Tavhidiy hayoti
Vazir va olim suhbati asari haqida
Tavhidiy ilmiy faoliyati
O'tilgan mavzular
O'tilgan mavzular2
100

Abu Hayyon Tavhidiyning to‘liq ismi nima?

Abu Hayyon Ahmad ibn Abbos as-Sufiy at-Tavhidiy.

100

Aql va vahiy orasidagi umumiylikni topish g'oyasi qaysi asarida ilgari suriladi? Asarning tarjimasi?

"Al- imta val-muonasa" (Orom va suhbat kitobi)

100

Tavhidiy haqida dastlabki ma’lumot bergan tarixchi kim?

Yoqut Hamaviy

100

"Falsafa - insoniy quvvat yetadigan darajada narsalarning haqiqatini bilish; birinchi falsafa - Haq va uning sifatlarini bilishdir" Ushbu so'zlar egasini toping.

Al-Kindiy

100

"Rasoil ixvon as-Safo" yozishmasi nechta risolani o'z ichiga oladi va ularni nechi qismga ajratadi?

"Rasoil ixvon as-Safo" yozishmasi 52 risolani o'z ichiga oladi va ularni 4 qismga ajratadi.

200

Abu Hayyon Tavhidiy qachon tavallud topganlar? Ta'lim olgan shahri va vafot etgan joy nomi va yili?

Tug'ilgan yili hijriy 310-320, millodiy 922, ta'lim olgan shahri Bag'dod, vafoti hijriy 414, millodiy 1023, Sheroz.

200

“Al-Imta’ val-Mu’onasa” asarining 17-tuni nimaga bag‘ishlangan?

 Aql va vahiy o‘rtasidagi umumiylik va tafovutlarga.

200

Tavhidiyga berilgan laqab? Sababini keltiring.

“Ikkinchi Johiz” laqabi beriladi,  Ibn al-Mukaffa va Johiz an'analarini davom ettirgani uchun ushbu laqab berilgan.

200

Ixvon as- Safoning risolalaridagi asosiy mavzu nima?

Ixvon as- Safoning risolalaridagi asosiy mavzu inson kamoloti masalasidir.

200

... 5 yil davomida Bag'doddagi madrasalardan birida fiqh va kalomdan dars berdi. Nizom ul-mulkning 1092 yilda o'ldirilishi uning dars berish faoliyatidan ko'ngli sovushiga sabab bo'ldi. So'ng so'fiylik tariqatiga kirib, Suriya, Falastin hamda Hijozga safarlar qildi.  Savol: Ushbu ma'lumotlar kim haqida?

G'azolliy 5 yil davomida Bag'doddagi Nizomiyyada  fiqh va kalomdan dars berdi. Nizom ul-mulkning 1092 yilda ismoiliylar tomonidan o'ldirilishi uning dars berish faoliyatidan ko'ngli sovushiga sabab bo'ldi.So'ng so'fiylik tariqatiga kirib, Suriya, Falastin hamda Hijozga safarlar qildi. 

300

" Al- Muqobasat" asarida 972-yilda qaysi shaharda kimning ma'ruzalarida qatnashganligini yozgan?

 Bag'dod shahrida 972-yilda filosof Yahyo ibn Adiyning ma'ruzalarida qatnashgan

300

"Al- imta val mu'anasa" asari nechi kechalik suhbatdan iborat?

Ushbu asar 37 kechadan iborat.

300

Asarlarning tarjimasi:?

1."Al- Muqoyasat" ; 2."Al- ishorat al-ilohiya" ; 3."Al- Basoir vaz- zahoir"

1. (Qiyoslashlar)

2. ( Ilohiy ishoralar)

3. (Ong va xazina)

300

Ushbu nisbalarning egasini toping.

1.Arab falsafasining otasi

2.Ikkinchi muallim

3.Shayx ur-rais

4.Islom sotsiologiyasi otasi

1. Al-Kindiy

2. Al- Farobiy

3. Ibn Sino

4. Movardiy

300

Qaysi qozi " Al- Ahkam as-Sultoniy val Vilayat ad- diniya" asarini yozgan?

Abul Hasan Ali ibn Muhammad al- Basri al Movardiy

400

Kimlarga kotiblik qilgan?

Bag'dod va Rayda Buyidlar saroyida yashab, kotiblik bilan shug'ullangan va 977-yilda Ibn Abbad tomonidan shaxsiy kotib etib tayinlangan.

400

“Al-Imta’ val-Mu’onasa” asarining tuzilishi nimasi bilan “Ming bir kecha”ni eslatadi?

Asar tunlarga bo‘lingan bo‘lib, har bir “tun”da vazir va olim-adib o‘rtasidagi ilmiy suhbatlar bayon qilinadi.

400

Tavhidiy nega “Faylasuflar adibi va adiblar faylasufi” deb atalgan?

 Chunki u falsafiy bilimlarni adabiy uslubda bayon qila olgan hamda adabiyot va falsafani birlashtirgan mutafakkir edi.

400

4dan 400 


Счастливое число)

400

Tavhidiyning ilmiy shakllanishida qaysi ustozlarning o‘rni muhim bo‘lgan?

 Nahvni Abu Sa’id as-Sirofiydan, fiqhni Abu Hamid al-Marvarruziydan, mantiq va falsafani Abu Sulaymon as-Sijistoniy hamda Yahyo ibn Adiydan o‘rgangan.

500

Abu Hayyon Tavhidiy islom va yunon ilmiy merosini uyg‘unlashtirish masalasiga qanday yondashgan?

Tavhidiy yunon falsafasi va musulmon ilmlarini qarama-qarshi qo‘ymasdan, ularning umumiy jihatlarini topishga intilgan. U mantiq, falsafa va diniy bilimlarni bir-birini boyituvchi sohalar deb hisoblagan.

500

“Al-Imta’ val-Mu’onasa” asarida aql va vahiy o‘rtasidagi munosabat qanday talqin qilinadi?

Tavhidiyga ko‘ra, aql ham, vahiy ham Allohning ne’mati hisoblanadi. Ular bir-biriga zid emas, balki insonni haqiqatga yetaklovchi ikki manbadir.

500

Tavhidiyning “Shariat bemorlar uchun, falsafa sog‘lomlar uchun doridir” degan fikri nimani anglatadi?

 Payg'ambarlar bemorlarni o'z kasalliklarini chuqurlashib ketmasligini oldini olib, yana salomatliklariga qaytishlari uchun davolaydilar. Faylasuflar esa kasallik kelishidan avval sog'lomlarga ta'sir qilmasligi uchun ogohlantiradilar.

500

Tavhidiy nazarida aqlning chegarasi nimada?

Aql ko‘p narsani anglay oladi, ammo o‘zidan yuqori bo‘lgan ilohiy haqiqatlarni to‘liq qamrab ololmaydi, bu borada vahiyga ehtiyoj seziladi.

500

Al-Buxoriy va Abu Sulaymonning fikriga ko'rra vahiy nozil qilingan payg'ambarlarning darajalari bir xilmi?

Ал-Бухорийга кўра, ваҳий нозил қилинган пайғамбарларнинг даражалари ҳам турличадир. Бундай фарқланиш ваҳийга нисбатан алоқадор бўлиб, унинг қадр-қимматини асло камайтирмайди. Демак, бундай муносабат ақлга нисбатан ҳам мумкин ва унинг шаънини ерга урмайди.
Абу Сулаймоннинг жавобига кўра, бундай эмас. Гарчи ваҳий қилинганлар даражада фарқ қилинсалар-да, лекин бу уларга бўлган ишончни камайтирмайди. Уларни ваҳийга лойиқ топган, пайғамбарлик даражасига кўтарган Зотга суянгандек, уларга ҳам суянилади ”