Atamalar va Birinchi mo'jizalar
Liderlar va Davlatlar
"Mo'jizakor" Mamlakatlar
Rivojlanish Modellari va Tarixiy Voqealar
Pul, Valyuta va Oltin
100

Ushbu norasmiy iqtisodiy atama ma'lum bir milliy iqtisodiyotning qisqa davr mobaynida kutilmagan darajada kutilmagan va keskin rivojlanish davrini anglatadi.

"Iqtisodiy mo‘jiza" (Economic miracle)

100

1990-yillarda tub islohotlar va "ochiq eshiklar" siyosati orqali o'z mamlakatida "iqtisodiy mo'jiza" yaratgan Xitoy rahnamosi.

Den Syao Pin

100

XXI asrning 2000-yillarida erishgan tezkor iqtisodiy rivojlanishi sababli jahon iqtisodiyotida "Cho'l ustidagi iqtisodiy mo'jiza" nomini olgan yaqin sharq davlati.

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)

100

AQShda 1929-yil fond birjasidagi halokat bilan boshlangan va eng og'ir iqtisodiy inqirozlardan biri sifatida tarixga kirgan haftaning ma'lum bir kuni nomi.

"Qora payshanba"

100

Dunyodagi eng qadimiy va hozirgacha muomalada bo‘lgan milliy valyuta qaysi? (U 1200 yildan ortiq tarixga ega).

Funt sterling (Buyuk Britaniya)

200

Jahon iqtisodiy adabiyotlariga "iqtisodiy mo'jiza" iborasi 1960-yillarda aynan ushbu Osiyo mamlakatining rekord darajadagi o'sishi sababli kirib kelgan.

Yaponiya

200

1948-yilda pul islohoti va narxlarni erkinlashtirish orqali Germaniya (GFR) iqtisodiy mo'jizasiga zamin yaratgan mashhur arbob.

Lyudvig Erxard

200

1940–1970 yillardagi yuqori o'sish sur'atlari orqali Yangi Industrial Mamlakatlar (YaIM) guruhiga kirgan va "Lotin Amerikasi mo'jizasi" sifatini olgan mamlakat.

 Meksika

200

Prezident F. Ruzvelt tomonidan 1933–1940 yillarda AQSh iqtisodiyotini inqirozdan olib chiqish uchun joriy etilgan mashhur dastur.

"Yangi kurs"

200

Markaziy banklar zaxirasidagi oltin miqdori bo‘yicha dunyoda yaqqol 1-o‘rinni egallab turgan va 8100 tonnadan ortiq oltin zaxirasiga ega mamlakat.

 AQSh

300

Olim Yan de Vrius o'zining "Birinchi zamonaviy iqtisodiyot" asarida 1500–1815 yillarda ushbu mamlakatda ro'y bergan misli ko'rilmagan taraqqiyotni tasvirlaydi.

Gollandiya  

300

Fransiyada 1950-60 yillarda davlatning iqtisodiyotga faol aralashuviga asoslangan "Dirijizm modeli"ni amalga oshirgan prezident.

Sharl de Goll

300

 Dunyodagi mikrochiplarning 60%idan va eng ilg'or yarim o'tkazgichlarning 90%idan ortig'ini ishlab chiqaruvchi, matnda "Tadbirkorlik bo'yicha qirol" deb atalgan hudud.

 Tayvan

300

1944-yilda qabul qilingan va AQSh dollarini xalqaro to'lov va zaxira valyutasiga aylantirgan xalqaro valyuta tizimi.

Bretton-Vuds tizimi

300

Zamonaviy elektronikada, smartfonlar va elektromobillar batareyalarida ishlatiladigan "oq oltin" deb ataluvchi metall.

Litiy (Lithium)

400

1670-yilda Yevropada dengiz orqali tashilgan umumiy yuklarning teng yarmi ushbu mamlakatning savdo floti hisobiga to'g'ri kelgan

Gollandiya

400

1970-yillarda Janubiy Koreyada amalga oshirilgan va "Xangan daryosidagi mo'jiza" deb nom olgan tezkor iqtisodiy o'sish davri ushbu rahbar nomi bilan bog'liq.

Park Jung Xi

400

1964–1979 yillarda sanoat va qishloq xo'jaligining shiddatli o'sishi natijasida Lotin Amerikasida paydo bo'lgan Yangi Industrial Mamlakat.

Braziliya

400

Yaponiyadagi yirik va kichik korxonalarning o'zaro integratsiyalashuvi hamda moliya-sanoat guruhlarini hosil qilishi qanday yaponcha atama bilan yuritiladi?

Keyretsu

400

Iqtisodiyotda pul massasining keskin ortishi va tovarlar yetishmasligi oqibatida pulning qadrsizlanishi qanday nomlanadi?

 Inflyatsiya (yoki giperinflyatsiya)

500

1580–1585 yillarda jahonda kemasozlik sanoati bo'yicha yetakchilikni o'z qo'liga olib, zamonaviy texnologiyalar bilan kema qurishda tanho mamlakat bo'lgan Yevropa davlati.

Ispaniya

500

1970-yillarda Singapurni qashshoq holatdan dunyoning eng rivojlangan moliya va savdo markazlaridan biriga aylantirgan davlat arbobi.

Li Kuan Yu

500

Yevropada Ikkinchi jahon urushidan so'ng juda qisqa muddatda (1945–1948 yillarda) favqulodda tez o'sish sur'atlarini ko'rsatgan kichik qirollik.

 Belgiya

500

1948–1951 yillarda AQSh tomonidan urushdan zarar ko'rgan 17 ta Yevropa davlatiga 12,3 milliard dollar iqtisodiy yordam ko'rsatish dasturi.

 "Marshall rejasi"

500

Ushbu Yevropa davlati BMT a’zosi bo‘lsa-da, Yevrohududga kirmaydi va o‘zining krona valyutasidan foydalanishda davom etmoqda.

Shvetsiya (yoki Daniya)