Istisna shartnomasi nima?
Buyurtma asosida mahsulot tayyorlash yoki inshoot qurish shartnomasi.
Istisna shartnomasida mahsulot qanday bo‘lishi kerak?
Sifati, turi va o‘lchami aniq belgilangan bo‘lishi kerak.
Istisna va salamning asosiy farqi nima?
Salamda to‘lov oldindan to‘liq, istisnada esa shart emas.
Istisna qaysi sohada ko‘p ishlatiladi?
Qurilish va sanoat sohasida.
Istisnada asosiy risk nima?
Kechikish va sifat pastligi.
Istisna bitimi qachon yuzaga keladi?
Ishlab chiqaruvchi mahsulotni o‘z xom ashyosidan tayyorlash majburiyatini olsa.
To‘lov qanday amalga oshiriladi?
Oldindan, bosqichma-bosqich yoki yakunda.
Istisna va salamda mahsulot farqi?
Istisnada ishlab chiqarilishi shart, salamda shart emas.
Istisna orqali nima moliyalashtiriladi?
Uy, zavod, uskunalar va yirik loyihalar.
Bank qanday himoyalanadi?
Kafolat, garov va nazorat orqali.
Istisna shartnomasining asosiy mohiyati nima?
Mavjud bo‘lmagan mahsulotni oldindan kelishuv asosida ishlab berish.
Xaridor xom ashyo bersa nima bo‘ladi?
Bu istisna emas, ijara hisoblanadi.
Istisna va salamda bekor qilish farqi?
Istisna boshlanishdan oldin bekor qilinadi, salamda mumkin emas.
Parallel istisna nima?
Bank ishlab chiqaruvchidan olib, mijozga alohida shartnoma bilan sotadi.
Xaridor qachon mahsulotni rad qilishi mumkin?
Agar sifat kelishuvga mos kelmasa.
Istisna shartnomasida narx qanday belgilanadi?
Tomonlar kelishuvi bilan oldindan qat’iy belgilanadi.
Muddat belgilanishi qanday?
Belgilanishi mumkin, lekin majburiy emas.
Istisna va ijara farqi?
Istisnada ishlab chiqaruvchi material beradi, ijarada esa faqat xizmat qiladi.
Istisnaning asosiy afzalligi nima?
Moslashuvchan to‘lov va real aktivga asoslanishi.
Jarima qanday qo‘llanadi?
Kechikish bo‘lsa narx kamaytiriladi.
Istisna shartnomasi nimaga asoslanadi?
Adolat, rozilik va noaniqlikni kamaytirish tamoyillariga.
Shartnoma bekor qilinishi qachon mumkin?
Ishlab chiqarish boshlanmasdan oldin.
Salom va Istisnadagi Yetkazib berish muddatidagi farq?
Salamda majburiy, istisnada majburiy emas.
Istisna iqtisodiyotga qanday ta’sir qiladi?
Ish o‘rinlari yaratadi va ishlab chiqarishni rivojlantiradi.
Istisnaning eng muhim xususiyati nima?
Real aktivga asoslangan foizsiz moliyalashtirish.