1
2
3
4
100

Qaysi toifa iymon ta'rifiga "gunohlarning hammasidan saqlanish "degan so'zni ziyoda qilishadi ?

Xavorijlar toifasi.

100

"Mujmal iymon vojib bo'ladi. Mufassal iymon vojib bo'lmaydi." Ushbu fikr kimlarga tegishli ?

Ahli sunna val jamoaga 

100

Muqallid so'ziga ta'rif bering ?

Muqallid - islom arkonlarining barchasiga e'tiqod qiladigan va dalil keltira olmasa ham, musulmonligiga iqror bo'lgan kishidir.

100

Mo'taziliylar muqallid borasida qanday fikr bildirishgan ?

"Muqallid mo'min emas" degan fikrni bildirishgan.

200

Qaysi toifalar iymon ta'rifiga "gunohi kabiralardan saqlanish" degan so'zni qo'shishadi ?

Mo'taziliya va rofiziya toifalari.

200

Mo'taziliylar mufassal iymonga qanday ta'rif berishgan ?

"Mufassal iymon vojib bo'ladi. "

200

Kimlar "Muqallid haqiqiy mo'mindir" deb aytadi ?

Ahli sunna val jamoa  ommasi.

200

Mo'taziliylar va rofiziylar iymon va islom haqida qanday fikr bildirishgan  ?

"Iymon va islom biri ikkinchisidan alohida bo'ladi" degan fikrni  bildirishgan. 

300

Karromiylar iymonga qanday ta'rif berishgan ?

"Iymon faqatgina iqrorning o'zi" deb ta'rif berishgan.

300

Qaysi toifa vakillari iymon borasidagi fikrlariga Qur'oni karimning "Anom" surasining 91-oyatini dalil qilib keltirishadi ?

Murjiylar toifasi.

300

  "Iymon ziyoda ham, kam ham bo'lmaydi". Ushbu fikr egalari kimlar ?

Ahli sunna val jamoa. 

300

"Gunohi kabira qilgan kishi musulmon bo'ladi, lekin, mo'min bo'lmaydi." Ushbu fikr qaysi toifalarga xos ?

Mo'taziliylar va rofiziylar toifasiga.

400

"Toat iymondandir", "Iymon so'z va amaldir". Ushbu ta'rif kimlarga tegishli  ?

Shofe'iy va ba'zi ahli hadislarga.

400

"Muhammad sollallohu alayhi vasallamga iymon keltirsa va hayoliga u zot arabmi yoki ajamligi kelmasa, u haqiqiy mo'min bo'ladi.  Kim cho'chqani haromligiga e'tiqod qilsa, cho'chqani  nima ekanini bilmasa ham, uning islomi mukammal bo'laveradi." Abu Hanifa rahmatullohi alayhning ushbu rivoyatlarini  kimlar xato deb inkor etishadi ? 

Ash'ariylar.

400

"E'tiqodda majburiyat kelmagan. Chunki bandaning imkoniyati yetmaydi." Ushbu fikr qaysi toifa vakillariga tegishli ?

Karromiylar firqasiga.

400

"Iymon ziyoda bo'ladi va kamaymaydi". Ushbu fikr kimga tegishli  ?

Husayn Najjorga.

500

Xavorij, mo'taziliy va rofiziy toifalari o'zlariga Qur'oni karimning qaysi oyatlarini asos qilib olishadi ?

"Alloh bilan birga biror ilohga iltijo qilmaslar. Alloh (o'ldirishni) harom qilgan jonni nohaqdan o'ldirmaslar. Zino qilmaslar. Kim anashuni qilsa,  uqubatga duchor bo'lur. Qiyomat kuni uning azobi bir necha barobar ko'paytirilur va u (azob)da xor bo'lib, abadiy qolur." (Furqon surasning 68-69-oyatlari).

500

"Muhammad sollallohu alayhi vasallamga iymon keltirsa va hayoliga u zot arabmi yoki ajamligi kelmasa, u haqiqiy mo'min bo'ladi.  Kim cho'chqani haromligiga e'tiqod qilsa, cho'chqani  nima ekanini bilmasa ham, uning islomi mukammal bo'laveradi." Ushbu rivoyat kimdan qilingan ?

Abu Hanifa rahmatullohi alayhdan.

500

"Mening iymonim Jabroilning iymoni kabi deb aytaman. Lekin mening iymonim Jabroil alayhissalomning iymoniga barobar deb aytmayman". Ushbu rivoyat muallifi kim  ?

Abu  Hanifa rahmatullohi alayh.

500

Hadis ahli  va Imom Shofe'iy  iymon ziyoda bo'lishi va kamayishi borasida qanday fikr bildirishgan  ?

"Iymon ziyoda bo'ladi va kamayadi", degan fikrni bildirishgan.