Milliy iqtisodiyot sektorlari qanday sektorlardan iborat?
Xususiy, kooperativ, davlat va aralash sektorlardan.
YaIMni hisoblashning uchta usulini ayting.
Sarflar bo'yicha, daromadlar bo'yicha va qo'shilgan qiymatlar bo'yicha.
Nominal YaIM nima?
Joriy bozor narxlarida hisoblangan hajm, ya'ni mahsulot ishlab chiqarilgan davrda amal qilib turgan narxlarda ifodalangan ishlab chiqarish hajmi.
Yalpi talab nima?
Barcha iste'molchilar (uy xo'jaliklari, korxonalar, davlat va chet elliklar) narxlarning o'rtacha darajasida sotib olishi mumkin bo'lgan tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmi, yoki milliy iqtisodiyotdagi yalpi sarflar miqdori.
Yalpi taklif nima?
Narxlarning mavjud darajasida mamlakatda sotishga chiqariladigan pirovard tovarlar va xizmatlar miqdori yoki milliy ishlab chiqarishning real hajmi.
Jahon xo'jaligi nima?
Xalqaro mehnat taqsimoti orqali tashqi iqtisodiy munosabatlar ishtirokchisiga aylangan alohida milliy davlatlar iqtisodiyotlari majmuasi.
Sof milliy mahsulot (SMM) qanday hosil bo'ladi?
YaIM (YaMM)dan joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste'mol qilingan asosiy kapital qiymati (amortizatsiya ajratmasi) ayirib tashlansa, SMM hosil bo'ladi.
Real mahsulot nima?
O'zgarmas narxlarda hisoblangan mahsulot.
Boshqa sharoitlar o'zgarmaganda, narx darajasining oshishi yalpi talabga qanday ta'sir qiladi?
Yalpi talab hajmining kamayishiga sabab bo'ladi.
Yalpi taklif egri chizig'i qaysi uchta kesmadan iborat?
Yotiq kesma, oraliq kesma va tik kesma.
Qo'shilgan qiymat nima?
Ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan yetkazib beruvchilardan sotib olingan va iste'mol qilingan xomashyo va materiallar qiymati chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymati.
Milliy daromad (MD) qanday aniqlanadi?
SMMdan biznesga egri soliqlar chiqarib tashlanadi (SMM – biznesga egri soliq = MD).
Nominal YaIMni real YaIMga aylantirishning oddiy usuli qanday?
Nominal YaIMni narx indeksi darajasiga bo'lish.
Iste'molchilik sarflaridagi o'zgarishlar qaysi omillar natijasi hisoblanadi?
Iste'molchi farovonligi, iste'molchining kutishi, iste'molchi qarzlari va soliqlarning o'zgarishi natijasi (aholi sonining o'zgarishi ham ta'sir qiladi).
Taklif egri chizig'ining tik kesmasi nimani ko'rsatadi?
Iqtisodiyot o'zining to'liq yoki tabiiy bandlik darajasiga erishganini; qisqa muddatda ishlab chiqarish hajmini yanada kengaytirishga erishish mumkin emas.
Makroiqtisodiy modellar nima?
Iqtisodiyot va unda ro'y beradigan real voqelikning mantiqiy (nazariy), miqdoriy (matematik) va grafik o'lchamlarda abstrakt tasvirlanishi.
YaIMni sarflar bo'yicha hisoblashda qanday sarflar qo'shiladi?
Uy xo'jaliklarining iste'molchilik sarflari, tadbirkorlarning investitsion sarflari, tovar va xizmatlarning davlat xaridi, chet elliklar sarflari, notijorat muassasalari sarflari va moddiy aylanma vositalar zahirasidagi o'zgarishlar.
Narx indeksi qanday aniqlanadi?
Tovar va xizmatlarning ikki davridagi narxlari nisbati sifatida; joriy yildagi tovarlar narxi bazis yildagi tovarlar narxiga bo'linib, 100 ga ko'paytiriladi.
Foiz stavkasining oshishi yalpi talabga qanday ta'sir qiladi?
Investitsion sarflarning kamayishiga va yalpi talabning qisqarishiga olib keladi.
Xrapovik samarasi nima?
Narx osonlik bilan oshadi, lekin qiyinchilik bilan pasayadi. Shu sababli yalpi talab oshganda narx darajasi ko'tariladi, lekin talab kamayganda qisqa davr ichida narxning tushishini kutish mumkin emas.
Asosiy makroiqtisodiy modellarni sanang.
Doiraviy oqimlar (aylanishlar) modeli, yalpi talab va yalpi taklif (AD-AS) modeli, IS-LM modeli, Fillips va Laffer egri chiziqlari.
YaIMni daromadlar bo'yicha hisoblashda qanday daromadlar qo'shiladi?
Ish haqi, renta to'lovlari, foiz va foyda; shuningdek daromad olish bilan bog'liq bo'lmagan sarf va to'lovlar (amortizatsiya va egri soliqlar).
Narx darajasining o'sishi va pasayishi iqtisodiyotda nimani bildiradi?
Narx darajasining o'sishi inflyatsiyani, pasayishi deflyatsiyani bildiradi.
Sof eksport nima va u qachon ijobiy bo'ladi?
Eksport va import miqdorlari o'rtasidagi farq. Eksport importdan ortiq bo'lsa ijobiy, import eksportdan ortiq bo'lsa salbiy bo'ladi.
Unumdorlik nima?
Milliy ishlab chiqarish real hajmining foydalanilgan resurs miqdoriga nisbati, ya'ni xarajat birligiga ishlab chiqarishning real hajmi.