Mushoraka lug‘aviy ma’nosi nima?
Sherik bo‘lish
Hamkorlik qilish
Mushoraka atamasi qaysi o‘zagidan olingan?
Shirkat
Shirkat ul-amval mohiyati nima?
Sheriklar tijorat faoliyati uchun ma’lum miqdorda mablag‘ kiritishadi.
Shirkat lug‘atda qanday ma’noni bildiradi?
Bo‘lishish, taqsimlash, aralashib ketish.
Mushorakada zarar qanday taqsimlanadi?
Zarar har bir sherikning kiritgan sarmoyasi nisbatiga qarab taqsimlanadi.
Islom fiqhida shirkat nechta asosiy turga bo‘linadi?
1.Shirkat-ul-Mulk
2.Shirkat-ul-Aqd
Shirkat-ul-Mulkga tarif bering?
Ikki yoki undan ortiq shaxslarning maʼlum bir mulkka nisbatan birgalikdagi egaligiga aytiladi.
Shirkat ul-a’mal nima asosida ishlaydi?
Sheriklar birgalikda xizmat ko‘rsatadi va tushgan daromadni kelishilgan nisbatda taqsimlaydi.
Shirkat ul-Aqd shirkati nechta turga bo‘linadi?
3 turga:
Shirkat ul-amval
Shirkat ul-a’mal
Shirkat ul-vujuh
Shirkat ul-Аqdga tarif bering?
Shartnoma asosidagi oʼzaro sherikchilik yoki qoʼshma tijorat korxonasi deyish ham mumkin
Mushoraka bilan shirkat o‘rtasidagi asosiy farq nima?
Shirkat kengroq tushuncha bo‘lib barcha sherikchilik turlarini qamrab oladi. Mushoraka asosan shirkat ul-amvalni anglatadi.
Mulk shirkati qanday holatda vujudga keladi?
Tomonlar xohishi bilan masalan, birgalikda mulk sotib olish.
Shirkat ul-vujuh qanday ishlaydi?
Sheriklar sarmoya kiritmaydi, tovarni nasiyaga olib naqdga sotadi va foydani taqsimlaydi.
Mushorakada zarar qanday taqsimlanadi?
Zarar har bir sherikning kiritgan sarmoyasi nisbatiga qarab taqsimlanadi.
Mushoraka shartnomasida foyda qanday belgilanadi?
Foyda ulushlari shartnoma kuchga kirishidan oldin kelishib olinishi shart.
Mushoraka qaysi hollarda bekor qilinadi?
1. Sheriklardan biri bekor qilsa
2. Sherik vafot etsa
3. Sherik aqliy yoki tijoriy layoqatini yo‘qotsa
Mushorakada boshqaruv tamoyili qanday?
Har bir sherik boshqaruvda qatnashish huquqiga ega. Kelishuvga ko‘ra faqat bir tomon boshqarishi ham mumkin.
Mushoraka sarmoyasi qayta tiklanmasdan foyda taqsimlash mumkinmi?
Yo‘q. Avval zarar qoplanib keyin sarmoya tiklanishi kerak.
Mushorakani tugatmasdan sherik chiqib ketishi mumkinmi?
Ha. Boshqa sheriklar uning ulushini kelishilgan bahoda sotib olishi mumkin.
Mudorib zarar uchun qachon javobgar bo‘ladi?
Agar u loqaydlik, noqonuniy harakat yoki shartnoma buzilishiga yo‘l qo‘ysa.
Mushorakada foyda taqsimotida qanday cheklov mavjud?
Hech bir sherik uchun qat’iy pul miqdori yoki sarmoyaga nisbatan kafolatlangan foiz belgilash joiz emas.
Agar mudoraba shartnomasida foyda taqsimoti oldindan belgilanmasa nima bo‘ladi?
1. Agar urf-odat mavjud bo‘lsa, unga ko‘ra aniqlanadi.
2. Agar urf-odat bo‘lmasa, shartnoma botil hisoblanadi va mudorib bozor narxida haq oladi.
Mushorakada foyda taqsimoti va zarar taqsimoti o‘rtasidagi fiqhiy qoida qanday?
Foyda kelishuvga ko‘ra, zarar esa sarmoya nisbatiga ko‘ra taqsimlanadi.
Agar mushorakada bir loyiha zarar, boshqasi foyda ko‘rsa va ularni bir mudorib boshqarsa, foyda qanday taqsimlanadi?
Avval o‘sha mudorib boshqargan loyiha doirasida zarar qoplanadi. Qolgan foyda kelishilgan nisbatda taqsimlanadi. Boshqa loyihalarning natijasiga ta’sir qilinmaydi.
Musharaka boshqaruvida shartnoma turlari?
1. Boshqaruvchi bilan vakillik shartnomasi
2. Boshqaruvchi bilan ijara (mehnat) shartnomasi
3. Boshqaruvchi bilan mudoraba shartnomasi