Muhammad (s.a.v.) yashagan yillar?
571-632 - yillar
Arablar barcha musulmonlarning ... foizini tashkil etadilar?
20 %
Rasul (arab.-....) jumlani to'ldring.
elchi
Nabiy (arab.-...) Jumlani to'ldiring.
-ko‘pligi anbiyo, ilohiy xabar keltiruvchi
Badr jangi qachon bo'lgan?
624 yilda
ISLOM so'zining ma'nosi?
arab.-bo‘ysunish, itoat etish, o‘zini Alloh irodasiga topshirish
“Johiliya” so‘zi adabiy arab tilida nima degan ma'noni bildiradi?
“Bilmaslik”, ya’ni “yagona xudo-Allohni tanimaslik”
O‘zlariga maxsus kitob va shariat berilmay, bir rasulga (ya’ni Alloh elchisi) ato etilgan kitob va shariatga amal qilishga buyurilgan payg‘ambarlar kim deyiladi?
Nabiylar
Quraysh qabilasi, hoshimiylar urug‘idan bo‘lgan Muhammad ibn Abdulloh qaysi voqeadan 50 kun keyin, taxminan 570 yilda tug‘ilgan deb hisoblash qabul qilingan?
Fil voqeasi
Uhud jangi qachon bo'lgan?
625 yilda
Makka qachon fath etilgan?
630 yili
Makka fath etilganda Ka’ba ichida nechta sanam bo‘lgan?
360 ta
Muhammad (a.s.) go‘dakligidayoq yetim qolgan, tug‘ilmasidan oldin otasi Abdulloh, necha yoshligida esa onasi Omina vafot etgan?
olti
Muhammad (a.s.) necha yoshga to‘lganida badavlat ayol Xadichaga uylanadi?
25 yosh
Qaysi bitimiga ko‘ra, makkaliklar madinaliklarning Ka’ba ziyoratiga kelishlariga ruxsat berdilar?
Xudaybiya
Badaviy so'zining ma'nosi?
Sahrolik, ko‘chmanchi
Muhammad (s.a.v.) necha yoshidan boshlab u Allohdan kelgan vahiylarni o‘z qabiladoshlariga yetkaza boshlagan?
40 yosh
Muhammad (s.a.v.) qaysi shaharlar oralig‘ida qatnab, savdo ishlarini olib boradi va muvaffaqiyatga erishadi?
Shom, Toif, Makka va Yaman
Muhammad (a.s.) Xadichadan ko'rgan ikki o‘g‘li ismlari?
Qosim va Abdulloh
Qaysi yili Muhammad (s.a.v.) oila a’zolari bilan birga Ka’baga birinchi marta haj ziyoratiga keldi va bu hol Makkaning musulmon olamining diniy markazi sifatidagi mavqeini uzil kesil mustahkamladi?
632 yil
Islom dini tarafdorlari jahon aholisining ... foizga yaqin qismini tashkil etadi?
20 % ga yaqin
"Sallalohu alayhi va sallam" (s.a.v.) ning ma'nosi nima?
Unga Allohning rahmat va salomi bo‘lsin!
Muhammad (a.s) Xadichadan ko'rgan 4 qizlarining ismlari?
Ruqiya, Zaynab, Ummu Kulsum, Fotima
Musulmon mamlakatlaridagi qaysi sulolalar hamda barcha sayyidlar Fotima va uning eri Ali ibn Abu Tolib avlodlari deb hisoblanadi?
Hasaniylar, Husayniylar, Idrisiylar, Fotimiylar, Sa’diylar va boshqalar
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Arafotda “Sizlarga ikki narsani qoldiryapman, agar unga mahkam yopishsalaringiz, haq yo‘ldan hech qachon adashmaysizlar." ular nimalar edi?
Biri Allohning kalomi, ikkinchisi mening sunnatimdir