iqtisodiyot fanining predmeti - ?
cheklangan resurslar sharoitida jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish uchun ne'matlar (va xizmatlar) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilish jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni o'rganadi.
ayirboshlash - ?
jamiyat a’zolarining iqtisodiy faoliyat turlari yoki ishlab chiqarish natijalari bo'yicha o‘zaro almashish jarayoni.
Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi - ?
ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligi.
K.Marksning biror bir asar nomini ayting.
1.Kapital. 2.Falsafaning qashshoqligi. 3.Siyosiy iqtisod tanqidi. 4.Fransiyadagi fuqarolar urushi.
davlat mulki - ?
mulk davlatga tegishli bo'lganda mulkka egalik qilish, foydalanish va uni tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo'ladi.
iqtisodiyot fanining nechta asosiy vazifasi bor va ularni sanab bering.
4ta : bilish vazifasi, amaliy vazifasi, uslubiy vazifasi, g’oyabiy vazifasi.
ehtiyoj - ?
insonning yashashi va kamol topishi, rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan hayotiy vositalarga bo'lgan zarurati
iqtisodiy resurslar turlari - ?
1. tabiiy resurslar. 2. ishchi kuchi resurslar. 3. kapital. 4. tadbirkorlik qobiliyati.
Marks ijtimoiy-iqtisodiy shakllanishning nechi turini aniqlaydi?
5
erkin korxona - ?
korxonalar hukumat nazoratisiz bir-biri bilan raqobatlasha oladigan iqtisodiy tizim.
iqtisodiy qonunlar nechta guruhga bo’linadi va ularni sanab bering.
3 ta guruh : 1. umumiy iqtisodiy qonunlar. 2. xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar. 3. maxsus, o’ziga xos iqtisodiy qonunlar.
iqtisodiyot fanining nechi xil tadqiqot usullari mavjud?
9
budjet egri chizig’i - ?
iste’molchilar budjeti cheklanishining grafik tasviri.
antagonizm - ?
bu murosasiz qarama-qarshilik, ziddiyat.
kooperativ faoliyatning asosiy turlari ?
1.ishlab chiqarish. 2.matlubot. 3.aralash
iqtisodiyot tizimining 4 omilini sanab bering.
ishchi kuchi, kapital, yer-suv va tadbirkorlik
iqtisodiy kategoriya - ?
doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushunchadir.
so’ngi qo’shilgan naflilik - ?
muayyan ne’matning navbatdagi birligini iste’mol qilishdan olingan qo'shimcha naflilikdir.
qaysi iqtisodiyot turida ortiqcha ishlab chiqarish, va sifatli tovar/xizmatlarning yetishmasligi mavjud?
buyruqbozlik iqtisodiyotida.
O‘zbekiston Respublikasining mulkchilik to‘g‘risidagi qonunida, xususiy mulk o‘z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir deb ko'rsatilgan.
Nechinchi modda?7
ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig'i - ?
bu iqtisodiyotda mavjud bo'lgan barcha resurslardan foydalangan holda to'liq ish sharoitida yaratilishi mumkin bo'lgan bir nechta tovar/xizmatlarni maksimal darajada ishlab chiqarishning turli xil kombinatsiyalarini aks ettiruvchi egri chiziq.
avtarkiya - ?
iqtisodiy mustaqillik yoki o‘zini o‘zi ta’minlash holati.
narx o‘zgarishining iste’molchining xarid qobiliyatiga ta’siri.
sotsializm sharoitida ishlab chiqarish vositalariga umumiy mulkchilik shakllari qaysilar ?
davlat va kolxoz-kooperativ.
konsyerj iqtisodiyoti - ?
ilovalar yordamida tovarlar va xizmatlarga buyurtma berish va deyarli hamma joyda deyarli darhol taqdim etilishi mumkin bo‘lgan iqtisodiyot.