Pedagogik muloqot nima?
O'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi ta'lim-tarbiya jarayonidagi o'zaro aloqa
Segregatsiya nima?
Maxsus ehtiyojga ega bolalarni boshqa bolalardan alohida o‘qitish tizimi
Temprament nima?
Inson psixikasining tug‘ma individual xususiyatlari.
Bir xonada 4 ta burchak bor. Har bir burchakda bittadan mushuk o‘tiribdi. Har bir mushuk qarshisida 3 ta mushukni ko‘ryapti. Xonada nechta mushuk bor?
4 ta mushuk
Pedagogik mahorat nima?
O'qituvchining kasbiy bilim, ko'nikma va tajribalarini samarali qo'llay olish qobiliyati
Inklyuziv ta'limni tashkil etishning nechta shakli mavjud?
4 ta. maxsus talim, to'liq inklyuziv, qisman inklyuziv, individual
Bir inson yangi vazifani bajarishda shoshilmaydi, harakatlari sekin, lekin juda puxta ishlaydi. U kam gapiradi va his-tuyg‘ularini kam ko‘rsatadi. Bu qaysi temperament?
Flegmatik
Daraxtda 10 ta qush o‘tirgan edi. Ovchi bittasini otib tushirdi. Daraxtda nechta qush qoldi?
Sinf-dars tizimini pedagogika faniga kim kiritgan?
Yan Amos Kommenskiy
Inklyuziv ta’lim konsepsiyasi qaysi yillarni qamrab oladi?
2020-2025-yillarni
Bir o‘quvchi vazifani juda mas’uliyat bilan bajaradi, lekin tanqidni juda og‘ir qabul qiladi. U tinch muhitni yaxshi ko‘radi va ko‘pincha yolg‘iz ishlashni afzal ko‘radi. Bu qaysi temperament?
Melanxolik
Qaysi narsa yuradi, lekin oyoqlari yo‘q; yig‘laydi, lekin ko‘zlari yo‘q?
bulut
O'zbekistonda ta'lim sohasini tartibga soluvchi asosiy qonun qaysi?
Ta'lim to'g'risidagi qonun
Salamanka dekloratsiyasi qachon va qaysi tashkilot tashabbusi bilan qabul qilingan?
1994-yil UNESCO
Insonning tashqi olamdagi narsa va hodisalarni yaxlit holda aks ettirish jarayoni nima deyiladi?
Idrok
Bir kishi sahroda o‘lik holda topildi. Uning yonida yopiq paket bor edi. Atrofda hech narsa yo‘q. Paket ochilganda hamma sababini tushundi. Paket ichida nima bor edi?
Parashyut
Taʼlim toʻgʻrisidagi qonun qachon qabul qilingan?
1997-yil 29-avgustda
BMTning "Aqli zaif shaxslar huquqlari to'g'risida"gi dekloratsiyasi qachon qabul qilingan?
1971-yil
Psixologiyada refleks tushunchasini ilmiy asoslagan olim kim?
Ivan Pavlov
Bir odam uyidan chiqdi. Bir oz yurgach o‘ngga burildi, yana o‘ngga burildi, yana o‘ngga burildi. Shundan keyin u uyiga qaytdi. Bu qanday mumkin?
U odam kvadrat shaklda yurgan