Iqtisodiyot –
bu iqtisodiy ne‘matlar va vositalarni takror ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar, xo‘jalik yuritish shakllari, ularni tartibga soluvchi mexanizmlar va infratuzilmaviy muassasalarning ma‘lum darajada tartibga solingan tizimidir.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti –
iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida hayotiy ne‘matlarni takror ishlab chiqarish, jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni yoki kishilarning iqtisodiy hatti – harakatini o‘rganadi
Ishlab chiqarish jarayoni –
kishilarning maqsadni ko‘zlab amalga oshiriladigan faoliyati bo‘lib, iste‘moli uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma‘naviy ne‘matlarni yaratishga qaratilgan jarayon.
Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi–
jamiyat ehtiyojlarining cheksizligi hamda iqtisodiy resurslarning cheklanganligidir
Iqtisodiy qonunlar -
iqtisodiy hayotning turli tomonlarini, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi takrorlanib turadigan, barqaror ichki sababoqibat aloqadorini, ularning o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi.
Ishlab chiqarishning samaradorligi –
ishlab chiqarishning pirovard natijasi bilan unga sarflangan resurs xarajatlari o‘rtasidagi nisbat.
Infratuzilma –
ishlab chiqarish va ayriboshlashning bir me‘yorda ro‘y berishi hamda kishilar turmush kechirishining umumiy shart-sharoitini tashkil qiluvchi sohalardir.
Iqtisodiy kategoriyalar–
doimo takrorlanib turadigan iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushunchalar.
Ishlab chiqarish funktsiyasi –
ishlab chiqarish omillari bilan uning natijalari o‘rtasidagi bog‘liqlik.
Iqtisodiy faoliyat –
kishilar uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne‘mat va vositalarni ishlab chiqarish hamda iste‘molchilarga etkazib berishga qaratilgan va chambarchas bog‘liqlikda amal qiladigan turli xil faoliyatlar.
lmiy abstraktsiya –
iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishda qo‘llaniladigan usullardan biri bo‘lib, voqea-hodisalarning tahlil paytida halaqit beruvchi ikkinchi darajali belgilarini e‘tibordan chetlashtirib, o‘rganilayotgan hodisaning asl mohiyatini ochib beruvchi belgilarga fikrni qaratishdir.
Qo’shilgan kapital –
ishlab chiqarishda mavjud band bo‘lgan kapital miqdori ustiga yangi qo‘shimcha ravishda sarflangan kapital, boshqacha qilib aytganda kapital miqdorining o‘sgan qismi.
Iqtisodiy resurslar –
iqtisodiy faoliyatda faydalanishga yaroqli bo‘lgan moddiy tabiiy va inson resurslari
Induktsiya va deduktsiya usuli -
Induktsiya nazariyadan amaliyot tomon borishni, yaratilgan nazariyalarni kishilarning amaliy hayotida sinab ko‘rishni anglatsa, deduktsiya amaliyotdan nazariya tomon borishni, real hayotdagi ro‘y beradigan hodisa va jarayonlardan nazariyalar yaratishni bildiradi
Qo’shilgan mahsulot –
so‘nggi qo‘shilgan omil: kapital yoki ishchi kuchi hisobiga o‘sgan mahsulot.