DAROMAD YONDASHUV
QIYOSIY YONDASHUV
XARAJAT YONDASHUV
FORMULA
O'ZGACHA
100

Daromad yondashuviga ta'rif bering

IMNA baholashning daromadga asoslangan yondashuvida daromad obyеktning  bahosini  bеlgilovchi  asosiy  faktor  sifatida  yеtakchi  o’ringa  qo’yiladi. Obyеkt tomonidan qancha ko’p daromad kеltirilsa, uning bozor  bahosi  shuncha  yuqori bo’lib  boravеradi

100

Qiyosiy yondashuvga ta'rif bering

Qiyosiy yondashuv o’xshash turdagi NMA (Nomoddiy aktivlar) va IMO (Intellektual mulk obyektlari)lar faol sotilayotgan va xarid qilinayotgan samarali faoliyat ko’rsatuvchi bozor tamoyiliga asoslangan. Qiyosiy yondashuv baholash obyektiga o’xshash obyektlar bo’yicha tuzilgan bitimlarga oid ma’lumotlarini qiyoslashni nazarda tutadi. Qiyosiy yondashuvda baholash obyekti bozorda sotilgan shunga o’xshash obyektlar bilan solishtiriladi.


100

Xarajat yondashuviga ta'rif bering

 baholash obyektining eskirishini hisobga olib, uni tiklash yoki almashtirish uchun zarur bo‘lgan xarajatlarni aniqlashga asoslangan baholash obyektining qiymatini baholash usullari majmuidir. 


100

Tannarxdagi yutuq qaysi formula bo’yicha aniqlanadi:


SPi = Vi *(SP before - SP after)


100

Qaysi oyda 28 kun bor?

barcha oylarda

200

To’g’ridan to’g’ri kapitallashtirish usuliga ta'rif


Vaqtning teng davrlari mobaynida NMA va IMOdan foydalanishdan miqdor bo’yicha o’zaro teng bo’lgan yoki bir xil sur’atlarda o’zgaradigan pul oqimlarini keltiradigan baholash obyektlari uchun qiymatning miqdori kelgusidagi pul oqimlarini to’g’ridan-to’g’ri kapitallashtirish usuli bilan aniqlanadi.


200

Sotib olish qiymati usuliga ta'rif

baholash obyektining analogi uning bozor qiymatini aks ettirayotgan narx bo‘yicha bozorda sotib olinishini nazarda tutadi. U baholanayotgan NMA va IMOning bozor qiymatini hisoblash uchun foydalanilishi mumkin, bunda baholanayotgan NMA va IMO hamda bozorda mavjud analogining taqqoslanishini ta’minlovchi tuzatishlar kiritiladi. 


200

Xarajat yondashuvining asosiy usullari nimalar hisoblanadi:


yaratish (boshlang‘ich xarajatlar) qiymati usuli;

tiklash xarajatlari qiymati usuli;

almashtirish qiymati usuli.



200

Foydadagi ustunlik qaysi formula bilan aniqlanadi:


ADPi = Vi *[(P before – SP before) (P after – SP after)]


200

Avtobusda 15 yo’lovchi ketayotgan edi. Birinchi bekatda 3 yo’lovchi chiqdi, keyingi bekatda 2 yo’lovchi tushib qolib, 4 yo’lovchi chiqdi, keyingi bekatda 4 yo’lovchi tushib 7 yo’lovchi chiqdi, keyingi bekatda esa 1 yo’lovchi tushib 6 yo’lovchi chiqdi. Avtobus necha bekat yurdi?

4 bekat.

 

300

ekspluatatsion xarajatlar tejamkorligi usuliga ta'rif

Baholash obyektidan xo‘jalikda foydalanish baholanayotgan NMA va IMOdan foydalangan holda tayyorlangan mahsulotni ekspluatatsiya qilish jarayonida qilinadigan xarajatlarni tejashga imkon beradigan xollarda ekspluatatsion xarajatlar tejamkorligi usuli qo‘llaniladi.

300

Sotuvlarning qiyosiy tahlili usuliga ta'rif

NMA va IMOning qiymatini taqqoslash uchun tanlab olingan o‘xshash obyektlar sotuvlari narxiga tuzatishlar kiritish yo‘li bilan hisoblashga imkon beradi. Analog hamda NMA va IMOning taqqoslanuvchi parametrlari aynan bir bozordagi sotilish sanasi yoki taklif sanasi, iqtisodiy shartlari, fizik tavsiflari va raqobatdoshligiga nisbatan o‘xshash bo‘lishi lozim, ya’ni talab va taklif jihatdan ular taxminan bir xil holatda bo‘lishi lozim. Aks holda taqqoslanayotgan analogdan qiymat ko‘rsatkichlarini ko‘chirish noto‘g‘ri natijalarga olib kelishi mumkin.


300

NMA va IMOni yaratish haqiqiy xarajatlari qaysi formula bo‘yicha aniqlanadi:

S= S1 + S2 + S3


300

PRi = (Vi * P i * R) – S i -qaysi usul formulasi

Royaltidan ozod qilish usuli

300

 Bir kuni chol ikki nabirasi bilan yo’lga chiqibdi. Ular yo’lda ketayotib katta daryoga duch kelibdi. Daryoda qayiq bor ekan. Qayiq esa faqatgina 100 kilogram yukni ko’tara olarkan. Chol o’zi 100 kilo ekan. Nabiralar esa 50 kilodan ekan. Ular daryoni u betiga o’tishlari shart.
Qanday qilib o’tib olish mumkin?

Dastlab nabiralar o’tadi, ulardan biri tushib qolib biri qaytadi. Bu safar bobo narigi betga o’tadi va u yerdagi nabira qayiqqa o’tirib bu tarafda qolgan nabira bilan birgao’tadi.

400

Litsenziatning qo‘shimcha foydasidan litsenziarning hissasini ajratib olish usuliga ta'rif

Litsenziatning qo‘shimcha foydasidagi litsenziarning hissasi 25 foiz darajasida eng maqbul hisoblanadi.


400

NMA va IMO analogining tuzatilgan qiymati miqdori narxning amal qilishi sanasi holatiga qaysi formula bo‘yicha aniqlanadi:

Vkor= Pa * Kinf - A 

400

Indeksatsiya koeffitsienti?

nisbiy ko‘rinishda muayyan vaqt davrida tovarlar narxlarining o‘zgarishini tavsiflovchi iqtisodiy va statistik ko‘rsatkichdir.

400

Umumiy holatlarda indekslash koeffitsienti qaysi formula bo‘yicha aniqlanadi:


Kind = P1 / P0, 


400

13 — Eng yirik va baquvvat qushlardan biri bo‘lgan bu qush qadim zamonlardan buyon go‘zallik va sevgi, poklik va nafislik ramzi hisoblanadi. Bu qush xalq rivoyatlari va ertaklarida ko‘p kuylangan. Qadimgi rivoyatlardan birida bu ajoyib go‘zal qush o‘z o‘limi oldidan qo‘shiq kuylashi haqida hikoya qilinadi. Bu qaysi qush?


Savolning javobiJavob: Oqqush.

500

Royaltidan ozod qilish usuliga ta'rif

Ushbu usul NMA va IMOning huquq egasi agarda u baholash obyektining egasi bo‘lmaganda, NMA va IMOga bo‘lgan huquqlardan foydalanganligi uchun uning egasiga royalti — davriy to‘lovlarini to‘lashga majbur bo‘lganini taxmin qiladi.

500

Sotuvlarning qiyosiy tahlili usuli formulasiga ta'rif

V = Vkor ± Kor


Bu yerda, V — NMA va IMOning bozor qiymati;

Vkor —– analog qiymatining tuzatilgan miqdori;

Kor — baholash sanasi holatiga taqqoslanayotgan analogning tuzatilgan qiymati miqdoriga umumiy tuzatishlar miqdori.

500

Almashtirish qiymati usuli?

baholanayotgan NMA va IMOning yangi aniq nusxasini aslicha yaratish mumkin bo‘lmaganda, lekin iste’molchilik xususiyatlari bilan baholanayotgan NMA va IMOga o‘xshash bo‘lgan, biroq albatta tashqi ko‘rinishi va uning tarkibiy elementlari bo‘yicha aynan bir xil bo‘lmagan analogi bilan almashtirilishi mumkin bo‘lganda qo‘llaniladi.


500

NMA va IMOning eskirishi koeffitsienti qaysi formula bo‘yicha aniqlanadi:


Kt = 1 – FP/ LP, 


500

Bir shifoxonada bemorlar soni qabul qila olish ko’rsatkichidan oshib keta boshladi. Bemorlarning aksariyati YTH jarohat olgan haydovchilar edi. Bemorlar sonini kamaytirish uchun shahar ma’muriyati haydovchilarga xavfsizlik kamarini taqishni majburiy qilib qo’ydi. Vaqt o’tgach, statistika o’rganilganda YTH-lar soni kamaymagani, ammo kasalxonaga tushgan bemorlar soni ancha ko’payganini aniqlandi. Buning sababi nimada?

Chunki xavfsizlik kamari taqilganda YTH’da vafot etadiganlar soni kamaydi, ular jarohat tufayli kasalxonaga tusha boshladi. Oldin esa vafot etishi sababli kasalxonaga tushmasdilar.