpsiyalarni amal qilish doirasiga ko'ra qanday turlarga ajratish mumkin?
Umumhuquqiy va huquq sohalariga tegishli bo'lgan prezumpsiyalar.
Yuridik faktlar keltirib chiqargan oqibatlariga qarab nechta turga bo'linadi?
3 ta
1 huquqni yaratuvchi
2 huquqni o'zgartiruvchi
3 huquqni bekor qiluvchi faktlarga bo'linadi.
Huquqqa muvofiq harakatlar o'z navbatida nechta va qanday turlarga bo'linadi?
2 ta
1 yuridik akt
2 yuridik xatti-harakat.
Ayni bir yuridik hodisa bir vaqtning o'zida ham huquq yaratuvchi ham huquq bekor qiluvchi fakt bo'lishi mumkunmi?
Ha, bo'lishi mumkin.
Huquqiy vakolatning qanday turlari bor?
-Talab tarzidagi huquqiy vakolat
-O'z xatti-harakatlarini amalga oshirish yuzasidan bo'lgan huquqiy vakolat
-O'zgalarning xatti-harakatiga bo'lgan huquqiy vakolat.
Huquqiy munosabatlar qanday turlarga bo'linadi?
1 Umumiy va aniq;
2 Mutloq va nisbiy;
Huquqiy munosabatlar o'z tuzilishiga ko'ra qanday tarkibiy elementlardan iborat?
1 huquqiy munosabatlarning obyekti
2 huquqiy munosabatlarning subyektlari
3 huquqiy munosabatlarning mazmunini tashkil qiluvchi subyektiv huquq va yuridik majburiyatlar.
Kompleks huquqiy munosabatlar tarkibiga kiruvchi oddiy huquqiy munosabatlardan qanday asoslarga ko'ra farqlanadi?
- vujudga keltiruvchi
- o'zgartiruvchi
- bekor qiluvchi asoslarga ko'ra farqlanadi.
Huquqiy munosabatlar o'z mazmuniga k'ra qanday turlarga ajratiladi?
Tartibga soluvchi(regulyativ) va qo'riqlovchi (negativ) turlarga ajratiladi.
Yuridik faktlar irodani ifodalashiga qarab qanday asosiy guruhlarga bo'linadi?
- yuridik hodisalar
-yuridik harakatlar
Subyektiv yuridik majburiyatlar qanday holatlarda ifodalanadi?
- taqiqlangan xatti-harakatlarni sodir etishdan tiyilish
-muayyan xatti-harakatlarni sodir etish
Yuridik xatti-harakatlar kishilar tomonidan qanday sodir etiladi?
Yuridik xatti-harakatlar kishilar tomonidan huququy oqibatlarga olib kelishini atayin ko'zda tutmagan holda sodir etiladi.
Huquqiy munosabatlarning belgilari?
- ijtimoiy subyektlar o'rtasida yuzaga keladigan muayyan aloqalar
- huquq normalari asosida yuzaga keladi
- irodaviy harakterga ega
- davlat tomonidan qo'riqlanadi va bajarilishi taminlanadi
- muayyan predmet yoki ashyoga yoxud muayyan xizmatga nisbatan yuzaga keladi.
Huquqiy munosabatlarni qanday mezonlar bo'yicha tasniflash mumkin?
1 huquq sohalariga ko'ra
2 mazmuniga ko'ra
3 taraflarning aniqlik darajasiga ko'ra
4 majburiyatlar xarakteriga ko'ra
5 subyektlarga ko'ra
6 ta'sir etish maqsadiga ko'ra
7 genetik va funksional aloqalariga ko'ra
G.F.Shershenevich yuridik majburiyat nima deb savol beradi va unga qanday javob beradi?
bu eng avvalo, ,,o'z irodang chegaralanganligini, o'zganing manfati bilan bog'langanligini anglashdir''
Huquqqa zid harakatlar o'z mazmuni va hususiyatiga ko'ra qanday turlarga bo'linadi?
Jinoiy,ma'muriy,fuqorolik va intizomiy-huquqiy bo'lmagan harakatlarga bo'linadi.
Huquq nazariyasida huquq layoqatining qanday turlari farqlanadi?
Umumiy ,sohaviy va maxsus turlari farqlanadi
Davlat idoralari va nodavlat tashkilotlar qanday hollarda huquqiy munosabatlarning ishterokchisi bo'ladilar?
a) o'zlarining hokimyat yoki qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirish orqali;
b) jamiyat va davlatning ijtimoiy-siyosiy hayotida ishterok etish orqali;
d) xo'jalik va mulkiy munosabat bilan bog'liq faoliyatni amalga oshirish orqali;
Fuqoroviy-huquqiy munosabatlarda jamoaviy subyektlar ........ shaxslar sifatida maydonga chiqadilar.
Nuqtalar o'rniga qanday so'z qo'yilishi kerak?
Yuridik shaxslar