Investitsiya nima?
Kelajakda foyda olish maqsadida kapitalni joylashtirish jarayoni.
Real investitsiya nimaga yo‘naltiriladi?
Asosiy vositalar, ishlab chiqarish quvvatlari va infratuzilmaga.
Moliyaviy investitsiya nimaga kiritiladi?
Qimmatli qog‘ozlar (aksiya, obligatsiya va boshqalar)ga.
Kapital qo‘yilmalar nima?
Asosiy vositalarni yaratish yoki modernizatsiya qilish uchun sarflangan mablag‘.
Investor kim?
Investitsiya kirituvchi shaxs yoki tashkilot.
Ichki moliyalashtirish manbalariga nimalar kiradi?
Foyda, amortizatsiya ajratmalari.
Investitsiyaning asosiy maqsadi nima?
Daromad olish yoki kapitalni ko‘paytirish.
Tashqi moliyalashtirish manbalariga misol keltiring.
Kreditlar, obligatsiyalar, aksiyalar chiqarish.
Amortizatsiya nima?
Asosiy vositalarning qiymatini bosqichma-bosqich mahsulot tannarxiga o‘tkazish.
Investitsiya riski nima?
Kutilgan daromadni ololmaslik ehtimoli.
Investitsion faoliyatni moliyalashtirishning asosiy usullari qaysilar?
O‘z mablag‘lari, qarz mablag‘lari va aralash moliyalashtirish.
Lizing nima?
Asosiy vositalarni uzoq muddatli ijaraga olish shakli.
Grant mablag‘lari qanday manba hisoblanadi?
Qaytarilmaydigan tashqi moliyalashtirish manbasi.
Obligatsiya nima?
Qarz majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog‘oz.
Bank krediti investitsiyani moliyalashtirishda qanday rol o‘ynaydi?
Yetishmayotgan mablag‘ni ta’minlaydi va loyiha amalga oshishini tezlashtiradi.
Investitsiya loyihasining samaradorligi qanday aniqlanadi?
NPV, IRR, Payback Period kabi ko‘rsatkichlar orqali.
NPV nimani bildiradi?(formula)
Sof joriy qiymatni (Net Present Value).
Aralash moliyalashtirishning afzalligi nimada?
Riskni taqsimlash va kapital tuzilmasini optimallashtirish.
Xorijiy investitsiyalar necha turga bo‘linadi?
To‘g‘ridan-to‘g‘ri va portfel investitsiyalarga.
Investitsiya muhiti nimani anglatadi?
Mamlakatdagi investitsiya kiritish sharoitlari majmui.
IRR nima?
Investitsiya loyihasining ichki rentabellik normasi.
Kapital tuzilmasi nima?
Korxonaning o‘z va qarz mablag‘lari nisbatidir.
Diskontlash nima uchun kerak?
Kelajakdagi pul oqimlarini bugungi qiymatga keltirish uchun.
Agar investitsiya loyihasining NPV > 0, lekin IRR kapital qiymatidan past bo‘lsa, investor qanday qaror qabul qilishi kerak? Sababini tushuntiring.
Agar IRR kapital qiymatidan (WACC) past bo‘lsa, loyiha investor uchun yetarli daromadlilik bermaydi.
Nazariy jihatdan NPV > 0 bo‘lsa loyiha qabul qilinadi, lekin agar hisoblashda kapital qiymati noto‘g‘ri aniqlangan yoki IRR WACCdan past bo‘lsa, loyiha rad etilishi mumkin.
Korxona investitsiya loyihasini 40% o‘z mablag‘i va 60% bank krediti hisobiga moliyalashtirmoqchi. Kredit foizi 22%. Agar loyiha rentabelligi 18% bo‘lsa, bunday kapital tuzilmasi investor uchun qanchalik maqsadga muvofiq? Tushuntiring.
Agar qarz foizi (22%) loyiha rentabelligidan (18%) yuqori bo‘lsa, moliyaviy leverage salbiy bo‘ladi.