Imom Shofeiy I
Imom Shofeiy II
Shofeiy, Hanbaliy
Imom Ahmad I
Imom Ahmad II
100

Imom Shofi’iy arab tili va she’riyatini o‘rganish uchun qaysi badaviy qabila yonida yashagan?

Huzayl

100

Imom Shofi’iyning fiqh usullariga asos bo‘lgan va uning fikrini mustaqil qilgan kitobi qaysi?

Ar-Risala

100

Imom Shofi’iy qaysi fiqhiy usulni (manbani) rad etgan?

Istihsan

100

Imom Ahmadning onasi kim edi?

Safiyyah bint Maymunah bint Abdulla ibn Shaybon

100

Imom Ahmad imomat va xalifalik bobida nimani qattiq rad etgan?

Zolim imomga qarshi chiqishni

200

Imom Shofi’iy Imom Molikning yoniga borganida Imom Molik necha yoshda edi?

79 yosh

200

Imom Shofi’iy qachon Misr (Fustat)ga kelgan?

199 H

200

Shofi’iy Iroqqa birinchi bor tashrif buyurganida qaysi xalifaning hukmronligi davri edi?

Horun ar-Rashid

200

Imom Ahmadning ilk ustozi kim boʻlgan va Ahmad 183-yilda u vafot etguniga qadar uning majlisiga qatnashgan?

Hushaym ibn Bashir al-Vasitiy

200

Imom Ahmadning Musnadda to‘plagan hadislari soni qancha ekani aytiladi?

O‘ttiz ming hadis deyilgan

300

Imom Shofi’iy Makka Haramidagi halqasida ilm olgan hadis olimi kim edi?

Sufyon ibn Uyayna

300

"Ar-Risala" kitobini yozishni Shofi’iyga kim iltimos qilgan?

Abdulrahmon ibn Mahdiy

300

Shofi’iyning Misrga hijriy 199 yilda kelganidan so‘ng, u Fiqh va Hadis bo‘yicha to‘liq e’tibor berib, shu shaharda qancha yil yashagan?

5 yil

300

Imom Ahmadning shogirdlaridan boʻlib, Imomning fiqhiy qarashlarini keyingi avlodlarga yetkazishda muhim rol oʻynagan shaxs kim?

Bakr al-Marvaziy

300

Imom Ahmad u bilan o‘tirish yoki eshitishdan qattiq ogohlantirgan mo‘taziliy ulamolardan biri kim edi?

Bishr al-Marisiy

400

Ushbu baytlarni to'g'ri o'qib tarjima qiling!

شَكَوْتُ إِلَى وَكِيعٍ سُوءَ حِفْظِي 

فَأَرْشَدَنِي إِلَى تَرْكِ الْمَعَاصِي

وَقَالَ اعْلَمْ بِأَنَّ الْعِلْمَ فَضْلٌ

 وَفَضْلُ اللَّهِ لَا يُؤْتَاهُ عَاصِي

Ushbu baytlarning ma'nosi:

• "Vakiy'ga yomon yodlashimdan shikoyat qildim,"

• "Bas, u menga ma’siyatlarni tark etishga yo‘naltirdi."

• "Va aytdi: Bilgilki, ilm fazldir,"

• "Va Allohning fazli osiy (gunohkor) kishiga berilmas."

Demak, ushbu she’rga ko‘ra, ilm olish uchun tark etilishi shart bo‘lgan narsa ma’siyatlar hisoblanadi

400

Shofiiy shunday deydi: “Ilm ikki xildir: ..........................................”.

taqlid va istinbot (ya’ni mustaqil fatvo chiqarish). Taqlid - hukm olishda Qur’oni karimga, agar undan topilmasa sunnatga, agar  undan ham topilmasa, solih olimlarning ko‘pchiligiga ergashishdir. Agar undan ham topilmasa, Qur’oni karim oyatlariga qiyos qilinadi. Undan ham topilmasa, ko‘pchilik salaflarning so‘zlariga qiyos qilinadi. Agar qiyos qilishda ixtilof qilishgacha borilsa,  har kim o‘zicha ijtihod qiladi

400

Imom Ahmadning toʻgʻridan-toʻgʻri shogirdlari boʻlib, uning ilmini yetkazgan ikki oʻgʻlining ismi nima?

Solih va Abdulloh

400

Ma’munni "Qur’on maxluqdir" aqidasini joriy qilishga undagan, mo‘taziliylar peshvosi kim edi?

Bishr ibn G‘iyos al-Marisiy

400

Ahmad ibn Hanbal (r.h.)  o‘z uslubiga tayangan holda hanbaliy mazhabiga asos soldi va uni rivojlantirishda qaysi maktabga tayandi?

Makkadagi Ibn Abbos huquqiy maktabiga

500

Shofiiy mazhabining manbalarini sanang!

1.Qur’oni karim. 

2.Sunnati mutohhara. 

3.Sahobalar qavllari. 

4.Qiyos. 

5.Ijtihod.

500

Shofiiylikda atamalar:

1.Imom

2.Qavl

3.Nass

4.As’hob

5.Taxrij

6.Vajh

7.Azhor-zohir 

8.Asoh-sahih

Shofiiylikda atamalar:

1.Imom (Shofiiyning o‘zi, ayrim hollarda Imom Juvayniy);

2.Qavl (Shofiiyning qarashi);

3.Nass (usulda Qu’ron va sunnat; furu’da Shofiiy iboralari);

4.As’hob (butun shofiiy fuqaholar, “as’hobush Shofiiy” tarzida esa faqat shogirdlar);

5.Taxrij (Mazhab imomi aytmagan masalani mazhab usuli doirasida hukm qilish.)

6.Vajh (mazhab mujtahidlarining Shofiiy usuliga muvofiq ijtihodlari);

7.Azhor-zohir (ikki yoki undan ko‘p qavllardan qanoat qilingani azhor, qolgani zohir);

Asoh-sahih (Kuchli dalilga tayangan ikki yoki undan ko‘p vajhdan qanoat qilingani asoh, qolgani sahih)

500

BONUS

+100

500

Imom Ahmadning 7 ta asarlarini aytib bering!

1.Musnad (hadis);

2.Kitobus sunna (aqida);

3.Kitobuz zuhd (tasavvuf);

4.Kitobul vara’ (tasavvuf);

5.Kitobul ilal (hadis);

6.Al-Masoil (savol-javob);

7.Ar-radd ‘alaz zanodiqa va jahmiyya

500

Hanbaliylarga binoan fiqh asoslari beshta. Ular qaysilar?

1.Qur’on va sunna matnlari.

2.Sahobalarning qarashlari.

3.Sahobalar qarashlari bo‘yicha ijtihod.

4. Mursal va zaif hadis.

5. Mutlaqo ilojsiz qolganda, qiyos bo‘yicha hukm chiqarish.