Hayol yoki Xayol
Xayol
Amalga tatbiq etiladigan masalalar - gapdagi imlo xatoni aniqlang
Mavjud emas
Qutilmoq yoki qutulmoq
qutulmoq
O'z tarjimayi holimni yozib berdim. Ajratib ko'rsatilgan so'z tog'ri yozilganmi?
To'g'ri
yakkayu yagona - juft so'z to'g'ri yozilganmi?
Noto'g'ri
Marhamat - so'zi to'g'ri yozilganmi?
To'g'ri.
Keldi yoz chog'i,
Mevalar pishdi.
Olmalar shohi
Egilib tushdi.
She'rda so'z qo'llash bilan bog'liq qanday xato mavjud?
Olmalar shoxi
Egilib tushdi
Ulgurmoq - yozilish to'g'rimi?
To'g'ri
2024 йил 5 август
Lotin alifbosida qanday yoziladi?
2024-yil 5- avgust
Mahbub, marhamat, ahvol, mahrum - so'zlardagi xatolarni aniqlang.
Barchasi to'g'ri
Hayr, hayir, xayir - qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Hammasi xato. Bu so'z - XAYR shaklida yoziladi.
uxlamoq va uhlamoq - so'zlarning ma'nolarida farq bormi?
uxlamoq- orom olmoq
uhlamoq - uh tortmoq
As qotadi yoki ...
asqatadi
...arajat, mu...lis - nuqtalar o'rniga qaysi harf(-lar) qo'yiladi?
X
61-, 62-, 63- guruh o'quvchilari. Kirill alifbosida qanday yoziladi?
61,62,63 -
Tasdiq ma'nosini ifodalaydigan "X" dan boshlanuvchi so'z...
Xo'p
U darrov xushiga keldi- gapda so'zlar to'g'ri yozilganmi?
hushiga keldi
Rahbarimiz mard, halol, fidoyi inson edi. Gapdagi so'zlarga e'tibor bering va xato yozilgan so'zni aniqlang.
Mavjud emas
Tarkibida v yoki u tovushi bo‘lgan so'zlarga -illa qo'shimchasini qo'shib yozing.
lovullamoq, shovullamoq
Metall so'ziga -lar qo'shimchasini qo'shib yozing va nega shu tarzda yozganingiz sababini tushuntiring.
metall + lar = metallar
Atiga besh daqiqa kech qolaman. So'zlarning yozilishida xato bormi?
ATIGI
Ukamning ismi - Xolmat. Atoqli ot to'g'ri yozilganmi?
To'g'ri
Chang bosib qolgan esdalik daftarlar. Xato yozilgan so'zni aniqlang
Xato yo'q
Birinchi so'z chiqish kelishigini, ikkinchi so'z esa jo'nalish kelishigini olgan takroriy so'zlar lotin alifbosida qanday yoziladi? Misollar bilan izohlang.
Chiziqchasiz. Tomdan tomga, uzundan uzun
Xasharot yoki hasharot
Hasharot