Qaytar jarayon deb nimaga aytiladi?
Sistemada jarayon avvaliga bir yo'nalishda, so'ngra unga teskari bo'lgan yo'nalishda sodir bo'lib, u o'zining boshlang'ich holatiga qaytib kelganida tashqi muhitda hech qanday o'zgarish sodir bo'lmasa qaytar jarayon deb ataladi.
Qaytmas jarayon deb nimaga aytiladi?
Sistemada jarayon sodir bo'lib, o'z holatidan chiqarilganda u boshlang'ich holatiga qaytmasa, bunday jarayon qaytmas jarayon deb ataladi.
Adiabatik jarayon deb qanday jarayonga aytiladi?
Issiqlik almashmaydigan qilib izolatsiyalangan sistemadagi jarayon adiabatik jarayon deyiladi.
Tuxumni balandlikdan tashlab yuborishdi. U pastga tomon 3 metr tushganda ham yorilmadi. Buning sababi nimada?
Tuxum 3metrdan balandroq bo'lgan masofadan tashlangan edi.
-100
🔪
Izotermik jarayonda ideal gazga berilgan issiqlik miqdori nimaga sarflanadi?
Ish bajarishga.
-(-Q)=-(Δ U-A) Termodinamikaning birinchi qonunidagi bu tenglamada ishni tashqi kuchlar qilyaptimi yoki gazmi?
A)Gaz.
B)Tashqi kuchlar.
C)Bu tenglama termodinamikaning birinchi qonuniga tegishlimas.
Javob:A
FIK 40% bo'lgan ideal issiqlik mashinasi isitkichdan 20kJ issiqlik oladi. Sovitkichga berilgan issiqlik miqdori qanchaga teng?
Q=12kJ
Yo’llari bor, yurib bo’lmaydi,
Yerlari bor – ekib bo’lmaydi,
yam-yashil o’tloq bor – yulishni iloji yo’q,
Dengiz, daryo ko’llari bor, ammo suvi yo’q.
Bu nima?
Xarita
-200
🗡
Sirt energiyasi deb nimaga aytiladi?
Suyuqlik sirtidagi barcha molekulalarning suyuqlik hajmidagi molekulalarga nisbatan ortiqcha potensial energiyasi sirt energiyasi deb ataladi.
Sirt taranglik kuchini topish formulasi?
F=σ l
Erkin siljiydigan porshenli silindrik idishda 1 atomli gaz bor.Gazga issiqlik miqdori berilishi natijasida gaz tashqi kuchlar ustida 250J ish bajardi.Gazga qanday issiqlik miqdori berilgan?
Q=625J
Juda och qoringa nechta tuxum yeyish mumkin?
1ta
-300
⚔️
Issiqlik dvigatelining ishlash prinsipi?
1.Issiqlik dvigatelida (ichki)energiya mexanik energiyaga aylanadi.
2.Issiqlik dvigatellari turli temperaturali isitkich va sovutkichdan iborat bo'liishi shart.
3.Issiqlik dvigateliningishlashi yoqilg'ining holati o'zgarishining takrorlanuvchi sikllaridan iborat bo'ladi.
Etil spirtining sirt taranglik koeffitsenti nechchiga teng(σ )?
KITOBGA QARASH MUMKIN EMAS!!!
Adolat vazirligi
0,022N/m
Ichki yonuv dvigatelining ishlashini tushuntirib bering?
....
Bu “mashina” umuman harakatlanish uchun mo’ljallanmagan. Ammo agar biz yil bo’yi butun dunyodagi ularning yurgan “yo’li”ni hisoblab chiqsak, ular avtomobil va samolyotlar bosgan masofadan ortib ketadi. Hammamiz ko’rgan va ba’zilarimizda bor bu “mashina” nima ekanligini toping.?
Soat
-400
💣
Sirt taranglik koeffitsenti nimalarga bog'liq?
Suyuqlikning turiga, suyuqlikning temperaturasiga
Ichki yonuv dvigatelidagi yoqilg'i yonadigan silindr 4ta asosiy narsalardan tashkil topgan ular qaysilar?
1.Porshen 2.Tirsakli val 3.Shatun 4.Svecha
Issiqlik dvigatelining har bir tsiklida nechta jarayon qatnashadi?Va ular qaysilar?
1.Adiabatik 2.Izotermik
25 litr suvni atigi bir tomchi u bilan bulg’ash mumkin.
u nima?
Neft
-500
⚰️