Xalqaro mehmonxona biznesi umumiy
Tarix
MIX
Mehmonxona asoschilari
MIX2
100

Xalqaro mehmonxona biznesi deganda nima tushuniladi?

Xalqaro mehmonxona biznesi – ikki va undan ortiq mamlakat hududida faoliyat yurituvchi, xorijiy mijozlarga xizmat ko‘rsatadigan mehmonxona korxonalari, ularning tarmoqlari va boshqaruv tizimlari majmuasidir.

100

Qadimgi davrda mehmonxona korxonalarining ilk shakli qanday korxonalar bo‘lgan?

Javob: Qadimgi davrda mehmonxona korxonalarining ilk shakli tavernalar bo‘lgan; ular sayohatchilarni ovqatlantirish va qisman joylashtirish vazifasini bajargan.

100

Global mehmonxona zanjirlari misol sifatida qanday brendlar keltirilgan?

Javob: Marriott International, Hilton Worldwide, Accor Group, InterContinental Hotels Group (IHG) va Hyatt Hotels Corporation global mehmonxona zanjirlari sifatida keltirilgan

100

Ellsworth Statler mehmonxona biznesiga qanday uchta muhim yangilik kiritgan?



Javob: U har bir mehmon uchun alohida xona va alohida hammom tamoyilini joriy qilgan, har xonada telefon o‘rnatgan, xodimlar uchun xizmat standartlari va “mijoz har doim haq” g‘oyasiga asoslangan “xodimlar kodeksi”ni yaratgan.

100

1960–70-yillar nega turizm tarixida “ommaviy sayohat davri” deb ataladi?

Javob: Chunki bu davrda reaktiv samolyotlar va avtomobil yo‘llarining tez rivojlanishi, iqtisodiy o‘sish va aholi daromadlarining ortishi natijasida xalqaro va ichki sayohatlar keskin ko‘paygan, turizm oddiy ijtimoiy hodisaga aylangan

200

Xalqaro mehmonxona biznesining asosiy xususiyatlaridan uchtasini sanang.

1) Chet ellik turistlarga xizmat ko‘rsatadi; 2) Ko‘p davlatlarda filial va tarmoqlarga ega bo‘ladi; 3) Joylashtirish, ovqatlanish, transport, konferensiya va qo‘shimcha xizmatlarni o‘z ichiga oladi.

200

Karvonsaroylar qanday ehtiyoj natijasida paydo bo‘lgan?

Javob: Uzoq muddatli savdo safarlari va savdogar karvonlari uchun nafaqat ovqatlanish, balki tunash va dam olish joylarini tashkil qilish zarurati karvonsaroylarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan.

200

Zamonaviy mehmonxonalar raqamlashtirish doirasida qanday uchta texnologik yechimdan foydalanadi?

Javob: Onlayn bron tizimlari, mobil ilovalar va raqamli kalitlar (Digital Key) hamda sun’iy intellekt (AI) mehmonxonalar raqamlashtirishida asosiy texnologik yo‘nalishlar sifatida ko‘rsatilgan.

200

Statler yaratgan “xodimlar kodeksi”ning asosiy g‘oyasi nimadan iborat?

Javob: Asosiy g‘oya – har bir mehmonga dunyodagi eng yaxshi xizmatni ko‘rsatish, hech qachon mehmonga qo‘pol munosabatda bo‘lmaslik, mehmonning har bir so‘rovini imkon qadar tez va muloyimlik bilan bajarish va xodimni mijoz oldida doimo mas’ul hisoblashdir.

200

GDS (Global Distribution System) tizimlari mehmonxonalar uchun qanday rol o‘ynagan?



Javob: GDS tizimlari mehmonxonalar haqida real vaqt ma’lumotlarini (xonalar mavjudligi, narxlar, chegirmalar) global sayohat agentliklariga uzatib, mehmonxonalarni xalqaro sotuv va raqobat tizimiga to‘liq kiritgan.

300

Mehmonxonalar qanday ijtimoiy-madaniy vazifani bajaradi?


Javob: Mehmonxonalar turli mamlakatlardan kelgan turistlar uchun madaniyatlar, tillar va urf-odatlar kesishadigan maskan bo‘lib, madaniy almashinuvni kuchaytiradi va mahalliy aholining hayot darajasiga bevosita ta’sir qiladi. 

300

O‘rta asrlarda qaysi institut ziyoratchilarni joylashtirish va ovqatlantirish vazifasini o‘z zimmasiga olgan?


Javob: O‘rta asrlarda cherkov va monastirlar ziyoratchilarni qabul qilish, ular uchun tunash joylari tashkil etish va ovqatlantirish vazifasini bajargan. 

300

Mehmonxonalarda barqaror rivojlanish konsepsiyasi doirasida qaysi ekologik chora-tadbirlar tilga olinadi?

Javob: Eko-mehmonxonalar tashkil etish, energiya tejamkor tizimlar (quyosh panellari, LED yoritgichlar), plastik chiqindilarni kamaytirish va qayta ishlash, ekologik sertifikatlash tizimlarini joriy etish chora-tadbirlari keltiriladi

300

Holiday Inn tarmog‘ining paydo bo‘lishiga qanday omillar turtki bo‘lgan?

Javob: Urushdan keyingi davrda avtomobil egaligining ortishi va oilaviy sayohatlarning ko‘payishi, arzon, qulay va ishonchli turar joyga bo‘lgan ehtiyoj Holiday Inn tarmog‘ining paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan.

300

HOLIDEX bron tizimi qanday afzalliklarni bergan?

Javob: Holiday Inn tomonidan ishlab chiqilgan HOLIDEX kompyuterlashtirilgan bron tizimi butun tarmoqdagi xonalar bandligini yagona markaz orqali kuzatish, real vaqt rejimida bron qilish va raqobatda ustunlikka erishish imkonini bergan.

400

Mehmonxona sohasi kadrlar tayyorlash nuqtai nazaridan nima uchun muhim?

Javob: Chunki bu sohada ishlash xorijiy tillarni bilish, xizmat ko‘rsatish madaniyati, zamonaviy menejment va marketing ko‘nikmalarini talab qiladi; mehmonxona xodimlarini xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlash orqali turizm va boshqa sohalar uchun raqobatbardosh kadrlar zaxirasi shakllanadi.

400

AQShdagi birinchi klassli, koridor xizmatchilari va resepsiyaga ega mehmonxona qaysi va qachon ochilgan?

Javob: 1829-yilda Bostonda “Tremont” mehmonxonasi ochilib, u AQShdagi birinchi klassli, koridor xizmatchilari va registraturaga ega mehmonxona bo‘lgan

400

Sodiqlik dasturlari xususiyati va mehmonxona biznesi uchun qanday strategik ahamiyatga ega?

Javob: Sodiqlik dasturlari mijozlarga ball, chegirma va imtiyozlar berish orqali ularni bir xil brendga qayta-qayta murojaat qilishga undaydi, mehmon sodiqligini oshiradi va raqobatda ustunlik yaratadi.

400

Best Western zanjiri odatdagi zanjirlardan nimasi bilan farq qiladi?

Javob: Best Western dastlab mustaqil mehmonxona egalari assotsiatsiyasi bo‘lib, har bir mehmonxona o‘z mulkdori tomonidan boshqarilgan, ammo ular yagona brend va rezervatsiya tizimi orqali birlashtirilgan; ya’ni markazlashgan tarmoq emas, balki hamkorlik asosidagi model bo‘lgan.

400

PMS (Property Management System) tizimining mehmonxona boshqaruvidagi ahamiyati nimada?
To'liq javob bering

Javob: PMS xonalarni bron qilish, hisob-kitoblar, mijozlar ro‘yxati, xizmatlar rejalashtirilishi va xodimlarni boshqarishni avtomatlashtirib, mehmonxona ichki jarayonlarini samarali boshqarish imkonini beradi va keyinchalik GDS hamda onlayn bron tizimlari bilan integratsiyalashgan

500

Mehmonxona biznesining iqtisodiyot uchun ahamiyati nimalarda namoyon bo‘ladi? (To'liq javob)

Xalqaro mehmonxona tarmoqlari yirik xorijiy investitsiyalarni jalb qiladi, yangi mehmonxonalar qurilishi va texnologiyalar joriy etilishi orqali iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shadi, davlat byudjetiga soliq va yig‘imlar keltiradi hamda ko‘plab ish o‘rinlarini yaratadi.

500

“Restoran” atamasi qanday kelib chiqqanligi haqida ma’ruza matnida nimalar aytiladi? (aniq va to'liq javob)

Javob: Parijdagi Janob Bulanje tavernasida asosiy taom bo‘lgan sho‘rva “restorantes” (quvvatbaxsh, tiklovchi) deb atalgan; keyinchalik “restoran” atamasi ovqatlanish muassasalariga nisbatan umumiy nom bo‘lib qolgan.

500

“Asset-light” modeli nimani anglatadi?

Javob: “Asset-light” modeli – mehmonxona zanjirlarining katta miqdorda kapital sarflamasdan, asosan boshqaruv va brend orqali franshiza va menejment shartnomalari yordamida tarmoqlarini kengaytirish usulidir.

500

Conrad Hilton mehmonxona biznesini qanday falsafa asosida rivojlantirgan?

Javob: Conrad Hilton mehmonxonachilikni “uydan uzoqda ham o‘zingizni uyda his qilish” falsafasi asosida rivojlantirgan, ya’ni mehmonni markazga qo‘yib, zamonaviy qulayliklar va turli maqsadli segmentlar (biznes, konferensiya, oilaviy turizm)ga mos xizmatlarni taklif qilgan.

500

1990-yillarda mehmonxona bozorida segmentatsiyaning chuqurlashishi qanday asosiy segmentlarni shakllantirdi? 

Javob: 1990-yillarda segmentatsiya natijasida asosan to‘rtta toifa shakllandi: Luxury (hashamatli), Upscale (yuqori darajadagi biznes), Midscale (o‘rta segment/oilaviy va ishbilarmon), Economy (byudjet – arzon va standart xizmatlar ko‘rsatadigan mehmonxonalar).