Dunyodagi musulmonlar soni taxminan 1,5 milliardni tashkil etadi . Shulardan necha % sunniylar va shialardan iborat?
87-90 %-sunniylar
10-13% shialardir.
Shia so'zining lug'aviy ma'nosi nima?
bir ishga jam bo'lgan qavm
Shia manbalariga ko'ra , shialik harakatining vujudga kelishda tashabburkorlik qilgan kishilar kimlar?
Miqdad ibn Asvad
Salmon Forsiy
Ammor ibn Yosir
Shia jamoalari qaysi mamlakatlarda mavjud?
Yaman , Suriya , Livan , Hindiston
Shianing istelohdagi ma'nosi nima?
Ali ibn Abu Tolib tirikliklarida u zotga tarafdor bo'lgan shaxid bo'lganlaridan keyin esa u zotning ahli baytlariga tarafdor bo'lib ergashganlarga nisbatan qo'llaniladi.
Qaysi olim shialik diniy oqim sifatida Husayn r.a.ning 680 yilda jangda o'ldirilishi bilan boshlanib,Abbosiylar hukumat tepasiga kelgunga qadar shakllangan va shu davrda mazkur oqim ichida ham bo'linishlar bohlangan deb hisoblaydi?
I.P.petrushevskiy
Qaysi mamlakatda shia toifasiga mansub kishilar ko'proq?
Eron
Jamal va Siffin voqealari qaysi sahoba vafotidan so'ng yuz bergan?
Usmon ibn Affon r.a
Shialar qaysi hadisni Payg'ambarimiz s.a.v Ali r.a.ni voris (o'rinbosar) degan ma'noda aytgan deyishadi?
Men kimning mavlosi bo'lsam Ali ham uning mavlosidir.Ey Allohim,unga valiy bo'lganda Sen ham valiy bo'lgin!Unga dushman bo'lganga Sen ham dushman bo'lgin.
Sunniy musulmonlari asosan qaysi mamlakatlarda mavjud?
Markaziy Osiyo,Janubiy Osiyo,Janubiy Sharqiy Osiyo, Afrika va Arab mamlakatlari
Ali ibn Abu Tolib qachon va qayerda vafot etgan?
Hijriy 40-yil ramazon oui 21-kunida Kufa shaxrida vafot etgan
Shia iborasi Qur'ondagi qaysi suralarda zikri kelgan?
An'om 159
Qasas 15
Qamar 51
Shialik nechanchi asrda Iroq va Eronga keng tarqalgan?
VII asr oxirlariga kelib
Shianing vujudga kelishi bialn bog'liq 3 ta voqeani aytib bering
1.Shialik Payg'ambar davridanoq vujudga kelgan
2.Usmon ibn Affon r.a vafotidan so'ng
3.Ali ibn Abu Tolib r.a davrida
Shialik qarashlari oid 3 ta ma'lumot ayting.
1.Shialikda musulmon jamoalari yoki davlatida faqat Muhammad s.a.v vlodi (Ali va Fotima r.a) hukmron bo'lish huquqiga ega.
2.ularning ta'limotiga ko'ra ,rahbar jamoa tomonidan saylanmay,rahbarlik meros sifatida o'tadi.
3.imomlik payg'ambarlik kabi ilohiy mansab hisoblanadi.