A
B
C
D
E
100

Milliy valyuta - "so'm" qachon muomlaga kiritildi?

1994-yil 1-iyul

100

Bozor infratuzilmasi tarkibiga kiruvchi muassasalar

- tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar;

- moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar;

- ijtimoiy sohaga xizmat ko'rsatuvchi muassasalar;

- axborot xizmati idoralari.

100

Manufaktura-bu?

bu mеhnat taqsimotiga asoslangan, lеkin mashina hali mavjud bo’lmagan sharoitdagi koopеratsiyadir.

100

industrlashgan jamiyatning asosiy bеlgilari nimalardan iborat?

a) ishlab chiqarishning mashinalashganligi; b) sanoatning fan-tеxnika yutuqlari asosida rivojlanishi, unda ishchilar sonining ko’payishi; v) shahar aholisining qishloq aholisiga nisbatan tеzroq ko’payishi va boshqalar.

100

BONUS!

Tabriklaymiz!

200

Birja- nima?

namuna (yoki standart)lar asosida ommaviy tovarlarning muntazam savdo-sotiq ishlarini o‘tkazuvchi tijorat muassasasi

200

Takror ishlab chiqarish fazalari nechta va qaysilar?

1)  ishlab chiqarish jarayoni; 

2)  taqsimlash jarayoni; 

3)  ayirboshlash jarayoni; 

4)  istе’mol qilish jarayon.

200

muayyan belgilangan vaqtda va joyda o‘tkaziluvchi hamda o‘tkazilish jarayonida ulgurji savdo bitimlari tuziluvchi tovar namunalari ko‘rgazmasi

Savdo yarmarkasi

200

Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy bеlgilari?

- turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo’lishi va unda xususiy mulkchilikning ustun turishi;

- tadbirkorlik va tanlov erkinligi;

- raqobat kurashining mavjudligi;

- davlatning iqtisodiyotga chеklangan holda aralashuvi;

- korxona va firmalarning ichki va tashqi shart-sharoitlar o’zgarishlariga moslashuvchanligi.

200

Ulgurji savdo firmalari qanday faoliayat bilan shug'ullanadi?

tovarlarni o'z mulki sifatida sotib olib, keyin iste'molchilarga sotadi

300

Ijtimoiy xizmatlarni qo'llanilish jihatidan guruhlanishiga ko'ra...

Tiklash xizmatlar;

Professional xizmatlar;

Taqsimlash xizmatlari;

Umumiy xizmatlar;

Iste'mol xizmatlari.

300

Qimmatli qog'ozlar bozori qanday turlarga bo'linadi?

Birlamchi qimmatli qog'ozlar bozori va ikkilamchi qimmatli qog'ozlar bozori

300

Bozor infratuzilmasi-bu?

bu bozor aloqalarini o'rnatish va ularning bir maromda amal qilishiga xizmat ko'rsatuvchi muassasalar tizimi.

300

Korxona, firma, kompaniyalar moliyaviy xo'jalik faoliyatini tekshirib boruvchi, ular hisobotini ekspertizadan o'tkazuvchi muassasa?

Auditorlik tashkiloti

300

Bozorning asosiy bеlgilari?

- sotuvchi va xaridorlarning o’zaro kеlishuvi, ekvivalеntlilik printsipi asosida ayirboshlash;

- sotuvchilarning xarajatlari qoplanib, foyda olishi;

- to’lovga layoqatli bo’lgan xaridorlarning talabini qondirish va raqobatchilik.

400

Rivojlanmagan bozor tushunchasiga ta'rif bering

rivojlanmagan, shakllanayotgan bozor tasodifiy tavsifga ega bo'lib, unda tovarni tovarga ayirboshlash(barter) usuli ko'proq qo'llaniladi.

400

Intellektual tovarlarga misol keltiring

ilmiy g'oyalar, texnika yangiliklari, san'at va adabiyot asarlari,nou xau, patent, har xil axborotlar va h.k

400

Iqtisodiy resurslarni qanday guruhlarga ajratishimiz mumkin?

1) tabiiy rеsurslar; 

2) ishchi kuchi rеsurslari; 

3) kapital;

4) tadbirkorlik qobiliyati.

400

Bozor mexanizmi nima?

bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy jarayonlarni uyg‘unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalar

400
Broker atamasiga ta'rif bering

bu tovar, fond va valyuta birjalarida oldi-sotdi bitimlarini tuzishda vositachilik qiladigan shaxs yoki maxsus firma.

500

O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini amalga oshirishning III bosqichi?

1996-1998 yillar- 

Aksiyalarining nazorat paketi davlat mulkida bo‘lgan yirik korxona va tarmoqlarni xususiylashtirish

500

Bozorning vazifalarini sanab bering

tartibga solish, rag'batlantirish, nazorat qilish, vositachilik, tejamkorlik, integratsiyalash, narxni tashkil etish, iqtisodiyotni sog'lomlashtirish, axborot berish, bozor subyektlarining manfaatini ro'yobga chiqarish

500

Natural va va tovar xo'jaligining farqlanishining asosiy jihatlari?(kamida 3 ta)

Ne'matlarni ishlab chiqarishning asosiy maqsadi, ishlab chiqariladiganmahsulot tarkibining aniqlanishi,iste'molchini o'ziga jalb etish uchun kurash, ishlab chiqarilgan mahsulotning iste'mol qilinishi darajasi, ishlab chiqarish jarayonida ishchi kuchining ishtirok etishi tamoyillari

500

Erkin (klassik) bozor- bu?

tovar va xizmatlarning har bir turi bo’yicha juda ko’p ishlab chiqaruvchilar va istе’molchilar, sotuvchilar va xaridorlar mavjud bo’lib, ular o’rtasida erkin raqobat amal qiluvchi, narxlar talab va taklif o’rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanuvchi bozordir.

500

Iqtisodiyot- bu?

mulkchilikning turli shakllariga asoslangan xo’jaliklardan, xo’jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporatsiyalar, kontsеrnlar, qo’shma korxonalar, moliya va bank tizimlaridan, davlatlar o’rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlardan iborat o’ta murakkab ijtimoiy tizimni anglatadi.