Instagram qachon yaratilgan va kim tomonidan?
2010-yil 6-oktabrda Kevin Systrom va Mike Krieger tomonidan yaratilgan.
Telegram kim tomonidan va qachon yaratilgan?
2013-yilda Pavel Durov
Instagram dastlab faqat qaysi qurilmalar uchun mavjud bo‘lgan?
Dastlab faqat iPhone (iOS tizimi) uchun chiqarilgan.
Telegramning asosiy afzalligi nimada?
Kuchli shifrlash (maxfiylik), tezkorlik, va reklamasiz ishlashi
Instagramni qaysi kompaniya sotib olgan va qachon?
Facebook (hozirgi nomi Meta) 2012-yilda 1 milliard dollarga sotib olgan.
Telegramda kanallar va guruhlar o‘rtasidagi farq nima?
Kanal – axborotni bir tomonlama (admin → foydalanuvchi) uzatish uchun
Guruh – barcha a’zolar o‘zaro yozisha oladigan joy
“Reels” funksiyasi nima va qachon ishga tushirilgan?
“Reels” — qisqa videolar joylash imkoniyati bo‘lib, 2020-yilda ishga tushirilgan.
Telegramda bir guruhga maksimal nechta a’zo qo‘shish mumkin?
200,000 tagacha a’zo qo‘shish mumkin (superguruhda).
Instagramdagi “Story” funksiyasi qanday ishlaydi?
“Story” — foydalanuvchi joylashtirgan surat yoki video 24 soat ichida avtomatik yo‘qoladi.
Telegram botlari nima va ular nima vazifa bajaradi?
Botlar — avtomatlashtirilgan dasturlar bo‘lib, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatadi (masalan: test o‘tkazish, ob-havo, tarjima, musiqa topish va boshqalar).