1
2
3
100

Yuridik fakt ta’rifi?

Huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi, o’zgartiruvchi va bekor qiluvchi holatlar

100

Huquqiy munosabatlar tarkibi?

Subyekt, obyekt, subyektiv huquq va yuridik majburiyat

100

Huquqiy munosabatlar ta’rifi?

Shaxslar o’rtasidagi yuridik aloqa bo’lib, bu ularning o’zaro huquq va majburiyatlarida ifodalanadi

200

Prezumpsiya so’zining ma’nosi?

Lotincha so’zdan olingan bo’lib, taxminga asoslangan «faraz» degan ma’noni anglatadi

200

Subyektning sodir etishi lozim bo’lgan xatti-harakat turi nima?

Subyektiv yuridik majburiyat

200

Muayyan subyektga tegishli bo’lgan va faqat uning ixtiyoriga ko’ra amalga oshiriladigan huquq?

Subyektiv huquq

300

Fuqaro yoki yuridik shaxsning o’z harakatlari bilan huquqqa ega bo’lish va o’zi uchun majburiyatlar yaratish qobiliyati?

Muomala layoqati

300

Huquqiy munosabatlar mazmuniga ko’ra qanday tasniflanadi?

Umumiy tartibga soluvchi, nisbiy va qo’riqlovchi

300

Kishilar xohish-irodasiga bog’liq bo’lgan, ularning o’zi sodir qiladigan yoki qilishdan tiyiladigan fakt nima?

Harakat

400

Joriy qonunchilik bilan tan olingan va umummajburiy xarakter kasb etgan, lekin amalda mavjud bo’lmagan holatlar nima deb ataladi?

Huquqdagi fiksiyalar

400

Huquqiy munosabatlar obyektlariga nimalar kiradi?

1. Moddiy qadriyatlar

2. Nomoddiy qadriyatlar

3. Ma’naviy ijod mahsullari

4. Huquqiy munosabat ishtirokchilarining faoliyati natijalari

5. Qimmatbaho qog’oz va hujjatlar

400

Yuridik faktlar keltirib chiqadigan oqibatiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?

1. Huquqni yaratuvchi

2. Huquqni o’zgartiruvchi

3. Huquqni bekor qiluvchi

500

Huquqiy munosabat belgilarini sanab bering

1. Ijtimoiy subyektlar o’rtasida

2. Huquq normalari asosida

3. Irodaviy xarakterga ega

4. Davlat tomonidan qo’riqlanadi

5. Muayyan predmet yoxud xizmatga nisbatan yuzaga keladi

500

Prezumpsiya amal qilish doirasiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?

1. Umumhuquqiy

2. Huquq sohalariga tegishli bo’lgan 

500

Huquqiy munosabatlarning yuzaga kelish asoslari?

1. Moddiy asoslar

2. Yuridik asoslar

3. Tomonlarning huquq va muomala layoqatiga ega bo’lishi

4. Yuridik fakt